11.12.2023 yildagi 3767-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 11.12.2023 yildagi 3767-IV-son
Kuchga kirish sanasi
11.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining 2023-yil oʻn bir oyidagi faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2023-yil oʻn bir oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Qoʻmita tomonidan ijtimoiy sohadagi islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, aholi bandligini taʼminlash, mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qonun hujjatlari ijrosini doimiy nazorat qilish, saylovchilar bilan doimiy muloqot oʻrnatish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, hisobot davrida aholini ijtimoiy muhofaza qilish jarayonlarini takomillashtirishning huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan 6 ta qonun loyihasi koʻrib chiqilib, shundan 3 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun loyihalarini maromiga yetkazish hamda ularning har jihatdan pishiq va mukammal boʻlishini taʼminlash maqsadida qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalari muhokamasi boʻyicha jami 29 ta ishchi guruh va 12 ta ekspertlar guruhi yigʻilishlari tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan jami 18 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan. Ulardan 10 tasi vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotini eshitishga, 8 tasi qonun hujjatlarining ijro etilish holatini oʻrganishga hamda Qonunchilik palatasi va Qoʻmita qarorlarining ijrosini monitoring qilishga oid tadbirlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari Qoʻmita tashabbusi bilan joriy yil 28-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Musayevga “Hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovi yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan davrda Qoʻmita tomonidan qonun loyihalari muhokamasiga, mamlakatimizda ijtimoiy himoya va bandlik sohasida olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatini saylovchilarga yetkazishga, tegishli tarmoq va sohalardagi mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan 18 ta davra suhbati, 14 ta seminar va 2 ta konferensiya oʻtkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslardan Qoʻmita aʼzolari nomiga kelgan jami 395 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari hamda Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholiga muntazam ravishda yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda 2 674-marta chiqish qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar tahlili Qoʻmita faoliyatini samarali tashkil etishda eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan ayrim masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash borasidagi vazifalarning bajarilish holati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini yanada kuchaytirish va ularning natijadorligini oshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilgan va qabul qilingan qonunlarni monitoring qilgan holda ularda belgilangan qonunosti hujjatlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi borasida vazirliklar va tashkilotlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, davlat dasturlari hamda Qonunchilik palatasi qarorlaridagi Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalarning ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratish muhim ahamiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmitaning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, qonun loyihalarining va nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi faoliyatini tizimli tashkil etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining 2023-yil oʻn bir oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarida yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash borasidagi vazifalar ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun loyihalarini ishlab chiqish va Qoʻmita masʼulligida boʻlgan qonun loyihalarini maromiga yetkazishda, nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda doimiy ravishda keng jamoatchilikni, soha mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, koʻtarilgan masalalarga yechim topish borasida tegishli davlat organlari tomonidan koʻrilayotgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan qonun hujjatlarining, shu jumladan, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi borasida tegishli vazirliklar va tashkilotlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻmita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, shuningdek koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining va oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 11-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3767-IV-son