19.12.2023 yildagi 4-2201-2303/620-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining qarori, 19.12.2023 yildagi 4-2201-2303/620-son
Kuchga kirish sanasi
19.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Birinchi instansiyada ishni ko‘rgan sudya — M. Qazaqov

Apellatsiya instansiyasida ma’ruzachi sudya — M. Bobonazarov

Kassatsiya instansiyasida ma’ruzachi sudya — V. Sattorova

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati B. Sayfullayevning raisligida, hay’at a’zolari R. Sagatov va V. Sattorovadan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, da’vogarlar A.A.Q, uning vakili Sh.A (2022-yil 09-iyundagi notarial tasdiqlangan ishonchnomaga asosan), B.Aning vakili O.A (2023-yil 21-iyundagi ishonchnomaga asosan), javobgar “MTP” MChJ vakili J.K (ishonchnomaga asosan), uchinchi shaxslar “O‘z” AJ vakillari T.A (2023-yil 22-noyabrdagi 06-03/104-1160-sonli ishonchnomaga asosan), O.O (2023-yil 5-dekabrdagi 06-03/104-1186-sonli ishonchnomaga asosan) hamda “XAMTP” MChJ vakillari E.N (2023-yil 11-martdagi 01/4-15-sonli ishonchnomaga asosan), F.Q (2023-yil 2-dekabrdagi 01/4-100-sonli ishonchnomaga asosan)ning ishtirokida, da’vogarlar A.Q.A, A.Bning javobgar “MTP” MChJga nisbatan ishtirokchilarining 2022-yil 4-maydagi navbatdagi, 2018-yil 1-oktabrdagi, 2023-yil 27-yanvardagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish qarorlarini, 2018-yil 6-iyunda 484-sonli bilan jamiyat ta’sis shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni haqiqiy emas deb topish va ishtirokchilar A.Aning 44,233 foiz, O.Bning 10,51 foiz qonuniy ulushlarini tiklash hamda “MTP” MChJning 71 730 800 so‘m ustav fondini 191 430 800 so‘mga oshirish bilan bog‘liq kuzatuv kengashining 2011-yil 22-apreldagi yig‘ilish bayonnomasi, jamiyatning 2011-yil 18-iyundagi umumiy yig‘ilish qarori va 2011-yil 27-iyundagi Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasida 484-sonli bilan ro‘yxatga olingan jamiyat nizomiga o‘zgartirishlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bo‘yicha qabul qilingan Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-apreldagi hal qiluv qarori va Xorazm viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2023-yil 10-avgustdagi qarori va 2023-yil 30-avgustdagi ajrimi ustidan “MTP” MChJ tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining binosida videokonferensaloqa rejimida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida ko‘rib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Q.A, A.Blar (bundan buyon matnda — da’vogarlar deb yuritiladi) Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, “MTP” MChJ (bundan buyon matnda — javobgar yoki MChJ deb yuritiladi)ga nisbatan MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 4-maydagi navbatdagi, 2018-yil 1-oktabrdagi, 2023-yil 27-yanvardagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish qarorlarini, 2018-yil 6-iyunda 484-sonli bilan jamiyat ta’sis shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni haqiqiy emas deb topish va ishtirokchilar A.Aning 44,233 foiz, O.Bning 10,51 foiz qonuniy ulushlarini tiklash hamda Urganch tuman MTP MChJning 71 730 800 so‘m ustav fondini 191 430 800 so‘mga oshirish bilan bog‘liq kuzatuv kengashining 2011-yil 22-apreldagi yig‘ilish bayonnomasi, jamiyatning 2011-yil 18-iyundagi umumiy yig‘ilish qarori va 2011-yil 27-iyundagi Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasida 484-sonli bilan ro‘yxatga olingan jamiyat nizomiga o‘zgartirishlarni haqiqiy emas deb topish deb topishni so‘ragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyinchalik, da’vogarlar da’vo predmetini o‘zgartirib, sudga quyidagi talablarni bildirganlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. MChJ ishtirokchilarining 2011-yil 18-iyundagi umumiy yig‘ilish qarorining 4-bandini va shunga asosan 2011-yil 27-iyunda Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasida 484-son bilan ro‘yxatga olingan jamiyat Nizomiga o‘zgartirishlarni haqiqiy emas deb topishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 4-maydagi umumiy yig‘ilish qarorining 9-masala bo‘yicha jamiyat ishtirokchilari safiga kiritilmay qolgan 74 ta fuqaroning 466 ta aksiyasi 5184 ming so‘m va investor tomonidan