1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.01.00 Hudud tarkibi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Saylov oʻtkazishning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyalilik asosida besh yil muddatga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Umumiy saylov huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Oʻzbekiston Respublikasining saylov kunigacha 18 yoshga toʻlgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Saylov kunigacha 21 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning oʻzida hokimiyatning ikkitadan ortiq vakillik organining deputati boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Teng saylov huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, mashgʻulotining turi va xususiyati, shaxsiy, ijtimoiy va mulkiy mavqeyidan qatʼi nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Yashirin ovoz berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohishi-irodasi nazorat qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishdagi oshkoralik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov komissiyalari fuqarolarni oʻz ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning roʻyxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning roʻyxati bilan tanishtiradilar, deputatlikka nomzodlar xususidagi maʼlumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday oʻtayotganligini yoritib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan, hokimiyat vakillik organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfaatdor tashkilotlar, saylovchilar tashabbuskor guruhlari oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug saylov komissiyalariga saylovga kechi bilan oʻn besh kun qolganida maʼlum qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Okrug saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotdan, saylovchilar tashabbuskor guruhidan ariza olinganidan keyin besh kun ichida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydigan namunadagi mandatni kuzatuvchi uchun beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlikka nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov uchastkasida hozir boʻlish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonlarini tuzishda hozir boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini soʻrash va ularni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
basharti saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asos boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida yuqori komissiyaga maʼlum qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilarga taʼsir oʻtkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilardan ularning kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir saylov okrugidan tegishli xalq deputatlari Kengashiga bitta deputat saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglari soni aholining, saylovchilarning sonini, hududni va boshqa mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda ushbu Qonunda belgilangan normalar doirasida tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov okruglari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylov okruglari roʻyxatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini koʻrsatgan holda saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan oʻn besh kun ichida eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga muvofiq tumanga boʻysunadigan shaharlarda, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda xalq deputatlari Kengashlari va tegishli Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglari tuzilmaydi, deputatlar saylanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Saylov uchastkalari tuzish tartibi va normasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov uchastkalari saylovchilarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari oʻzlari joylashgan yerdagi saylov okruglari tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan, harbiy qismlarda — harbiy qismlar yoki harbiy qoʻshilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov uchastkalari saylov tayinlanganidan keyin oʻttiz kundan kechikmay tuziladi. Harbiy qismlarda, olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa — istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida 20 nafar va koʻpi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman, shahar saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining manzilini koʻrsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. SAYLOV KOMISSIYALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Saylov komissiyalari tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovni tashkil etish va oʻtkazish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi viloyat saylov komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi tuman saylov komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi shahar saylov komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
okrug saylov komissiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchastka saylov komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan oʻn kun ichida komissiya raisi va 6—14 nafar boshqa aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiyaning birinchi majlisida uning aʼzolari orasidan saylanadi. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi oʻz tarkibi, joylashgan manzili va telefon raqamlariga doir maʼlumotlarni rasmiy mahalliy matbuot organlarida eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) tegishli hududda ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi, uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi va saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan izohlar berib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzadi va ularning joylashgan manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) tegishli saylov komissiyalarining faoliyatini yoʻnaltirib boradi, ularning tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, okrug va uchastka saylov komissiyalarining qarorlarini, basharti, bu qarorlar ushbu Qonunga zid boʻlsa, mustaqil tarzda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan, hokimiyatning vakillik organlaridan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
