09.01.2024 yildagi PQ-8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 18-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish orqali biznesga maʼmuriy yukni kamaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Adliya vazirligi va Statistika agentligining 2024-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinadigan, oʻzaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan hisobot va statistika maʼlumotlarini (keyingi oʻrinlarda — hisobot) 1-ilovaga muvofiq bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlari oʻzlarining axborot tizimlaridagi maʼlumotlarning tegishli sohani tartibga soluvchi davlat organlariga ularning murojaatlari asosida belgilangan tartibda taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat organlari va tashkilotlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan topshiriladigan hisobot turlarini hamda ulardagi maʼlumotlarni quyidagilar orqali maqbullashtirish choralarini koʻrib boradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida raqamli hukumat tizimi doirasida maʼlumotlar almashishni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali maʼlumotlarning avtomatik tarzda shakllanishini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat organlari va tashkilotlari har yili 1-sentabrga qadar Statistika agentligiga hisobot turlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflarni kiritib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Statistika agentligi har yili 1-dekabrga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida hisobot turlarini maqbullashtirish choralarini koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — yagona roʻyxat) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona roʻyxatga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi, hisobotlarni qogʻoz shaklida topshirish tartibi bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-yanvarga qadar “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi Yagona hisobotlar tizimini joriy qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Yagona hisobotlar tizimining operatori etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlari tomonidan Yagona hisobotlar tizimi orqali hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun — ixtiyoriy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2027-yil 1-yanvardan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun — majburiy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlik subyektlari uchun — majburiy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari qonunchilik hujjatlarida hisobga olinishi belgilangan maʼlumotlarni Yagona hisobotlar tizimiga kiritib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali hisobotlarni shakllantirish uchun zarur maʼlumotlar Yagona hisobotlar tizimiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlar Yagona hisobotlar tizimida avtomatik tarzda shakllanadi va hisobotlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tadbirkorlik subyekti tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari oʻzlariga zarur boʻlgan hisobotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar doirasida Yagona hisobotlar tizimi orqali oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona hisobotlar tizimidagi maʼlumotlarning maxfiyligi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya dasturlari tizimidan foydalangan holda hisobotlar topshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ularning maʼlumotlar bazalarini Yagona hisobotlar tizimiga integratsiya qilish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari uchun hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh (J.A. Qoʻchqorov) mahalliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Yagona hisobotlar tizimi belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini hamda ushbu qarorga 4-ilovada belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 9-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-8-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinadigan, oʻzaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan bekor qilinayotgan hisobot va statistika maʼlumotlari turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Bekor boʻlayotgan hisobot turi

Hisobot qabul qiluvchi organ

Hisobot olish imkoniyati mavjud boʻlgan boshqa davlat organi yoki manbalar

Hisobot shakli

(elektron yoki qogʻoz koʻrinishida)

Hisobotni taqdim etish davriyligi

1.

Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Buxgalteriya balansi” — 1-sonli shakl (sugʻurta)

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Soliq qoʻmitasi

Qogʻoz koʻrinishida

Choraklik va yillik

2.

Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” — 2-sonli shakl (sugʻurta)

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Soliq qoʻmitasi

Qogʻoz koʻrinishida

Choraklik va yillik

3.

Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot” — 4-sonli shakl (sugʻurta)

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Soliq qoʻmitasi

Qogʻoz koʻrinishida

Choraklik va yillik

4.

Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakli “Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot” — 5-sonli shakl (sugʻurta)

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Soliq qoʻmitasi

Qogʻoz koʻrinishida

Choraklik va yillik

5.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyati

Soliq qoʻmitasi,

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

Ochiq maʼlumotlar portali (data.egov.uz) va elektron litsenziyalash tizimi (license.gov.uz)

Elektron koʻrinishda

Har chorakda

6.

Erkin omborga joylashtirilgan tovarlar va ularning harakati toʻgʻrisida hisobot

Bojxona qoʻmitasi

“Yuk operatsiyalari” AAT

Qogʻoz koʻrinishida

Davriy

7.

Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar va ularning harakati toʻgʻrisida hisobot

Bojxona qoʻmitasi

“Yuk operatsiyalari” AAT

Qogʻoz koʻrinishida

Davriy

8.