kiritilgan deyilgan 60,0 mln so‘m issiqxona binosini jamiyatga tegishli ulushlar (34,05 foiz) deb jamiyat ustaviga kiritilishi ma’qullash va ta’sischilar tarkibi 29 ta subyektdan iborat yangi tahriri tasdiqlash haqidagi qismini va shunga asosan 2018-yil 6-iyunda 484-son bilan jamiyat ta’sis shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni haqiqiy emas deb topishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 1-oktabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish qarorining 2-bandi bo‘yicha nizom jamg‘armasida avval A.A nomida bo‘lgan A.A.Q nomidagi 39 492 ming so‘m 20,63 foiz ulushni jamiyat hisobiga o‘tkazilib, ularni muzlatish haqidagi qismini haqiqiy emas deb topishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. MChJ ustav fondida ishtirokchi A.Aning ulushi 44,233 foiz, A.Bning ulushi 10,510 foiz deb belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. MChJ ishtirokchilarining 2013-yil 27-yanvardagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish bayonnomasi qarorlarini haqiqiy emas deb topishni so‘raganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning 2023-yil 27-martdagi ajrimi bilan da’vogarlarning da’voning predmetini o‘zgartirish haqidagi arizasi ish yurituvga qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning 2023-yil 7-martdagi ajrimi bilan ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida “XAMTP” MChJ, “O’z” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Elektrononlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi jalb etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Javobgar va uchinchi shaxs “O‘z” AJ tomonidan sudga da’vo muddatini qo‘llash to‘g‘risida arizalar taqdim etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-apreldagi hal qiluv qarori bilan da’vo qisman qanoatlantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, javobgar va uchinchi shaxs “O’z” AJning da’vo muddatini qo‘llash to‘g‘risidagi arizalari qisman qanoatlantirilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. MChJ ishtirokchilarining 2011-yil 18-iyundagi umumiy yig‘ilish qarorining 4-bandini va shunga asosan 2011-yil 27-iyunda Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasida 484-son bilan ro‘yxatga olingan jamiyat Nizomiga o‘zgartirishlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 4-maydagi umumiy yig‘ilish qarorining 9-masala bo‘yicha jamiyat ishtirokchilari safiga kiritilmay qolgan 74 ta fuqaroning 466 ta aksiyasi 5184 ming so‘m va investor tomonidan kiritilgan deyilgan 60,0 mln so‘m issiqxona binosini jamiyatga tegishli ulushlar (34,05 foiz) deb jamiyat ustaviga kiritilishi ma’qullash va ta’sischilar tarkibi 29 ta subyektdan iborat yangi tahriri tasdiqlash haqidagi qismi va shunga asosan 2018-yil 6-iyunda 484-son bilan jamiyat ta’sis shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqiqiy emas deb topilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 1-oktabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish qarorining 2-bandi bo‘yicha nizom jamg‘armasida avval A.A nomida bo‘lgan A.A.Q nomidagi 39 492 ming so‘m 20,63 foiz ulushni jamiyat hisobiga o‘tkazilib, ularni muzlatish haqidagi qismi haqiqiy emas deb topilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. MChJ ustav fondida ishtirokchi A.Aning ulushi 44,233 foiz, A.Bning ulushi 10,510 foiz deb belgilangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. MChJ ishtirokchilarining 2013-yil 27-yanvardagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish qarorlari haqiqiy emas deb topilgan. Da’vo talabining qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2023-yil 10-avgustdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2023-yil 30-avgustdagi ajrimi bilan qaror yuzasidan tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan javobgar kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, sud hujjatlarini bekor qilishni va da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni so‘ragan. Bunga asos qilib shikoyatda birinchi instansiya sudi tomonidan maxsus da’vo muddatlari uzrli sabablarsiz o‘tkazib yuborilganligi inobatga olinmaganligi, apellatsiya instansiya sudi hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan bo‘lsa-da, o‘z qarorining bayon qismida “O‘z” AJning Nizom jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-dekabrdagi 316-sonli qaroriga muvofiq 59 700 000 so‘m kredit mablag‘lari hisobiga ko‘paytirilganligini amalga oshmagan deb hisoblanishi haqida ko‘rsatib o‘tganligi, keyinchalik qarorning ushbu qismiga 30-avgustdagi ajrim bilan tushuntirish berilganligi, jamiyatning 59 700 000 so‘m miqdoridagi davlat ulushi to‘liq shakllantirilganligi ko‘rsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida javobgar vakili shikoyatda keltirilgan vajlarni takrorlab, sud hujjatlarini bekor qilishni va da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni so‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogarlar vakillari kassatsiya shikoyatiga e’tiroz bildirib, kassatsiya shikoyatni qanoatlantirishni rad etishni so‘rashdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi shaxslar “O’z” AJ vakili shikoyatda keltirilgan vajlarni quvvatlab, sud hujjatlarini bekor qilishni va da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni so‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi shaxslar “XAMTP” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakili shikoyatda keltirilgan vajlarni quvvatlab, sud hujjatlarini bekor qilishni va da’vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni so‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan bo‘lsa-da, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Elektrononlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi sud majlisida o‘z vakili ishtirokini ta’minlamadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu huquq normasidan kelib chiqib, sudlov hay’ati ishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Elektrononlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlov hay’ati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2023-yil 10-avgustdagi qarori va 30-avgustdagi ajrimini bekor qilishni, Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-apreldagi hal qiluv qarorini kuchida qoldirishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish hujjatlariga ko‘ra, MChJning 2017-yil moliyaviy xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha 2018-yil 4-mayda o‘tkazilgan umumiy yig‘ilish kun tartibining 9-masalasi sifatida MChJ nizom jamg‘armasidagi davlat ulushini “O‘z” AJga o‘tkazish, nizom va ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish kiritish belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, ushbu yig‘ilishda 9-masala bo‘yicha Davlat ulushi “O‘z” AJ hisobiga berilganligi, jamiyat ishtirokchiligiga kiritilmay qolgan 74 ta fuqaroning 466 ta aksiyasi 5184 ming so‘m va investor tomonidan kiritildi deyilgan 60,0 mln so‘mlik issiqxona binosi jamiyatga tegishli ulushlar (34,05 foiz) deb jamiyat ustaviga kiritilishini ma’qullash va ta’sischilar tarkibi 29 ta subyektdan iboratligi haqida yangi tahriri tasdiqlash haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur yig‘ilish bayonnomasiga asosan jamiyatning ustavi hamda ta’sis shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi matni Urganch tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018-yil 6-iyunda 484-son reyestr raqam bilan ro‘yxatga olingan bo‘lib, ushbu matnning eski tahririda A.Aning ustav fondidagi ulushi 44,233 foiz va O.Bning ulushi 10,510 foizni tashkil etishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, yangi tahririda A.Aning ulushi 20,63 foizni, O.Bning ulushi 0,09 foizni, jamiyatning ulushi 34,05 foizni tashkil etishi ko‘rsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ya’ni, ushbu yig‘ilish qarori bilan A.Aning 44,233 foiz ulushining 23,603 foiz qismi, O.Bning 10,510 foiz ulushining 10,42 foiz qismi (jami 34,023 foiz ulush) jamiyatga o‘tkazilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida nizom jamg‘armasida avval A.A nomida bo‘lgan A.A nomidagi 39 492 ming so‘mlik 20,63 foiz ulush jamiyat hisobiga o‘tkazilib, uni muzlatish haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda — Qonun deb yuritiladi)ning 22-moddasi ko‘ra, jamiyatdan chiqarilgan yoki undan chiqib ketgan jamiyat ishtirokchisining ulushi jamiyatga o‘tadi. Bunda jamiyat jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi mol-mulkni