1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xo‘jalik sud ish yurituvi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 15-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2023-yil 27-oktabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda “Yangi O‘zbekiston — yangi sud” prinsipi doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, insonning qadr-qimmati ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borildi. Olib borilgan ishlar natijasida odil sudlovni amalga oshirish jarayonida shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga bugungi kunda sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining tahlili mazkur institutni takomillashtirish orqali amaldagi tartibni qayta ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga sud ishlarini ko‘rishning o‘ta markazlashtirilishiga barham berilishini, ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rish bosqichlari joriy etilishini, ishlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida taftish tartibida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida qayta ko‘rilishini, yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan ko‘rish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlanishini, har bir sud instansiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatilishini, sud qarorlarini qayta ko‘rish bosqichlariga taftish instansiyasi joriy etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan sud orqali himoya qilinish va sudga shikoyat qilish huquqlarining kafolatlarini yanada oshirishga, fuqarolarning buzilgan huquqlari va erkinliklarini, shuningdek qonuniy manfaatlarini yanada kengroq himoya qilishga, odil sudlovdan foydalanish darajasini yanada oshirishga, sudyalarning ish hajmini hamda yuklamasini mutanosib tarzda belgilashga, sudlarning mas’uliyatini yanada oshirishga, ishlarning sifatli va o‘z vaqtida ko‘rilishiga, sud qarorlarini qayta ko‘rishda o‘rta bo‘g‘in — viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, shuningdek fuqarolarning sudlardagi ortiqcha xarajatlari tejalishiga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 8, 800-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 4-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “apellatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar “apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida ko‘rish Rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lganda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, bu ishni takroran ko‘rishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rish, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish hollari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni birinchi instansiya sudida ko‘rgan sudya shu ishni apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni taftish instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida, shuningdek ishni yuqori instansiya sudida taftish tartibida qayta ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“50-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar fuqaro sog‘lig‘ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlariga da’vo arizasini (arizani) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlariga da’vo arizasini (arizani) taqdim etishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 125-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud (sudya) tayinlagan muddatlar sud (sudya) tomonidan uzaytirilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi “sud” degan so‘zdan keyin “(sudya)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismi “tiklashni rad etish” degan so‘zlardan keyin “yoxud tiklash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 168-moddaning uchinchi qismi “apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlardan keyin “yoki taftish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 181-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 192-modda birinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga, shuningdek arizani taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 194-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) 2851-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) IV bo‘lim quyidagi mazmundagi 43-bob bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“43-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3721-modda. Sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan tekshiruv qo‘zg‘atish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi yuzasidan tekshiruv:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati yoki apellatsiya protesti bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati yoki kassatsiya protesti bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) birinchi instansiya sudining apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan, shuningdek mazkur sud hujjatlarini ko‘rib chiqqan apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining, tegishli taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan taftish shikoyati yoki taftish protesti bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3722-modda. Sud hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatini apellatsiya, kassatsiya va taftish tartibida bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) sud hujjatida bayon etilgan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiq emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) bildirilgan talab bo‘yicha sud tomonidan sud hujjatining qabul qilinmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) moddiy va protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masalaning hal qilinmaganligi yoki noto‘g‘ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holda ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3723-modda. Moddiy huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi hollarda moddiy huquq normalari buzilgan yoki noto‘g‘ri qo‘llanilgan deb hisoblanadi, agar sud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qo‘llamagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) qo‘llanilmasligi lozim bo‘lgan qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini qo‘llagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) qonunni yoki boshqa qonunchilik hujjatini noto‘g‘ri talqin qilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3724-modda. Protsessual huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi ishning noto‘g‘ri hal etilishiga sabab bo‘lgan yoki sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ish sud tomonidan g‘ayriqonuniy tarkibda yoki taalluqlilik to‘g‘risidagi qoidalar buzilgan holda ko‘rilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ish sud tomonidan sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinmagan shaxslardan biror-biri yo‘qligida ko‘rilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ish ko‘rilayotganida sud ishlari yuritiladigan tilga doir qoidalar buzilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi masalani hal qilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) sudning hal qiluv qarorini, ajrimini, qarorini chiqarishda sud maslahatining sir saqlanishiga doir qoidalar buzilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror ishni ko‘rgan va hal qilgan sudyalardan (sudyadan) boshqa sudyalar (sudya) tomonidan imzolangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan bo‘lsa, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ham bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ishning raqami, ajrim, qaror chiqarilgan vaqt va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ajrim, qaror qabul qilgan sudning nomi va tarkibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ish kimning shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rib chiqilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) shikoyat qilingan (protest keltirilgan) sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) shikoyatda (protestda) bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha mazmuni, ishni ko‘rishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari, prokurorning fikri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos bo‘lgan sabablar hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalariga havola;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) ajrimning, qarorning xulosa qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud shikoyatni (protestni) rad qilgan taqdirda o‘z ajrimida, qarorida qaysi sabablarga ko‘ra shikoyatdagi (protestdagi) vajlar noto‘g‘ri deb yoki sud hujjatini bekor qilish yoxud o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi deb topilganligini ko‘rsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3726-modda. Apellatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining qonuniy kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudining ajrimi, qarori qabul qilinganidan keyin darhol qonuniy kuchga kiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“383-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil sudning qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan sud hujjati ustidan apellatsiya protesti keltirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
