18.12.2023 yildagi 4-2202-2201/27-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining qarori, 18.12.2023 yildagi 4-2202-2201/27-son
Kuchga kirish sanasi
18.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya X. Raximov

Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya Sh. Djamolov

Kassatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya R. Xaydarov

Kassatsiya instansiyasida (takroriy) maʼruzachi sudya T. Annayeva

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudya T. Annayevaning raisligida, hayʼat aʼzolari sudyalar O. Xalmirzayev, R. Sagatov, Z. Rustamov va F. Rajabovdan iborat tarkibda, M.Mirzaliyevning kotibligida, videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga Xorazm viloyat sudining koʻmagida, daʼvogar M.I., javobgar vakillari — A.A. (rahbar), advokat R.M. (2022-yil 4-martdagi 000014-sonli order asosida)ning ishtirokida, daʼvogar M.I. ning javobgar “GP” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilish bayonlari, jamiyatning taʼsis shartnomasi va Ustavini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan yuritilgan ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari tomonidan kiritilgan ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish haqidagi protesti asosida ishni Oliy sudning binosida boʻlib oʻtgan videokonferensaloqa rejimidagi ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-sonli Farmoniga asosan “GP” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2003-yil 21-apreldagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi qarori bilan jamiyat “GP” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda jamiyat yoki MChJ deb yuritiladi)ga aylantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJning taʼsis hujjatlari 2004-yil 7-aprelda 111-sonli raqam bilan Gurlan tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasida qayta roʻyxatga olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJning 2018-yil 2-iyulda 111-sonli raqam bilan Gurlan tuman Davlat xizmatlari markazida roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlariga koʻra, jamiyatning ustav fondi 6 480 000 soʻmni tashkil qilgan boʻlib, ishtirokchilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. A.A.A. — 2 412 000 soʻm (37,22 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. A.A.A. — 210 000 soʻm (3,24 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. I.D. — 1 620 000 soʻm (25,0 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. B.D. — 1 549 000 soʻm (23,9 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. I.Q. — 116 000 soʻm (1,79 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. R.T. — 33 000 soʻm (0,51 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Q.Gʻ. — 24 000 soʻm (0,37 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. A.K. — 27 000 soʻm (0,42 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. R.Y. — 52 000 soʻm (0,8 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. M.S. — 22 000 soʻm (0,34 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. T.O. — 64 000 soʻm (0,99 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. X.D. — 47 000 soʻm (0,73 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. I.S. — 25 000 soʻm (0,39 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. B.S. — 37 000 soʻm (0,57 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Y.Y. — 2 000 soʻm (0,03 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. N.Oʻ. — 80 000 soʻm (1,23 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. I.M. — 80 000 soʻm (1,23 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. N.G. — 80 000 soʻm (1,23 foiz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 12-fevraldagi 1-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan direktor A.A. ning jamiyatni boshqa faoliyat turiga aylantirish va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish yoki ortiqcha, jamiyatga foydasiz, soliq majburiyati hisoblanib turgan binolarni sotish takliflarini maʼqullash, direktor A.A. ga jamiyatni faoliyat turini oʻzgartirib, ortiqcha ishlamasdan turgan binolarni sotish orqali investitsiya jalb qilib, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda hisoblangan soliq va majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash majburiyatini yuklash haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 2-martdagi 2-sonli yigʻilishi bayonnomasi bilan bostirma binosini belgilangan tartibda muzokara oʻtkazish yoʻli bilan “GMS” MChJga sotish va sotuvdan tushgan mablagʻlarni jamiyat ehtiyojlariga ishlatish haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 24-dekabrdagi 3-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan umumiy yer maydoni 3351,2 kv.m. boʻlgan bino va inshootlarni sotish hamda sotuvdan tushgan mablagʻlarni soliq va majburiy toʻlovlarga oʻtkazish, ishchi xodimlarning oylik maoshlarini berishni taʼminlash, S.J.A. bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gurlan tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2019-yil 2-avgustda 111-sonli reyestr tartib raqami bilan jamiyatning Ustavi roʻyxatga olingan boʻlib, unda ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha taqsimlangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “GP” MChJ — 10,63 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. A.A.A. — 37,22 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. A.A.A — 3,24 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. I.D. — 25,0 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. B.D. — 23,9 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ishtirokchilarining 2019-yil 1-noyabrdagi 9/1-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan Gurlan shaharchasi, Mangʻit koʻchasi, 5-uy manzilida joylashgan umumiy yer maydoni 4200,0 kv.m. boʻlgan bino va inshootlarni sotish hamda sotuvdan tushgan mablagʻlarni soliq va majburiy toʻlovlarga oʻtkazish, ishchi xodimlarning oylik maoshlarini berishni taʼminlash, “AOB” MChJ bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ishtirokchilarining 2020-yil 19-iyundagi 1-sonli yigʻilish bayonnomasi bilan umumiy yer maydoni 3588,0 kv.m. boʻlgan bino va inshootlarni sotish hamda sotuvdan tushgan mablagʻlarni soliq va majburiy toʻlovlarga oʻtkazish, ishchi xodimlarning oylik maoshlarini berishni taʼminlash, “GTT” MChJ (A.D.) bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gurlan tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan jamiyat ishtirokchilarining 2021-yil 18-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan jamiyatning Ustavi roʻyxatga olingan boʻlib, unda taʼsischilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha taqsimlangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. A.A.A — 41,65 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. A.A.A. — 3,63 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. I.D. — 27,97 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. B.D — 26,75 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat ishtirokchisi I.M.M. (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) MChJga nisbatan sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, jamiyat ishtirokchilarining 