Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Rim, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 24-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 25-noyabrda maʼqullangan
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida mahkumlarni topshirish toʻgʻrisidagi Shartnoma (Rim, 2023-yil 8-iyun) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 3-yanvar,
OʻRQ-894-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 03/24/894/0005-son)