Boj olinmaydigan savdo doʻkonidagi tovarlar va ularning harakati boʻyicha hisobot

Bojxona qoʻmitasi

“Yuk operatsiyalari” AAT

Qogʻoz koʻrinishida

Davriy

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YAGONA ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hisobot turi

Hisobot taqdim etuvchi subyekt

Hisobotni qabul qiluvchi organ

Hisobotni taqdim etish davriyligi

1.

Tijorat bankining buxgalteriya balansi toʻgʻrisida moliyaviy hisoboti

Tijorat banklari

Soliq organlari

Choraklik va yillik

2.

Tijorat bankining foyda va zararlar toʻgʻrisida moliyaviy hisoboti

Tijorat banklari

Soliq organlari

Choraklik va yillik

3.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

4.

Aksiz soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

5.

Foyda soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik va choraklik

6.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq summalari va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

7.

Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

8.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

9.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

10.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

11.

Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

12.

Olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

13.

Davlat boji va yigʻimlar boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Choraklik

14.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga oʻtgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

15.

Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Choraklik

16.

Moliyaviy holat toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

17.

Moliyaviy hisobotlar boʻyicha izohlar

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

18.

Foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

19.

Xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

20.

Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

21.

Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

22.

Buxgalteriya balansi — 1-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

23.

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

24.

Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot — 4-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

25.

Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot — 5-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

26.

Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida hisobot

(1-invest (asosiy)

Iqtisodiy faoliyatning barcha turlari boʻyicha yuridik shaxslar, qurilish xoʻjalik boshqaruvi organlarini qoʻshgan holda (kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xoʻjaliklari va notijorat tashkilotlardan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

27.

Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida hisobot

(4-invest (asosiy)

Barcha iqtisodiy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, qurilish xoʻjalik boshqaruvi organlarini qoʻshgan holda, (kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xoʻjaliklari, notijorat tashkilotlardan tashqari) injiniring kompaniyalari hamda boshqa yuridik shaxslar,

investitsiya loyihasi ijrochilari

Statistika organlari

Choraklik

28.

Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot

(4-invest (xorijiy)

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar, chet eldan moliyaviy va nomoliyaviy mablagʻ olgan tashkilotlar, chet elga investitsiyalashni amalga oshiruvchi korxonalar, eksport (import) operatsiyalarini amalga oshirgan korxonalar (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari)

Statistika organlari

Choraklik

29.

Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari toʻgʻrisida hisobot

(1-bozor (savdo joyi)

Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlar

Statistika organlari

Yillik

30.

Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot

(4-sanoat (mahalliylashtirish)

Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda qatnashayotgan tashkilotlar

Statistika organlari

Yillik

31.

Paxta xomashyosi hosilini qayta ishlash natijalari toʻgʻrisida hisobot

(1-sanoat (paxta)

Paxta tozalash zavodlari, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqaruvchi va klasterli tashkilotchilar

Statistika organlari

Yillik

32.

Suv quvuri inshootlari ishi toʻgʻrisida hisobot

(1-sanoat (suv quvuri)

Aholiga va kommunal-maishiy tashkilotlarga suv beruvchi yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

33.

Kanalizatsiya toʻgʻrisida hisobot

(1-sanoat (kanalizatsiya)

Oqova suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

34.

Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash toʻgʻrisida hisobot

(1-sanoat (issiqlik)

Aholini va kommunal-maishiy muassasalarni issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlovchi yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

35.

Yoqilgʻi yetkazish va uning kelib tushish manbalari toʻgʻrisida hisobot

(1-energiya (yetkazish)

“Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Shargʻunkoʻmir” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ va boshqa yoqilgʻi ishlab chiqaruvchi korxonalar

Statistika organlari

Yillik

36.

Yoqilgʻi va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari toʻgʻrisida hisobot

(1-energiya (sarflash)

Tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxslar (kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

37.

Neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish hamda taqsimoti toʻgʻrisida hisobot

(1-energiya (neftgaz)

“Oʻzbekneftgaz” AJ

Statistika organlari

Yillik

38.

Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida hisobot

(1-energiya (ishlab chiqarish)

Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi korxonalar

Statistika organlari

Yillik

39.

Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida hisobot

(1-energiya (tarmoq)

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ (jami va hududlar kesimida)

Statistika organlari

Yillik

40.

Paxta xomashyosini tayyorlash toʻgʻrisida hisobot

(3-paxta)

Paxta xomashyosini tayyorlovchi tashkilotlar

Statistika organlari

Yilda 3-marta

(oktabr, noyabr, dekabr)

41.