(11-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) pul mablagʻlarini tegishli saylov komissiyalari oʻrtasida taqsimlaydi, saylov komissiyalari, binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) tegishli xalq deputatlari Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlari, saylovchilar roʻyxatlari, saylov komissiyalari bayonlari, saylov varaqalari, oʻz muhri, saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini tasdiqlaydi va tayyorlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) siyosiy partiyalar, mahalliy davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) tegishli xalq deputatlari Kengashiga oʻtkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi, saylov yakunlariga doir maʼlumotlarni va saylangan deputatlarning roʻyxatini matbuotda eʼlon qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) deputatlarning vakolatlarini tekshirish uchun zarur hujjatlarni tegishli xalq deputatlari Kengashining Mandat komissiyasiga topshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) takroriy saylov oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) tegishli saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) ushbu Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) saylovni oʻtkazish va uni tashkil etish bilan bogʻliq hujjatlar arxivlarga oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Okrug saylov komissiyasini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Okrug saylov komissiyasi tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan yigirma kun ichida komissiya raisi, raisining oʻrinbosari, kotibi va 6—8 nafar boshqa aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) deputatlikka nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo toʻplashga oid imzo varaqalarini saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillaridan qabul qilib oladi, ularning toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) deputatlikka nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari qabul qilinganligi toʻgʻrisida saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillariga varaqa qabul qilingan kun qayd etilgan maʼlumotnoma beradi;
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq 11 va 12-bandlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) saylov uchastkalarining manzilini okrug saylovchilari eʼtiboriga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) deputatlikka nomzodlarning saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlarga guvohnomalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarining, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) saylovchilarning roʻyxatlari tuzilishi va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) saylov okrug boʻyicha saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi va uchastka saylov komissiyalarini saylov byulletenlari bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻringa deputat saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchastka saylov komissiyasi tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan ellik kun ichida 5—19 nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Basharti, komissiya 7 nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchastka saylov komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) saylovchilarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatda yoʻl qoʻyilgan xatolar va noaniqliklar toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda roʻyxatga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) saylov kuni oʻz turar joyida boʻlish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilardan saylov varaqasi solingan yopiq holdagi konvertlarni qabul qilib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻgʻrisida xabardor etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) ovoz berish binosi va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) saylovga tayyorgarlik koʻrish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi viloyat va okrug saylov komissiyalarining aʼzolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarining aʼzolari, shuningdek uchastka saylov komissiyalarining aʼzolari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq birinchi va ikkinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning aʼzosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli boʻlib, komissiya aʼzosi ushbu Qonun talablarini buzgani yoki oʻz vazifalarini muntazam ravishda eʼtiborsiz qoldirib kelgani taqdirda oʻz vakolatlaridan mahrum etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganida saylov komissiyasining yangi aʼzosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzolari siyosiy partiyalarning aʼzosi boʻlishlari mumkin emas. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar saylov komissiyalariga aʼzo boʻlishlari mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga aʼzo boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, saylov komissiyasining majlisda komissiyaning majlis oʻtkazilayotgan kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, majlis vakolati hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi boʻlmagan komissiya aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini bildirishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng boʻlinib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalarining, shuningdek tegishli mahalliy davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarining, mehnat jamoalari va harbiy qismlarning, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi yoki aʼzolaridan boshqa biri komissiyaning qaroriga binoan saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda saylovni oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan uning oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishlari uchun yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, korxona, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun kerakli binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tegishli mahalliy davlat organlari va jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega. Ular koʻpi bilan uch kun ichida komissiya oʻrtaga qoʻygan masalani qarab chiqishlari va saylov komissiyasiga javob qaytarishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli xalq deputatlari Kengashi tegishli saylov okruglari boʻyicha xalq deputatlarining vakolatlarini eʼtirof etganidan keyin oʻz faoliyatlarini toʻxtatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat, tuman va shahar komissiyalari tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov oʻtkazuvchi barcha saylov okruglarida deputatlar saylab boʻlinganidan keyin oʻz faoliyatlarini toʻxtatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni qarab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalarning organlari, hokimiyatning vakillik organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga qaror qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida shikoyat bilan murojaat etishlari mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa, darhol koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Deputatlar saylovini tayinlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga deputatlar saylovi, qoida tariqasida, bir vaqtda oʻtkaziladi va deputatlarning vakolat muddati tugashiga kechi bilan uch oy qolganida Oliy Majlis tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan uch kun ichida saylov kuni toʻgʻrisida matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari, bevosita fuqarolar egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek bevosita fuqarolar egadirlar.
