05.12.2023 yildagi 4-1802-2202/1692-son
ONLINE TRANSLATE
Qashqadaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining ajrimi, 05.12.2023 yildagi 4-1802-2202/1692-son
Kuchga kirish sanasi
05.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajrimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ish yuritishni tugatish to‘g‘risida)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudida ishni ko‘rgan sudya A. Qodirov
Apellatsiya instansiyasi sudida ma’ruzachi sudya H. Tursunov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudlov hay’ati M. Bozorov raisligida, sudyalar D. Raximov va X. Tursunovdan iborat tarkibda sudya katta yordamchisi B. Toshmurodovning kotibligida javobgar “K” xususiy korxonasining Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 21-sentabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan bergan apellatsiya shikoyati bo‘yicha ishni javobgar vakili A.A. (ishonchnoma va advokatlik orderi asosida), da’vogar G.A.V.ning vakili M.J. (ishonchnoma va advokatlik orderi asosida)lar ishtirokida videokonferensaloqa rejimida sud binosida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogar G.A.V. javobgarlar “K” xususiy korxonasi va ta’sischi Q.S.B.ga nisbatan sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, “K” ishlab chiqarish va savdo firmasining 2019-yil 9-dekabrdagi 1-sonli umumiy yig‘ilish qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 11-yanvardagi ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 2-maydagi qaroriga asosan birinchi sudining 2023-yil 11-yanvardagi ajrimi bekor qilinib, da’vo talabini qanoatlantirish to‘g‘risida yangi qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023-yil 18-iyuldagi qaroriga ko‘ra “K” xususiy korxonasining kassatsiya shikoyati qanoatlantirilib, Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 11-yanvardagi ajrimi va Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 2-maydagi qarori bekor qilingan hamda ish ko‘rish uchun Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 8-avgustdagi ajrimi bilan ish Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudiga o‘tkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining 2023-yil 21-sentabrdagi hal qiluv qaroriga asosan da’vo talabi qanoatlantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar tomonidan keltirilgan apellatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, ish yuritishni tugatish to‘g‘risida yangi qaror qabul qilish so‘ralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunga asos sifatida da’vo talabi korporativ nizolar toifasiga kirmasligi, nizo meros mol-mulk bilan bog‘liq ekanligi, sud tomonidan Fuqarolik kodeksining bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi normalari noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, da’vo talabida umumiy yig‘ilish qarorini haqiqiy emas deb topish so‘ralganligi, Plenum qarori tushuntirish bo‘yicha umumiy yig‘ilish qarorini haqiqiy emas deb haqidagi ishlar bo‘yicha fuqarolik qonunchiligi normalari qo‘llanilmasligi, da’vogar ta’sischi emas ekanligi, umumiy yig‘ilish qarori “K” xususiy korxonasi tomonidan qabul qilinmaganligi, korporativ nizo yuridik shaxs ishtirokchilari o‘rtasida kelib chiqishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida ishtirok etgan javobgar vakili apellatsiya shikoyatida qayd etilgan vajlarni qo‘llab-quvvatlab, hal qiluv qarorini bekor qilib, nizo korporativ ishlar toifasiga kirmasligi sababli ish yuritishni tugatishni so‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogar vakili apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarning asossiz ekanligini, protsessual qonunchilikda boshqa nizolar ham korporativ nizo bo‘lishi mumkinligi belgilanganligini, korporativ nizolar toifasi tugal emasligini, umumiy yig‘ilish qarori noqonuniy o‘tkazilganligini, da’vogarning huquq va manfaatlari buzilganligini, ushbu yig‘ilish qarori haqiqiy emas deb topilmas ekan meros ololmasligini bayon qilib, hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirilmasdan qoldirishni so‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlov hay’ati taraflar vakillarining tushuntirishlarini eshitib, apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ishdagi dalillar hamda moddiy va protsessual qonun hujjatlari asosida ko‘rib chiqib, muhokama qilib, quyidagilarga asosan apellatsiya shikoyatini to‘liq qanoatlantirib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda da’vo arizasi bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida yangi qaror qabul qilishni lozim topdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (keyingi o‘rinda — IPK deb yuritiladi)ning 30-moddasiga muvofiq korporativ nizolar bo‘yicha ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog‘liq nizolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar a’zolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish bilan bog‘liq nizolar, bundan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar a’zolarining paylarini o‘z ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, a’zolarining) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash haqidagi da’volari bo‘yicha nizolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan, shu jumladan emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish (qo‘shimcha ravishda chiqarish) natijalari bo‘yicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bog‘liq nizolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish, qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi munosabati bilan qimmatli qog‘ozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi nizolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi nizolar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, da’vo arizasida nizo umumiy yig‘ilish