Don ekinlarini tayyorlash toʻgʻrisida hisobot

(3-don)

Don tayyorlovchi tashkilotlar

Statistika organlari

Yilda 3-marta

(iyul, avgust, dekabr)

42.

Pilla xaridi toʻgʻrisida hisobot

(3-pilla)

Pilla tayyorlovchi tashkilotlar

Statistika organlari

Yilda 3-marta

(iyul, oktabr, dekabr)

43.

Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot

(1-qx (tashkilot)

Qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar (fermer xoʻjaliklari, mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

44.

Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot

(1-fx)

Fermer xoʻjaliklari

Statistika organlari

Yillik

45.

Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot

(4-fx)

Fermer xoʻjaliklari

Statistika organlari

Choraklik

46.

Yil uchun mehnat hisoboti

(1-mehnat)

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy egalari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

47.

Mehnat hisoboti

(4-mehnat)

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan tashqari)

Statistika organlari

Choraklik

48.

Kasb va lavozimlar boʻyicha xodimlarning ish haqi toʻgʻrisida hisobot

(1-ih)

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

49.

Shahar aholi punktlarini obodonlashtirish toʻgʻrisida hisobot

(1-kom)

Shahar hududlarida koʻkalamzorlashtirish, yoʻl xoʻjaligi, koʻchalarni yoritish, mexanizatsiya vositalari yordamida tozalash ishlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

50.

Ichimlik suv bilan taʼminlash toʻgʻrisida hisobot

(1-kom)

Aholini ichimlik suvi bilan taʼminlovchi yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

51.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati toʻgʻrisida hisobot

(1-kom)

Koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchi yuridik shaxslar

Statistika organlari

Yillik

52.

Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti va xoʻjalik avtomobil yoʻllari uzunligi toʻgʻrisida hisobot

(1-transport)

Oʻz balansida yoki ijaraga olgan avtomobillari va xoʻjalik avtomobil yoʻllari boʻlgan yuridik shaxslar (notijorat tashkilotlar, kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

53.

Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti ishi toʻgʻrisida hisobot

(4-transport)

Oʻz balansida yoki ijaraga olgan beshdan ortiq avtomobillari boʻlgan yuridik shaxslar (notijorat tashkilotlar, kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari)

Statistika organlari

Choraklik

54.

Umumiy foydalanilmaydigan temir yoʻl transporti toʻgʻrisida hisobot

(1-temir yoʻl)

Oʻz balansidagi yoki ijaraga olingan lokomotivlari, vagonlari, umumfoydalanmaydigan temir yoʻllari boʻlgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, notijorat tashkilotlaridan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

55.

Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari toʻgʻrisida hisobot

(1-havo yoʻllari)

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Uzbekistan Airways” AJ,

ichki va xalqaro havo yoʻnalishlarida yuk va yoʻlovchi tashish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar

Statistika organlari

Yillik

56.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida hisobot

(1-akt)

Maʼlumotlar uzatish tarmogʻida (Internetni qoʻshgan holda) xizmat koʻrsatish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar, (provayderlar, operatorlar, xosting markazlari va boshqalar) (mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari), chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar

Statistika organlari

Yillik

57.

Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish toʻgʻrisida hisobot

(1-akt)

Yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, notijorat tashkilotlaridan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

58.

Aloqa vositalari va xizmatlari toʻgʻrisida hisobot

(1-aloqa)

Aloqa xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari), mobil aloqa operatorlari filiallari boʻyicha viloyatlar kesimida

chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar

Statistika organlari

Yillik

59.

Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati toʻgʻrisida hisobot

(1-logistika)

Logistika va transport-ekspeditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar

Statistika organlari

Yillik

60.

Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotining hisoboti

(1-taʼlim)

Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, aholiga qoʻshimcha taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi nodavlat tashkilotlar

Statistika organlari

Yillik

61.

Konsert tashkilotlari va sirk faoliyati toʻgʻrisida hisobot

(1-konsert)

Konsert tashkilotlari, statsionar va koʻchma sirklar

Statistika organlari

Yillik

62.

Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida hisobot

(1-turizm)

Sayyohlik-ekskursiya va joylashtirish (jamoaviy joylashtirish vositalari) xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari), zarur holatlarda ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

63.