(20-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiya saylov tayinlangan kundan kamida olti oy oldin qonunda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar koʻrsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish uchun siyosiy partiya saylov tayinlanganidan keyin yigirma kun ichida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy partiyaning tegishli viloyat, tuman, shahar organi rahbari imzolagan saylovda qatnashish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy partiya saylov tayinlangan kundan kamida olti oy oldin roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur hujjatlar taqdim etilganidan keyin tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiya vakiliga ariza qabul qilingan kun qayd etilgan maʼlumotnoma beradi. Saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat berish yoki bermaslik toʻgʻrisida besh kun muddatda uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning roʻyxati arizalar kelib tushishi navbatiga qarab tegishli viloyat, tuman, shahar matbuotida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Deputatlikka siyosiy partiyalar, hokimiyat vakillik organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan nomzodlar koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatligiga nomzodlar koʻrsatish saylov kuni tayinlanganidan keyin yigirma beshinchi kundan eʼtiboran boshlanadi va saylov qirq besh kun qolganida toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning viloyat organlari tomonidan hamda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning tegishli tuman, shahar organlari tomonidan hamda fuqarolar yigʻinlari (vakillarining yigʻilishlari)da koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiyalar, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugi boʻyicha bittadan deputatlikka nomzod koʻrsatishga huquqlidirlar. Basharti, tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okrugi hududda ikki va undan ortiq oʻzini oʻzi boshqarish organi joylashgan boʻlsa, deputatlikka nomzod bu organlar vakillarining yigʻilishida koʻrsatiladi. Yigʻilishda ishtirok etadigan vakillar normasini tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlikka, qoida tariqasida, tegishli viloyat, tuman yoki shahar hududida ishlovchi yoki yashovchi fuqarolar nomzod etib koʻrsatiladilar. Bir shaxs tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi faqat bitta saylov okrugi boʻyicha deputatlikka nomzod etib koʻrsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlar tanlash tartibini siyosiy partiyalar, hokimiyatning vakillik organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻzlari belgilaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiyalar faqat oʻz partiyasi aʼzolarini yoki partiyasizlarni, vakillik hokimiyatining tuman, shahar organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari esa, shaxslarni u yoki bu partiyaga mansubligidan qatʼi nazar, deputatlikka nomzod etib koʻrsatishga huquqlidir. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida bayon tuziladi.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221-modda. Deputatlikka bevosita fuqarolar tomonidan nomzodlar koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining saylash huquqiga ega boʻlgan har bir fuqarosi yoki fuqarolar guruhi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod koʻrsatish uchun tegishli saylov okrugining kamida ellik nafar saylovchisidan iborat saylovchilar tashabbuskor guruhini tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar tashabbuskor guruhining vakili guruhni roʻyxatga olishni iltimos qilib, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilar tashabbuskor guruhi aʼzolarining roʻyxati, unda guruh aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash joyi manzili, pasportining seriyasi va tartib raqami koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishining vakolatli vakilni tayinlash toʻgʻrisidagi qarori hamda qonunda belgilangan tartibda uning nomiga rasmiylashtirilgan ishonch qogʻozi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlikka nomzod koʻrsatish toʻgʻrisida saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishining qarori va bayoni, unda nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi oʻziga taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlab, hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida saylovchilar tashabbuskor guruhi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida yoki roʻyxatga olish rad etilganligi haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar tashabbuskor guruhi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin vakolatli vakilga tegishli roʻyxatga olinganlik guvohnomasi hamda belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar tashabbuskor guruhini roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi asoslantirilgan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar tashabbuskor guruhi oʻzining vakolatli vakili roʻyxatga olinganlik guvohnomasini olganidan keyingina deputatlikka nomzodni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini toʻplashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlikka nomzod koʻrsatgan saylovchilar tashabbuskor guruhi okrug saylovchilari umumiy sonining kamida sakkiz foizi miqdorida nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo toʻplashi, bunda imzolayotgan fuqarolar miqdori har bir mahalla, qishloq yoki ovul boʻyicha mutanosib ravishda taqsimlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imzo varaqalari shaklini tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydi. Imzo varaqasida Deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar faqat bitta nomzodni qoʻllab-quvvatlab bir martagina imzo qoʻyishga haqlidirlar. Bunda saylovchi oʻz familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan yilini (yoshi oʻn sakkizda boʻlsa, qoʻshimcha ravishda tugʻilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qoʻygan sanani koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imzo varaqasini saylovchilar tashabbuskor guruhining imzo toʻplagan aʼzosi, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili oʻz familiyasi, ismi. otasining ismini, yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini koʻrsatgan holda tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar imzosini toʻplash ish, xizmat, oʻqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo toʻplash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib boriladi. Imzo toʻplayotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majbur qilish va oʻziga ogʻdirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 147-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imzo toʻplash tamomlanganidan soʻng saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili har bir mahalla, qishloq yoki ovul boʻyicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini tegishli okrug saylov komissiyasiga topshiradi. Okrug saylov komissiyasi imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirib koʻradi va besh kunlik muddat ichida bayonni tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222-modda. Deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish uchun tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiya tegishli organining, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining rahbari, saylovchilar tashabbuskor guruhining vakili deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olishni iltimos qilib, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy partiya tegishli organining, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, fuqarolar yigʻinining (vakillar yigʻilishining), saylovchilar tashabbuskor guruhining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
siyosiy partiya tegishli organi majlisining, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi sessiyasining, fuqarolar yigʻinining (vakillar yigʻilishining), saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi bayoni, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningdek saylov okrugining nomi va tartib raqami koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatlikka nomzodning oʻz nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun 23-moddasining ikkinchi qismida aytib oʻtilgan shaxslar uchun, basharti ular deputat etib saylangudek boʻlsalar, egallab turgan lavozimlaridan boʻshash toʻgʻrisidagi arizalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari toʻgʻrisida siyosiy partiyalar tegishli organlarining, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rahbarlariga va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakillariga belgilangan tartibda maʼlum qiladi.