2018-yil 12-fevraldagi 1-sonli, 2018-yil 2-martdagi 2-sonli, 2018-yil 24-dekabrdagi 3-sonli, 2019-yil 1noyabrdagi 9/1-sonli, 2020-yil 19-iyundagi 1-sonli umumiy yigʻilish bayonlari hamda 2018-yil 2-iyuldagi 111-sonli raqam bilan roʻyxatga olingan taʼsis shartnomasi, jamiyatning 2019-yil 29-iyuldagi 5-sonli qaroriga asosan 2019-yil 2-avgustda davlat xizmatlari markazidan (raqamsiz) roʻyxatdan oʻtkazilgan Ustavi, jamiyat ishtirokchilarining 2021-yil 18-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan 2021-yil 18-fevralda davlat xizmatlari markazidan (raqamsiz) roʻyxatdan oʻtkazilgan yangi tahrirdagi Ustavini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvoning bir qismini qanoatlantirish rad etilib, daʼvogar I.M.M. dan Respublika budjetiga 13 500 000 soʻm davlat boji undirilgan hamda daʼvoning qolgan 2019-yil 29-iyuldagi 5-sonli qarori bilan 2019-yil 2-avgustda davlat xizmatlari markazidan (raqamsiz) roʻyxatdan oʻtkazilgan Ustavini, jamiyat taʼsischilarining 2021-yil 18-fevraldagi 5-sonli qarori bilan 2021-yilda davlat xizmatlari markazidan (raqamsiz) roʻyxatdan oʻtkazilgan yangi tahrirdagi Ustavini haqiqiy emas deb topish qismi boʻyicha ish yuritish tugatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 19-apreldagi qarori bilan Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-fevralda qabul qilingan hal qiluv qarori oʻzgartirilgan. Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-fevralda qabul qilingan hal qiluv qarorining asoslantiruvchi va xulosa qismlaridagi “GP” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilarining 2018-yil 12-fevraldagi 1-sonli, 2018-yil 02-martdagi 2-sonli va 2018-yil 24-dekabrdagi 3-sonli umumiy yigʻilish bayonlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo talablarini qanoatlantirish rad qilinsin qismi bekor qilingan. Daʼvo talabining ushbu qismi boʻyicha yangi qaror qabul qilingan va daʼvo talablarining ushbu qismi qanoatlantirilgan hamda “GP” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchilarining 2018-yil 12-fevraldagi 1-sonli, 2018-yil 2-martdagi 2-sonli va 2018-yil 24-dekabrdagi 3-sonli umumiy yigʻilish bayonnomalari haqiqiy emas deb topilib, hal qiluv qaror qolgan qismida oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur sud qarorlaridan norozi boʻlib, daʼvogar I.M.M. hamda javobgar “GP” masʼuliyati cheklangan jamiyati Oliy sudga kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 18-iyuldagi qarori bilan I.M.M. ning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirish rad etilgan. Xorazm viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 19-apreldagi qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari tomonidan ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish haqida protest kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar kassatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlarni qoʻllab-quvvatlab, shikoyatni toʻliq qanoatlantirishni, sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar kassatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlarni qoʻllab-quvvatlab, shikoyatni toʻliq qanoatlantirishni, sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab va protestda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra protestni qanoatlantirishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 303-moddasi ikkinchi qismining 11, 13-bandlariga koʻra kassatsiya instansiyasi sudining qarorida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalari uchun asos boʻlgan dalillar, sud qaror qabul qilishda amal qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllamaganligiga doir sabablar, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar hamda ushbu moddaning uchinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi 2021-yil 27-noyabrdagi “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida” 36-sonli Qarorining 30-bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi oʻz qarorida kassatsiya shikoyatidagi (protestidagi) har bir vajni, uning asosli yoxud asossizligi haqidagi xulosani bayon etgan holda muhokama qilishga majbur ekanligi hamda kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida ishni shikoyat (protest) boʻyicha koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar, shuningdek, sud xarajatlari taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak ekanligi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, ish yuzasidan qaror qabul qilishda kassatsiya instansiyasi sudi qayd qilingan talablarga toʻliq rioya qilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, sud hujjatlariga nisbatan daʼvogar I.M.M. hamda javobgar “GP” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Oliy sudga kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilgan boʻlsa-da, kassatsiya instansiya sudining qarori bilan javobgar “GP” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan berilgan kassatsiya shikoyat muhokama qilinmagan va qaror qabul qilinmagan, bundan tashqari ish boʻyicha sud xarajatlari toʻliq taqsimlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 305¹-moddasining beshinchi qismiga koʻra, ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish umumiy asoslarga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 299-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga koʻra, sud ishni kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni tekshirishga va yangi faktlarni aniqlashga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 301-moddasining 3-bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha ushbu Kodeks 302-moddasi birinchi qismining 1-bandida va toʻrtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun sud hujjati bekor qilingan sud instansiyasiga yuborishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 302-moddasining birinchi qismiga koʻra, ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar toʻliq aniqlanmaganligi va sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar isbotlanmaganligini inobatga olib, moddiy va protsessual huquq normalariga rioya etilmagan holda qaror qabul qilingan deb hisoblab, protestni qanoatlantirib, sud qarorini bekor qilishni va ishni yangidan koʻrish uchun kassatsiya instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 343-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki daʼvo koʻrmasdan qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻliq yoxud qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 — 303, 3051 va 343-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati, qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosarining protesti qanoatlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 18-iyuldagi qarori bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish kassatsiya shikoyatlarini yangidan koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 18-iyuldagi qarori boʻyicha undiruv bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi T. ANNAYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

hayʼat aʼzolari O. XALMIRZAYEV

R. SAGATOV

Z. RUSTAMOV

F. RAJABOV

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 18-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-2202-2201/27-son