Muzey faoliyati toʻgʻrisida hisobot

(1-muzey)

Muzeylar

Statistika organlari

Yillik

64.

Innovatsiya faoliyati toʻgʻrisida hisobot

(1-innovatsiya)

Yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari)

Statistika organlari

Yillik

65.

Mikrofirma va kichik korxonaning hisoboti

(1-kb shakli)

Mikrofirma va kichik korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoya ishtirokidagi mikrofirma va kichik korxonalar

Statistika organlari

Yillik

66.

Tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot

(1-korxona)

Tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxslar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi tashkilotlar, kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xoʻjaliklari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxslarning alohida boʻlinmalari, chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar (kichik korxona va mikrofirmalar, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari), ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

67.

Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar toʻgʻrisida hisobot

(1-moliya)

Tijoratchi tashkilotlar boʻlgan yuridik shaxslar (chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi tashkilotlar, kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xoʻjaliklari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilotlar boʻlgan yuridik shaxslarning alohida boʻlinmalari,

chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar (kichik korxona va mikrofirmalar, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari), ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

68.

Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida hisobot

(12-moliya)

Tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xoʻjaliklari, banklar, sugʻurta tashkilotlaridan tashqari) va alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Oylik

69.

Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot

(12-korxona)

Tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxslarning alohida boʻlinmalari va notijorat tashkilotlar

Statistika organlari

Oylik

70.

Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi boʻlgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati toʻgʻrisida hisobot

(4-korxona (MIZ)

Zona, klaster yoki texnopark ishtirokchisi boʻlgan barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlari

Statistika organlari

Choraklik

71.

Insonparvarlik yordamining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida hisobot

Yuridik shaxslar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Choraklik

72.

Texnik koʻmaklashish vositalarining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida hisobot

Yuridik shaxslar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Choraklik

73.

Oʻz mablagʻlari va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati toʻgʻrisida hisobot

Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik

74.

Toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi hisob-kitoblari (umumiy, hayot yoki faqat qayta sugʻurta boʻyicha)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

75.

Alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori va majburiyatlar jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori normativlariga rioya qilganligi hamda sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarini joylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

76.

Har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi hisob-kitobi

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

77.

Bitta bogʻliq shaxs yoki barcha bogʻliq shaxslarda joylashtirilgan aktivlari summasi hisob-kitobi

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

78.

Qayta sugʻurta operatsiyalariga oid talablarga rioya qilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

79.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi boʻyicha maʼlumotlar

(1, 2-jadvallar)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

80.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi boʻyicha maʼlumotlar

(1, 2-jadvallar)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

81.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi boʻyicha maʼlumotlar

(1, 2-jadvallar)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik tarzda

82.

Sugʻurta zaxiralarining umumiy miqdori

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik tarzda

83.

Aktivlar tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik tarzda

84.

Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha hisobot

Ustav fondidagi davlat ulushi davlatning ishonchli vakillariga ishonchli boshqaruvga berilgan xoʻjalik jamiyatlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

85.

Biznes-rejaning bajarilishi toʻgʻrisida tashkilotning ijro etuvchi organi hisoboti

Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

86.

Samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari (SMK) bajarilishi toʻgʻrisida hisobot

Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

87.

Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida hisobot

Investitsiya majburiyatlari bilan davlat aktivini sotib olgan tadbirkorlik subyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq

88.

Davlat unitar korxonalarining mol-mulklari hamda ularni realizatsiya qilishdan olingan tushumlar boʻyicha hisobot (har birini alohida shaklda)

Davlat unitar korxonalari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

89.

Tovar, moliya va raqamli bozorlar toʻgʻrisida hisobot

Tahlil qilinayotgan bozor ishtirokchilari

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

Zaruratga koʻra

90.

Ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari miqdori va narxlari toʻgʻrisida hisobot

Farmatsevtika faoliyatining dori vositalari ishlab chiqarish huquqiga ega litsenziatlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oylik

91.

Taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

Nodavlat oliy, professional taʼlim tashkilotlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Choraklik

92.

Telekommunikatsiya xizmatlari sifati toʻgʻrisida hisobot

Telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

93.

Pochta aloqasi va davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarining sifati toʻgʻrisida hisobot

Telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

94.