(211 va 222-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qasddan sodir etilgan jinoyati uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
(23-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov tayinlangan kunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamagan fuqarolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudyalar va prokuratura organlarining mansabdor shaxslari deputat etib saylangudek boʻlsalar, egallab turgan lavozimlaridan boʻshash toʻgʻrisida ariza berganlari taqdirdagina deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida toʻxtatadi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻttiz besh kun qolganida toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi deputatlikka nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin besh kun ichida deputatlikka nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tugʻilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashgʻulotining turini), ish va turar joyini, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan organning nomini qayd etgan holda roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi xabarni mahalliy matbuotda eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. SAYLOVOLDI TAShVIQOTI. DEPUTATLIKKA NOMZODLAR FAOLIYATINING KAFOLATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Saylovoldi tashviqoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan kundan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlikka nomzodlarga, ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda, oʻz saylovchilari bilan ham yigʻilishlarda, ham saylovchilar uchun qulay boʻlgan boshqa shaklda uchrashuvlar oʻtkazishda teng huquqlar beriladi. Saylovchilarning yigʻilishlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda tashkil etiladi. Saylov komissiyalari, tumanlar va shaharlarning hokimliklari deputatlikka nomzodlarga yigʻilishlar oʻtkazish uchun jihozlangan binolar ajratadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan yigʻilishlari va uchrashuvlari ish vaqtidan boshqa paytda oʻtkaziladi. Yigʻilishlar va uchrashuvlar oʻtkaziladigan vaqt va joy saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishni tashkil etishda, zarur maʼlumot va axborot materiallari olishda yordam koʻrsatishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiyalarga oʻzining kelgusi faoliyat dasturi bilan chiqish huquqi beriladi. Partiyalar va deputatlikka nomzodlarning dasturlari respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan boʻlmasligi, xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qilmasligi, unda urush, milliy adovat, irqiy va diniy xusumat targʻiboti, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlarga daʼvat boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashviqotning saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar koʻrsatish (axborot xizmatlari bundan mustasno), shuningdek pul mablagʻlari toʻlash bilan qoʻshib olib borilishi taqiqlanadi.
(25-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov kuni tashviqot yuritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Ishonchli vakillar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod uch nafarga qadar ishonchli vakilga ega boʻlishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadilar, mahalliy davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlikka nomzod roʻyxatga olinganidan keyin oʻz ishonchli vakillarini oʻzi belgilaydi va bu haqda okrug saylov komissiyasiga maʼlum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni roʻyxatga olib, ularga guvohnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlikka nomzod okrug saylov komissiyasiga maʼlum qilgan holda saylovga qadar oʻz ishonchli vakilini istagan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istagan vaqtida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchli vakil saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod roʻyxatga olinganidan keyin tegishli saylov okrugi doirasida davlat passajir transportining barcha turlarida (shahar yoʻlovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yoʻnalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega boʻladi. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod ham saylov okrugiga kelish va undan turar joyiga qaytishda ana shunday huquqdan foydalanadi.