384-modda. Apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rib chiqadigan sudlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
385-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatini qabul qilgan sud apellatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni apellatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3851-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyati (protesti) sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tkazib yuborilgan muddat, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va muddatni o‘tkazib yuborish sabablari uzrli deb topilgan bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra apellatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) 386-modda birinchi qismining 3-bandidagi “chiqargan” degan so‘z “qabul qilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda — uni imzolashga bo‘lgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyati (protesti) sudga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan apellatsiya shikoyati (protesti) mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, sudya apellatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning zimmasiga apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror ishtirokisiz ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha apellatsiya protestiga ushbu Kodeks 383-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning mazkur protestni keltirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan murojaatining ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va sudga taqdim etishda unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash to‘g‘risida sud chiqargan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
388-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish masalasi apellatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) apellatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) apellatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa yoki apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 387-moddasining ikkinchi, to‘rtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) apellatsiya shikoyatiga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) apellatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) apellatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) haqida ariza tushgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, apellatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) bergan shaxs sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) quyidagi mazmundagi 3891 — 3895-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3891-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) apellatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) apellatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilgan va o‘tkazilgan muddatni tiklash rad etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) apellatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim mavjud bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, apellatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3892-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya etilgan holda berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish bo‘yicha sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning apellatsiya tartibida ko‘rilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3893-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, apellatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati o‘tkazib yuborilgan holda berilgan va mazkur muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini apellatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turadi, bundan darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoxud mansab mavqeyi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, apellatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3895-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yo‘l qo‘yilib qabul qilingan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yo‘l qo‘yilib qabul qilingan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) apellatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) apellatsiya shikoyatidan voz kechish to‘g‘risidagi ariza apellatsiya shikoyatini bergan shaxsdan apellatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) protestni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan apellatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) ishda taraf bo‘lgan fuqaro apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) 395-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) 399-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud ishni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, o‘z ajrimi bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni to‘liq yoki qisman tugatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) agar ish sudga taalluqlilik to‘g‘risidagi qoidalar buzilgan holda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeks 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 3724-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ko‘rsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“402-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni ko‘radigan apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ajrimni bekor qilishga va da’vo arizasini (arizani), ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ajrimni butunlay yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ajrimni bekor qilishga va da’vo arizasini (arizani), ish materiallarini ko‘rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4021-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
403-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno, sudning qonuniy kuchga kirgan va apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan va apellatsiya tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan kassatsiya protesti keltirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
405-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni qabul qilgan sudga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatini qabul qilgan sud kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4051-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) 406-modda birinchi qismining 3-bandidagi “chiqargan” degan so‘z “qabul qilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan hollarda, uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan kassatsiya shikoyati (protesti) mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, sudya kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs zimmasiga kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilingan yozma materiallarning ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokurorning ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha kassatsiya protestiga ushbu Kodeks 403-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning mazkur protestni keltirishga asos bo‘lib xizmat qilgan murojaatining ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4071-modda. Ishni talab qilib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning o‘rinbosarlari, tuman, shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar ushbu Kodeksning 403-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaatlari mavjud bo‘lgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha kassatsiya protesti keltirish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4072-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish masalasi kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu Kodeksning 406-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 407-moddasining ikkinchi, to‘rtinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4074-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilgan va o‘tkazilgan muddatni tiklash rad etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim mavjud bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4075-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish uchun sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning kassatsiya tartibida ko‘rilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4076-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turadi, bundan darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27) 415-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kassatsiya shikoyati (protesti) uni ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“416-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ishni ko‘rish doirasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rayotganda sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini to‘liq hajmda tekshirib chiqishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
417-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya tartibida ish ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