Televideniye, radioaloqa (mobil aloqa) va radioeshittirish texnik vositalarining ish sifati toʻgʻrisida hisobot

Mobil aloqa operatorlari va teleradiodasturlarni tarqatish (efir, kabel, efir-kabel televideniyesi, radioeshittirish) xizmatlarini koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

95.

Shaharlararo aloqa liniyalari, traktlari va kanallarining ish sifati toʻgʻrisida hisobot

“Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK, “Oʻzbektelekom” AK

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

96.

Sanoat korxonalariga biriktirilgan hududlardagi tuproq degradatsiyasi va ifloslanishi toʻgʻrisida maʼlumot

Tabiiy resurslarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi yirik sanoat korxonalari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Choraklik

97.

Biznes-reja va bitim parametrlariga rioya qilish holati toʻgʻrisida maʼlumot

Paxta-toʻqimachilik klasterlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Yillik

98.

Yer osti suvlarini olish va berishda suv miqdori toʻgʻrisida hisobot

Yer osti suvlaridan foydalanuvchilar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi “Oʻzbekgidro-geologiya” DM

Yillik

981.

Foydali qazilmalarni qazib olishda foydali qazilmalar zaxirasi harakati toʻgʻrisidagi hisobot

Yer qaʼridan foydalanuvchilar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM

Choraklik

99.

Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlarini hamda nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot va hisobotlar

Markaziy bank tomonidan faoliyati tartibga solinadigan va nazorati amalga oshiriladigan tashkilotlar

Markaziy bank

Davriy

100.

Temir yoʻl transportiga oid tashqi sektor statistikasi boʻyicha maʼlumot

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, ichki va xalqaro yoʻnalishlarda yuk va yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

101.

Xorijiy investorlar ishtirokidagi tashkilotlarning kapitali, norezidentlarning ulushlari va ularga toʻlangan dividendlar, shuningdek, norezidentlarga koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

Lizing tashkilotlari va boshqa nobank moliyaviy tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

102.

Norezidentlarni tashish va norezidentlar bilan tovar va xizmatlar savdosi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Aviatsiya va avtomobil yoʻllari sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

103.

Tabiiy gazning eksport va import hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (MTB) va investitsiya bitimlari asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlarning ishlab chiqarish, eksporti va daromadlarini taqsimlash hamda chet-el investorlarining investitsiyalari toʻgʻrisida maʼlumotlar

Tabiiy gaz eksport va importini amalga oshiruvchi hamda MTB va investitsiya bitimlari asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

104.

Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhini shakllantirish boʻyicha statistik hisobotlar

Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik, yillik

105.

Ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan alkogol, pivo va tamaki mahsulotlari hajmlari, shuningdek, ularni sotishdan tushgan daromad miqdori haqida maʼlumot

Tadbirkorlik subyektlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Zaruratga koʻra

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yagona roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq rasmiy statistika sohasidagi vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida statistika uslubiyatlarini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika kuzatuvlarining shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda joriy etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yagona roʻyxatga kiritilgan hisobot va statistik maʼlumotlar shakllari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari uchun hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri — ishchi guruh rahbari

2.

B.A. Begalov

Statistika agentligi direktori, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

4.

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

5.

B.A. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

6.

D.S. Qosimov

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

7.

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

8.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

Sh.D. Kudbiyev

Soliq qoʻmitasi raisi

10.

A.Yu. Mavlonov

Bojxona qoʻmitasi raisi

11.

A.X. Muxitdinov

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori

12.

I.R. Tangriyev

Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri, ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifani bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish boʻyicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Ijro uchun masʼullar

1.

Hisobot va statistik maʼlumotlarni faqat axborot tizimlari orqali qabul qilinishini taʼminlash.

Hisobot va statistik maʼlumotlarni qabul qiluvchi davlat organlari tomonidan hisobot va statistik maʼlumotlarni faqat axborot tizimlari orqali qabul qilinishining texnik shart-sharoitlarini toʻliq yaratish.

2024-yil fevral

Hisobot va statistik maʼlumotlarni qabul qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari

2.

Bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan hisobot va statistik maʼlumotlarning bekor qilinishini toʻliq taʼminlash maqsadida hisobot va statistik maʼlumotlarni shakllantirishda davlat organlarining maʼlumotlar bazalarini oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlash.

1. Bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan hisobot va statistik maʼlumotlarning bekor qilish hamda davlat organlarining maʼlumotlar bazalarini oʻzaro integratsiya qilish.

Zaruratga koʻra

Hisobot va statistik maʼlumotlarni qabul qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari

2. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ularning maxsus dasturiy taʼminotlaridagi maʼlumotlarni tegishli sohani tartibga soluvchi davlat organlariga ularning murojaatlari asosida belgilangan tartibda taqdim etish.

Murojaat asosida

3.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarni maqbullashtirib borish.

1. Raqamli hukumat tizimi doirasida maʼlumotlar almashishni kengaytirish va sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, maʼlumotlarning avtomatik tarzda shakllanishini yoʻlga qoʻyish orqali hisobot va statistik maʼlumotlarni maqbullashtirish boʻyicha Statistika agentligiga takliflar kiritish.

Har yili 1-sentabrga qadar

Hisobot va statistik maʼlumotlarni qabul qiluvchi davlat organlari va tashkilotlari

2. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida hisobot va statistik maʼlumotlarni maqbullashtirish choralarini koʻrish.

Har yili 1-dekabrga qadar

Statistika agentligi

(Begalov)

4.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi maʼlumotlar bazasini hamda hisobot va statistik maʼlumotlarni avtomatik ravishda shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi maʼlumotlar bazasini hisobot va statistik maʼlumotlarni qabul qiluvchi davlat organlari talablaridan kelib chiqib kengaytirish.

2. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi maʼlumotlar bazasini xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori asosida shakllantirilishini toʻliq yoʻlga qoʻyish.

3. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga ish beruvchilar tomonidan maʼlumotlarni oʻz vaqtida va sifatli kiritilishini taʼminlash choralarini koʻrish.

4. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining statistika, soliq va boshqa masʼul organlar bilan toʻliq integratsiya qilinishini taʼminlash.

2024-yil iyul

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Statistika agentligi

(Begalov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

5.

Yagona hisobotlar tizimini joriy etish.

1. Yagona hisobotlar tizimiga oʻtishni mavjud resurslardan foydalangan holda (integratsiya asosida) joriy qilish imkoniyatlarini tahlil qilish.

2024-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Statistika agentligi

(Begalov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yagona hisobotlar tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil sentabr

3. Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash uchun Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar yoʻnaltirilishini taʼminlash.

2024-yil oktabr

4. Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish hamda sinov tariqasida ishga tushirish.

2025-yil mart

5. Sinov tariqasida texnologik yoʻriqnoma asosida oʻzaro integratsiya qilish orqali vazirlik va idoralarning maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil 1-iyun

6. Yagona hisobotlar tizimini toʻliq ishga tushirish.

2026-yil 1-yanvar

6.

Hisobot va statistik maʼlumotlar hamda mahsulotlar (tovar va xizmatlar) atamalarini taksonomiya tamoyili asosida toʻliq qayta koʻrib chiqish va oʻzaro uygʻunlashtirish.

1. Amaldagi hisobot atamalari va tavsiflarini, shuningdek, mahsulotlar (tovar va xizmatlar) atamalarini uygʻunlashtirish.

2. Hisobot va statistik maʼlumotlarni yagona taʼrif boʻyicha kodlashtirish.

3. “Hisobdorlik” turdagi faoliyatni tasniflash uchun milliy taksonomiyani ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Ishchi guruh

(Qoʻchqorov),

Statistika agentligi

(Begalov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

7.

Standart biznes hisoboti (SBR) tizimi samarali joriy etilgan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va yangi tizimni Oʻzbekistonda joriy etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik oʻrnatish.

1. Standart biznes hisoboti tizimi samarali joriy etilgan xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish maqsadida mutaxassislarning ushbu davlatlarga xizmat safarini tashkil etish.

2. Xorijiy davlatlar masʼul idoralari bilan Standart biznes hisoboti tizimini Oʻzbekistonda joriy etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik oʻrnatish.

2024-yil mart

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Statistika agentligi

(Begalov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

3. Standart biznes hisoboti tizimi bilan ishlash va uni doimiy ravishda takomillashtirib borishga masʼul boʻlgan davlat organlari mutaxassislarining malakasini oshirish.

2024-2025-yillar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tadbirkorlik subyektlari uchun hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha ishchi guruh tomonidan Yagona hisobotlar tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2024-y., 07/24/8/0021-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)