(27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etish. Deputatlikka nomzodlikdan voz kechish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy partiya, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, saylovchilar tashabbuskor guruhi saylovga qadar istalgan vaqtda u yoki bu shaxsni deputatlikka nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs tegishli viloyat, tuman yoki shahar saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, saylovchilar tashabbuskor guruhi deputatlikka nomzodlar koʻrsatish muddati tugaguniga qadar tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyxatga olish toʻgʻrisida taklif kiritishi mumkin.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlar ularni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya oʻz faoliyatini toʻxtatgan taqdirda ham tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatlikka nomzod saylovga qadar istagan vaqtida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. SAYLOVChILARNING ROʻYXATLARI. SAYLOV BYuLLETENI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Saylovchilarning roʻyxatlarini tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoshga toʻladigan, roʻyxat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining familiyalari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar roʻyxati har bir saylov uchastkasi boʻyicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuzilib, uni komissiya raisi va kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar roʻyxatini tuzish ishida qatnashishga jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va shaharlarning hokimliklari saylovchilarni hisobga olishni taʼminlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda istiqomat qiluvchi saylovchilar toʻgʻrisida saylovchilar roʻyxatini tuzish uchun zarur maʼlumotlarni beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy qismlardagi saylov-harbiy xizmatchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining va boshqa saylovchilarning roʻyxatlari, basharti, ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsalar, harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan maʼlumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar oʻzlarining turar joylari boʻyicha umumiy asoslarda saylovchilar roʻyxatiga kiritiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilarning roʻyxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlarining taqdim etgan maʼlumotlari asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Fuqarolarni saylovchilar roʻyxatlari bilan tanishtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilarning roʻyxatlari saylovga oʻn besh kun qolganida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida esa — saylovga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi. Uchastka saylov komissiyasi roʻyxat bilan tanishish joyi va vaqti toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi saylovchilar roʻyxatidagi xato yoki noaniqlik toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi yigirma toʻrt soat ichida bunday arizani koʻrib chiqishi va xatoni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilishining asoslari koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Saylov byulleteni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov byulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tugʻilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi) va uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan organning nomi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byulletenlar davlat tilida, shuningdek tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugi aholisining koʻpchiligi muomala qiladigan tillarda nashr etiladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 1-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Saylov byulletenlarini yetkazib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan kechi bilan saylovga uch kun qolganida oladilar. Byulletenlar berilganligi va olinganligini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais oʻrinbosari yoxud kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan koʻp boʻlishi mumkin emas. Saylov byulletenining oʻng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki aʼzosi imzo qoʻyadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. OVOZ BERISh VA SAYLOV NATIJALARINI ANIQLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Ovoz berish binosi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda oʻtkazilib, bu binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdordagi kabina yoki xonalar jihozlangan, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari qoʻyilgan boʻlishi lozim. Saylov qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan oʻtib boradigan qilib joylashtiriladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbir oʻtkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish masʼuliyati uchastka saylov komissiyasi zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni kechi bilan saylovga oʻn kun qolganida xabardor qiladi.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida, basharti, roʻyxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini eʼlon qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Ovoz berishning boshlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgandagina ochiladi. Rais saylov komissiyasining aʼzolari hozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlarini, saylovchilarning roʻyxatlarini saylov komissiyasi aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda saylov boshlanganligini eʼlon qiladi. Byulletenlarning umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Saylovchining shaxsini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish binosiga kelgan, saylovchi uchastka saylov komissiyasi aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biror-bir sababga koʻra saylovchilar roʻyxatiga kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʻldiriladi. Saylov byulletenini toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda toʻldirish imkoniga ega boʻlmagan saylovchi oʻz xohishiga koʻra, saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovda saylovchi oʻzi qarshi ovoz berayotgan nomzodlarning saylov byulletenidagi familiyalarini oʻchiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qoʻyilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov kuni oʻz turar joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi oʻz turar joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini talab qilib olib, bir qarorga kelgach, toʻldirilgan saylov varaqasini konvertga solib, uni yopiq holda uchastka komissiyasida qoldirishi mumkin. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Saylov varaqasining shakli saylov varaqalarini tayyorlash tartibi, ularni saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(38-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmaganligi taqdirida, uchastka saylov komissiyasi ularning iltimosiga koʻra komissiya aʼzolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasining aʼzolari ishtirokida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov qutilari komissiya raisi ovoz berish tugaganini eʼlon qilganidan keyin uchastka saylov komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchastka saylov komissiyasi uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, saylov byulleteni va varaqasi olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov boʻyicha har bir saylov okrugi va har bir nomzod boʻyicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov qutilaridagi saylov byulletenlari va varaqalariga asosan komissiya (mazkur saylov uchastkasi doirasidagi har bir saylov okrugi boʻyicha):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar sonini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilar tomonidan byulletenlarga va saylov varaqalariga qoʻshimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish chogʻida bittadan ortiq nomzodning familiyasi qoldirilgan byulletenlar va varaqalar haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulleteni, varaqasining haqiqiyligi shubha tugʻdirsa, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qoʻyish orqali hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida qarab chiqilib, har bir saylov okrugi boʻyicha tuziladigan bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais oʻrinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Okrug boʻyicha saylov natijalari saylov komissiyasi majlisida aniqlanadi va bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais oʻrinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi va tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Deputatlar saylovining natijalarini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat, tuman, shahar boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlarning sonini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov chogʻida yoʻl qoʻyilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarlik tufayli saylov umuman viloyat, tuman, shahar boʻyicha yoki ayrim saylov okruglari, yoxud ayrim saylov uchastkalari boʻyicha oʻtmagan deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topishga doir qaror tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan saylov yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim saylov uchastkalari boʻyicha saylov haqiqiy emas deb topilgani taqdirda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan ana shu uchastkalar boʻyicha ovoz berish natijalari, basharti, bu natijalarsiz ham saylov umuman haqiqiy deb topilishi mumkin boʻlsa, saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylov yakunlari boʻyicha bayon tuzadi va qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Takroriy ovoz berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Basharti, saylov okrugi boʻyicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qoʻyilgan boʻlsa-yu, ulardan birortasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan ikki nafar nomzod boʻyicha okrugda takroriy ovoz berish oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi va bu xususda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hamda okrug saylovchilarini xabardor qiladi. Takroriy ovoz berish ikki hafta ichida ushbu Qonunning talablariga rioya etgan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan nomzod, basharti uni yoqlab berilgan ovozlar soni unga qarshi berilgan ovozlar sonidan koʻp boʻlgan boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.