418-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni to‘xtatib turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi ish yuritishni ushbu Kodeksning 10-bobida nazarda tutilgan tartibda to‘xtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasining sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni to‘liq yoki qisman tugatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) agar ish sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilgan bo‘lsa, hal qiluv qarorini, ajrimni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeks 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 3724-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4191-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar apellatsiya tartibida ko‘rib chiqilmagan birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida kassatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan ushbu Kodeksning 405-moddasida belgilangan tartibda alohida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi e’tirozlar kassatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4192-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni ko‘radigan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ajrimni bekor qilishga va da’vo arizani (arizani), ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ajrimni butunlay yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ajrimni bekor qilishga va da’vo arizasini (arizani), ish materiallarini ko‘rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4193-modda. Birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) mazkur bobda birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) uchun nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29) IV bo‘lim quyidagi mazmundagi 46-bob bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“46-bob. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4194-modda. Taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan quyidagilar tomonidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarning murojaatlari mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokurorlar va ularning o‘rinbosarlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan, shuningdek ushbu sudlarning va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiyasi bo‘yicha qabul qilingan hamda apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjatlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar shikoyat berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaatlariga asosan protest keltirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori — prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan taftish tartibida protest keltirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rilgan tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan sud hujjatlari ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko‘rib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan keltirilgan protesti O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4196-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi va muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘rilishi lozim bo‘lgan shikoyat (protest) mazkur sudlar nomiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda shikoyatni (protestni) ishni taftish tartibida ko‘radigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rilishi lozim bo‘lgan shikoyat (protest) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibidagi protesti bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ajrim chiqarilguniga qadar o‘tgan taqdirda, shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ajrim qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida ajrim chiqarilguniga qadar o‘tgan taqdirda, shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 4194-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar murojaat qilgan kundan e’tiboran uch oy ichida, lekin O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim qabul qilingan kundan e’tiboran olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud (sudya) tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilgan va shikoyatni (protestni) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ko‘rib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatini qabul qilgan sud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi protest uni keltirgan prokuror tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4198-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan hollarda, uning imzolashga bo‘lgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha taftish tartibidagi protestga ushbu Kodeks 4194-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslarning protest keltirishga asos bo‘lib xizmat qilgan murojaatining ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan taftish tartibidagi shikoyat (protest) mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, sudya taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs zimmasiga shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish to‘g‘risidagi, shuningdek apellatsiya yoki kassatsiya va taftish shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish to‘g‘risidagi ajrimlari ustidan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qaytarilgan ariza, shikoyat (protest) va sudga ularni taqdim etish chog‘ida unga qo‘shib berilgan hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda yoki xodim bir ishdan boshqa ishga g‘ayriqonuniy ravishda o‘tkazilganida uni ilgarigi ishiga tiklash to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu qarorning ijrosiga doir hujjat ilova qilingan taqdirdagina qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4199-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qabul qilish to‘g‘risidagi masala sudya tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida yoki qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) taftish tartibidagi shikoyat (protest) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 4197-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 4198-moddasining ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) taftish tartibidagi shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lash muddatini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki uning miqdorini kamaytirish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) taftish tartibidagi shikoyat (protest) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilguniga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) to‘g‘risida ariza tushgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu Kodeks 4196-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holda sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari ko‘rsatiladi, shikoyatni berishda to‘langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41911-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shikoyat (protest) qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) shikoyat (protest) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud tomonidan ilgari taftish tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) shikoyatni (protestni) berish muddati o‘tkazib yuborilgan va o‘tkazilgan muddatni tiklash rad etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) shikoyatdan uni bergan shaxs voz kechganligi, protest chaqirib olinganligi sababli shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim mavjud bo‘lsa, bundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga berilgan shikoyat (protest) mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, shikoyatni berishda to‘langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41912-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) sudning ish yuritishiga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish uchun sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni taftish instansiyasida ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida ko‘rilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41913-modda. Sud hujjatlarining ijrosini to‘xtatib turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, taftish instansiyasi sudi (sudyasi) sud hujjatlarining ijrosini taftish instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudya sud hujjatining ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida taftish shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41914-modda. Ishni talab qilib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning o‘rinbosarlari ushbu Kodeksning 4194-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaatlari mavjud bo‘lgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha taftish tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan o‘z vakolatlari doirasida ishni talab qilib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41915-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o‘rganish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 4194 — 4198-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan unga ilova qilingan