Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 25-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 24-noyabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2023-yil 24-noyabrda maʼqullangan
Mamlakatimizda 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.
Shu bilan birga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga hamda uning vakolatlariga doir yangi normalarning belgilanganligi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda.
Ushbu Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalari qayta saylanish huquqisiz oʻn yillik muddatga saylanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining soʻzsiz va toʻliq amalga oshirilishini, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarning Yangi Oʻzbekiston gʻoyasiga hamohang tarzda roʻyobga chiqarilishini, davlat organlarining faoliyati yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yoʻlga qoʻyilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 27-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-687-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 292-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 4-moddaning birinchi qismi:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi”;
quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21) Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi”;
2) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Konstitutsiyaviy sud oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqiga ega”;
3) 7-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz oʻn yillik muddatga saylanadi”;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
4) 12-moddaning ikkinchi qismi “ilmiy” degan soʻzdan keyin “ijodiy” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
5) 17-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vakolatlari muddati tugagan sudyaning boshqa ish taqdim etish toʻgʻrisidagi masala hal boʻlayotgan davrda, biroq uch oydan ortiq boʻlmagan muddatda oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi”;
6) 83-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“83-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash chegaralari ishning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda ushbu Qonun 82-moddasining uchinchi qismiga muvofiq belgilanadi.
Ishni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Konstitutsiyaviy sud quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topish haqida;
Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topish haqida.
Ushbu moddada nazarda tutilgan ishlar boʻyicha Konstitutsiyaviy sud tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi”;
7) quyidagi mazmundagi 831-modda bilan toʻldirilsin:
“831-modda. Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish haqidagi ishlarni yuritish
Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.
Ishni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Konstitutsiyaviy sud quyidagi xulosalardan birini beradi:
Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topish toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topish haqida.
Ushbu moddada nazarda tutilgan ishlar boʻyicha Konstitutsiyaviy sud tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-yanvar,
OʻRQ-895-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 03/24/895/0025-son)