qarori g‘ayriqonuniy qabul qilinganligi oqibatida da’vogar — merosxo‘rning mulkiy huquqlari buzilganligi natijasida kelib chiqqanligi bilan bog‘liq holatlar keltirilgan. Shuningdek, haqiqiy emas deb topish so‘ralayotgan “K” ishlab chiqarish va savdo firmasining 2019-yil 9-dekabrdagi 1-sonli umumiy yig‘ilish qarorida sobiq mulkdor Q.B.N. vafot etganligi sababli firma ta’sischiligini hamda firma nizomida barcha huquq va majburiyatlar bo‘yicha boshqarishni “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga ko‘ra sobiq mulkdor o‘g‘li Q.S.B.ning javobgarligiga topshirish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Holbuki, “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga ko‘ra mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning 8-moddasiga asosan xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holatda sudlov hay’ati mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladigan xususiy korxona korporativ munosabatlar subyektiga kirmaydi deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, birinchi instansiya sudi umumiy yig‘ilish qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo talabiga nisbatan Fuqarolik kodeksining bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi normalarini qo‘llab xatolikka yo‘l qo‘ygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 110-moddasi birinchi qismi 1-bandida ish sudga taalluqli bo‘lmasa, sud ish yuritishni tugatishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasi birinchi qismi 5-bandiga muvofiq agar ish sudga taalluqli bo‘lmasa, ish yuritish tugatilganda davlat boji to‘liq yoki qisman qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 66-moddasiga ko‘ra ish bo‘yicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan faktlar haqidagi ma’lumotlar bo‘lib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 68-moddasiga asosan ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talab va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu kodeksning 74-moddasiga muvofiq sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baho beradi. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai-nazaridan, dalillarning yig‘indisi esa yetarliligi nuqtai-nazaridan baholanishi lozim. Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga to‘g‘ri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 118-moddasiga asosan sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 176-moddasi oltinchi qismiga ko‘ra sudning hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi kerak. U sud majlisida tekshirilgan dalillargagina asoslangan bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 276-moddasi birinchi va ikkinchi qismiga asosan sud ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Apellatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq hajmda tekshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 279-moddasining birinchi qismiga ko‘ra hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi hamda moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq iqtisodiy sudlarga apellatsiya va kassatsiya tartibida berilgan shikoyatlardan birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish uchun arizalar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji undirilishi lozimligi qayd etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga ko‘ra, sudlov hay’ati apellatsiya shikoyatini to‘liq qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, nizo sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli ish yuritishni tugatish haqida yangi qaror qabul qilishni hamda birinchi instansiya sudi uchun oldindan to‘langan davlat bojini da’vogarga qaytarish to‘g‘risida ma’lumotnoma berishni, pochta xarajatini zimmasida qoldirishni va apellatsiya shikoyati bo‘yicha sud xarajatlarini da’vogardan undirishni lozim topdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15, 55-moddalarini hamda Iqtisodiy protsessual kodeksining 30, 66, 68, 72, 30, 110, 118, 194-195, 274, 278 — 280-moddalarini qo‘llab, sudlov hay’ati ajrim qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar “K” xususiy korxonasining apellatsiya shikoyati to‘liq qanoatlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 21-sentabrdagi hal qiluv qarori bekor qilinsin. Ish bo‘yicha yangi qaror qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogar G.A.V. javobgarlar “K” xususiy korxonasi va ta’sischi Q.S.B.ga nisbatan “K” ishlab chiqarish va savdo firmasining 2019-yil 9-dekabrdagi 1-sonli umumiy yig‘ilish qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha ish yuritish tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogar G.A.V.ga birinchi instansiya sudi uchun oldindan to‘langan 3 000 000 so‘m davlat bojini qaytarish haqida ma’lumotnoma berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogar G.A.V. hisobidan javobgar “K” xususiy korxonasi foydasiga apellatsiya shikoyati bo‘yicha to‘langan 1 500 000 so‘m davlat boji, 33 000 so‘m pochta xarajati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi depozit hisob raqamiga 82 500 so‘m sud xarajati undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro varaqasi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajrim qabul qilingan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ajrimdan norozi tomon O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya tartibida shikoyat berishi (protest keltirishi) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi M. BOZOROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hay’at a’zolari D. RAXIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
H. TURSUNOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarshi sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 5-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-1802-2202/1692-son