materiallar asosida, zarur bo‘lgan hollarda esa ishni talab qilib olib o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o‘rganish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 41910-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaytarish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 41911-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud bo‘lmasa, taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risidagi yoki qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun sudlov hay’atiga o‘tkazish haqidagi ajrim shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay, ish talab qilib olingan taqdirda esa ikki oydan kechiktirmay chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o‘rganish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyat bergan shaxsga ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish haqidagi yoki uni ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) bergan shaxsning arizasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41916-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ustidan shikoyat qilinayotgan sud hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish sabablari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosari sudyaning taftish tartibidagi shikoyatini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimini taftish tartibida shikoyat bergan shaxsning arizasiga ko‘ra bekor qilishga va ishni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41917-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqidagi ajrim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) shikoyatni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish sabablari va asoslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ish ko‘riladigan vaqt va joy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi protest kelib tushgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi o‘zi chiqargan ajrim bilan birga taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41918-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi ko‘rsatilgan shaxslarning kelmaganligi ishning taftish tartibida ko‘rilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish taftish tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ko‘rilganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirilishi mumkin. Bu holda ularga ishni taftish tartibida ko‘radigan sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Biroq ularning kelmaganligi ishning ko‘rilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin shikoyatning (protestning) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoxud mansab mavqeyi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41920-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan va u xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shikoyat (protest) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘rilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) shikoyat (protest) ushbu sud tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) shikoyatidan voz kechish to‘g‘risidagi ariza shikoyatni bergan shaxsdan shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) protestni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) shikoyat (protest) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) shikoyat (protest) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf bo‘lgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha taftish tartibida shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud protsessida taftish tartibida shikoyat bergan shaxs tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qo‘shilishi mumkin. Mazkur shaxslar taftish tartibida keltirilgan protestga ham qo‘shilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatga (protestga) qo‘shilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41922-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar berish (e’tirozlar bildirish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlarni (e’tirozlarni) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushuntirishlar (e’tirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (e’tirozlar) mustasno. Tushuntirishlarning (e’tirozlarning) ko‘chirma nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41923-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) to‘ldirish, o‘zgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni qaytarib olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibida shikoyat bergan shaxs taftish instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki undan voz kechishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibida protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror taftish instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatdan voz kechilgan va protest chaqirib olingan taqdirda, taftish instansiyasi sudi ajrim chiqarib, shikoyat (protest) bo‘yicha taftish tartibida ish yuritishni tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli u bo‘yicha ish yurituvning tugatilishi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan bo‘lsa, boshqa taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41924-modda. Da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibida shikoyat (protest) berilganidan keyin da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi tuzishi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida taftish instansiyasi sudiga topshirilishi kerak. Agar ishning muhokamasi vaqtida da’vogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudi da’vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi qabul qilingan yoki taraflarning kelishuv bitimi tasdiqlangan taqdirda taftish instansiyasi sudi hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid bo‘lsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan bo‘lsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoki tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi hamda ishni taftish tartibida ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41925-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan u ko‘rib chiqish uchun o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibidagi protest O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan u O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga kelib tushgan kundan e’tiboran ikki oydan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41926-modda. Taftish instansiyasi sudida ishni ko‘rish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish tartibida ish ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga asosan, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida ko‘rishda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosarlari ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudi ajrimining, qarorining ko‘chirma nusxasi ishni ko‘rishda ishtirok etgan shaxslarga ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41927-modda. Taftish instansiyasi sudining ishni ko‘rish doirasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi ishni taftish tartibida ko‘rayotganida sud hujjatlarining qonuniyligini, asosliligini va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudi sud hujjatini to‘liq hajmda tekshirib chiqishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni to‘liq yoxud qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) ushbu Kodeks 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandida va 3724-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni to‘liq yoki qisman tugatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudining ajrimida, qarorida bayon qilingan ko‘rsatmalar mazkur ishni yangidan ko‘rayotgan sud uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taftish instansiyasi sudi u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi to‘g‘risidagi, ayrim bir dalillarning boshqalaridan ustunligi haqidagi, ish yangidan ko‘rilgan taqdirda qanday qaror chiqarilishi kerakligi to‘g‘risidagi masalalarni oldindan hal qilib qo‘yishga haqli emas”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30) 438-moddaning matnidagi “Apellatsiya yoki kassatsiya” degan so‘zlar “Apellatsiya, kassatsiya yoki taftish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“460-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan hal qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi huquq to‘g‘risidagi nizoni uzil-kesil hal qilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilishi yoxud uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga topshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yuqori turuvchi sudning ajrimida sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma bo‘lmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instansiya sudi bu arizani ushbu Kodeksning 459-moddasi qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi va hal qiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 25-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-887-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2023-y., 03/23/887/0972-son)