(42-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) basharti, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi ushbu Qonun 45-moddasining uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan sababga koʻra deputatni roʻyxatga olishni rad etgan boʻlsa, takroriy saylov oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy saylov tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining topshirigʻiga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Bunda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov oʻtkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning roʻyxatlari boʻyicha oʻtkaziladi.
(43-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy saylov asosiy saylovdan keyin kechi bilan bir oy ichida oʻtkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli xalq deputatlari Kengashi ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan taqdirda, boshqa sabablarga koʻra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin toʻxtatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov oʻtkaziladi. Saylov tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kechi bilan bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Qonunning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tuzilmaydi. Uning vazifalarini okrug saylov komissiyasi amalga oshiradi. Okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun qolganida, uchastka saylov komissiyalari esa — oʻn besh kun qolganida tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻn besh kun qolganida toʻxtatiladi.
(44-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida deputatning oʻrni boʻshab qolsa, boʻshab qolgan oʻringa yangi deputat saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. DEPUTATLARNI ROʻYXATGA OLISh VA SAYLOV YAKUNLARINI EʼLON QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Deputatlarni roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi va bu haqda ularni xabardor etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 23-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati etib saylansalar, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga deputatning maqomiga toʻgʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmalaridan soqit qilganliklari toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan siyosiy partiyadan tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga koʻrsatilgan hamma nomzodlar, basharti, ular saylovda ovoz berishda ishtirok etgan tegishli viloyat, tuman, shahar barcha saylovchilarining kamida besh foizi ovozini toʻplamagan boʻlsalar, deputat etib roʻyxatga olinmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Deputatlar saylovining yakunlarini eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga oʻtkazilgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni va saylangan deputatlarning roʻyxatini tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi alifbo tartibida deputatlarning familiyasini, ismi va otasining ismini, tugʻilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashgʻulotining turini), ish va turar-joyini, saylov okrugining tartib raqami va nomini koʻrsatgan holda koʻpi bilan oʻn kun ichida matbuotda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. YAKUNIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda. Deputatning guvohnomasi va koʻkrak nishoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Okrug saylov komissiyasi tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlarining roʻyxati matbuotda eʼlon qilinganidan keyin okrugdan saylangan deputatga uning saylanganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan deputatning vakolatlari tasdiqlanganidan keyin unga berilgan deputat etib saylanganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi bilan almashtiriladi. Deputatga belgilangan namunadagi koʻkrakka taqiladigan nishon beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda. Saylovning moliyaviy taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Deputatlikka nomzodlarni boshqa mablagʻlar hisobidan moliyaviy taʼminlash va oʻzga tarzda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari oʻz mablagʻlarini ixtiyori ravishda saylov oʻtkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablagʻlarni viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari saylov kampaniyasida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylovchilarning saylash va saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini amalga oshirishlariga zoʻravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yoʻl bilan toʻsqinlik qiluvchi shaxslar, shuningdek, soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin notoʻgʻri sanab chiqqan, yashirin ovoz berish tartibini buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yoʻl qoʻygan saylov komissiyalarining aʼzolari, boshqa mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari saylovchilar tashabbuskor guruhlarining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Deputatlikka nomzod toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar eʼlon qilgan yoki ularni oʻzgacha tarzda tarqatgan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.
(49-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1050-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 125-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 9-10-son, 134-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2012-y., 51-son, 574-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2017-y., 35-son, 914-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)