29.12.2023 yildagi 707-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va o‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda o‘simliklarni zararli organizmlardan ishonchli himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish, o‘simliklar karantini tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, fitosanitar va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘simliklar karantini sohasida xizmatlar sifatini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ichki bozorlarda aholining iste’mol talabi yuqori bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi barqarorligini saqlash uchun import hisobidan qoplanadigan hamda xalqaro amaliyotda fitosanitariya sertifikati talab etilmaydigan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish bo‘yicha fitosanitariya talablarini soddalashtirish va xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, fitosanitariya talablarini yengillashtirish orqali aholining iste’mol talabi yuqori bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi barqarorligini saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni olib kirishga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan berilgan karantin ruxsatnomasi hamda eksport qiluvchi mamlakatning vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi bo‘lgan taqdirdagina ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi hollarda o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga faqat Agentlik tomonidan har bir partiyaga alohida holda beriladigan karantin ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi mamlakatda vakolatli davlat organlari mavjud bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport qiluvchi mamlakatda fitosanitariya sertifikati (guvohnomasi) talab etilmaydigan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va uning tashqarisiga olib chiqiladigan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotlarga”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
707-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/707/0010-son)