asli holida berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli Qarorining 22-bandida ham tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogarlar jamiyatdan chiqarilmagan yoki ular tomonidan jamiyatdan chiqish haqida jamiyatga ariza taqdim etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyat tomonidan da’vogarlarga nisbatan jamiyatga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat etilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada yig‘ilish qarorlari bilan da’vogarlarning jamiyatdagi ulushiga bo‘lgan huquqlari buzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 41-moddasiga ko‘ra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi huquq normalariga asosan birinchi instansiya sudi da’vogarlar jamiyatdan chiqarilmaganligi yoki chiqib ketmaganligi, da’vogarlar tomonidan jamiyatga zarar yetkazilganligi yuzasidan qonuniy kuchga kirgan sud hujjati mavjud emasligi sababli, da’vogarlarning da’vo talabidagi jamiyat ishtirokchilarining 2018-yil 4-maydagi umumiy yig‘ilish qarorining 9-masala, ya’ni jamiyat ishtirokchilari safiga kiritilmay qolgan 74 ta fuqaroning 466 ta aksiyasi 5184 ming so‘m va investor tomonidan kiritilgan deyilgan 60,0 mln so‘mlik issiqxona binosi jamiyatga tegishli ulushlar (34,05 foiz) deb jamiyat ustaviga kiritilishini ma’qullash va ta’sischilar tarkibi 29 ta subyektdan iborat ekanligi ko‘rsatilgan jamiyat ustavi yangi tahririni tasdiqlash haqidagi qismini hamda MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 1-oktabrdagi navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish qarorining 2-bandi bo‘yicha nizom jamg‘armasida avval A.A nomida bo‘lgan A.A nomidagi 39 492 ming so‘mlik 20,63 foiz ulushni jamiyat hisobiga o‘tkazilib, muzlatish haqidagi qismini haqiqiy emas deb topish hamda MChJ ustav fondida ishtirokchi A.Aning ulushi 44,233 foiz, A.Bning ulushi 10,510 foiz deb belgilash haqida to‘g‘ri xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlanishicha, MChJ ishtirokchilarining 2018-yil 4-maydagi 1-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan jamiyatning ustavi hamda ta’sis shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi matni Urganch tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018-yil 6-iyunda 484-son reyestr raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’sis shartnomasiga jamiyat ishtirokchilarining 2018-yil 4-maydagi umumiy yig‘ilish qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilganligi, biroq ushbu yig‘ilish qarori yuqorida haqiqiy emas deb topilganligi sababli, birinchi instansiya sudi da’vogarlarning 2018-yil 6-iyunda 484-son bilan jamiyat ta’sis shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi talabini qanoatlantirish haqida asosli xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlanishicha, MChJ ishtirokchilarining 2023-yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga quyidagi 5 ta masala kiritilgan va kiritilgan masalalar bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 33-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni o‘tkazishdan kamida o‘ttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining ro‘yxatida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biroq, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishini chaqiruvchi organ 2023-yil 27-yanvar kuni o‘tkaziladigan umumiy yig‘ilish haqida jamiyat ishtirokchilarini o‘ttiz kun oldin xabardor qilmasdan, yig‘ilish kuniga yaqin muddatda xabardor qilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha “MTP” MChJ o‘zining 35 foiz ulush, “O‘z” AJ o‘zining 9.186 foiz ulush egasi sifatida yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qolgan barcha ishtirokchilar, shundan A.Aning vakili ham qarshi ovoz bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 34-moddasi o‘ninchi qismiga ko‘ra, ushbu Qonun 30-moddasi ikkinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan masala yuzasidan qarorlar jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Qolgan qarorlar, agar bunday qarorlarni qabul qilish uchun ushbu Qonunda yoki jamiyatning ustavida ko‘proq ovozlar soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining ko‘pchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagi da’vo talablarini qanoatlantirish natijasida jamiyat ustav fondidagi A.Aning 44,233 foiz ulushi, O.Bning 10,510 foiz ulushi tiklangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJ ishtirokchilarining 2023-yil 27-yanvardagi umumiy yig‘ilishida amalda 44,233 foiz ulushga ega bo‘lgan A.Aning vakili va qolgan majlis ishtirokchilari kun tartibidagi 5-masala bo‘yicha qarshi ovoz bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faqat amalda jami 44,186 foizga ega bo‘lgan “MTP” MChJ va “O‘z” AJ vakili kun tartibidagi 5-masala bo‘yicha yoqlab ovoz bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan ko‘rinadiki, kun tartibidagi 5-masala bo‘yicha qarshi ovozlar soni yoqlab berilgan ovozlar sonidan amalda ko‘p bo‘lgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababdan birinchi instansiya sudi da’vogarlarning MChJ ishtirokchilarining 2023-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi talabini to‘liq qanoatlantirish haqida to‘g‘ri xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi yuqoridagi talablar A.Aning 44,233 foiz ulushi, A.Bning 10,510 foiz ulushini tiklash bilan bog‘liq bo‘lganligi va da’vogarlar o‘zlarining ulushlari kamaytirilganligini, ya’ni mulkiy huquqlari buzilganligini 2023-yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishda bilishganligini inobatga olib, ushbu talablar bo‘yicha da’vo muddati o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb hisoblab, da’vo muddati qo‘llash to‘g‘risidagi arizalarni qanoatlantirishni rad etish haqida to‘g‘ri xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining 2011-yil 6-maydagi 59-sonli buyrug‘i bilan “MTP” ochiq aksiyadorlik jamiyati negizida tashkil qilingan mas’uliyati cheklangan jamiyatining ustav fondi aksiyadorlik jamiyatining oldingi ustav fondi 71 730 800 so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-dekabrdagi 316-sonli qaroriga asosan Moliya vazirligi tomonidan berilgan 59 700 000 so‘m mablag‘ni davlat aktivi hisobida va investorlar tomonidan qo‘shilgan 60 000 000 so‘m investitsiya hisobiga 191 430 800 so‘m miqdorida belgilangan va ulushlar quyidagicha taqsimlangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MTPlar birlashmasi” MChJ ustav fondiga beriladigan davlat ulushi — 35,0 foiz — 67 000,8 ming so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat jamoasi va boshqalar ulushi — 55,814 foiz — 106 845,6 ming so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi — 9,186 foiz — 17 584,4 ming so‘m.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MTP” OAJ ta’sischilarining 2011-yil 18-iyunda bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishida jamiyat mulkchilik shaklini mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirilishi munosabati bilan jamiyatning o‘zgartirishlar kiritilgan yangi Ustavini tasdiqlash haqida qaror qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ushbu umumiy yig‘ilish qarorining 4-bandida “Jamiyat mulkchilik shaklini mas’uliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilishi munosabati bilan jamiyatning o‘zgartirishlar kiritilgan yangi ustavi tasdiqlansin. Jamiyatning Nizom jamg‘armasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-dekabrdagi 316-sonli qaroriga muvofiq 191 430 800 so‘m miqdorida belgilansin va shu yuzadan 2011-yil 22-apreldagi o‘tkazilgan kuzatuv kengashi yig‘ilishi qarorlari tasdiqlansin. Shuningdek, 2011-yil 6-mayda qabul qilingan Davlat mulk qo‘mitasi hududiy boshqarmasining 59-sonli buyrug‘i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. Ushbu masala jami ustav fondini texnikalar hisobiga oshirish yuzasidan 2009-yil oktyabrdan 2011-yil 18-aprelgacha qabul qilingan jamiyat kuzatuv kengashi va ta’sischilar umumiy yig‘ilishlari qarorlari bekor qilinsin” deb qayd qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJning yangi ta’sis shartnomasi va nizomi Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi tomonidan 2011-yil 27-iyunda 484-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan va shu sana bilan guvohnoma berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJning ta’sis shartnomasi va nizomida jamiyatning nizom jamg‘armasi 191 430 800 so‘mni tashkil etishi, jamiyat ustav fondida A.Aning ulushi 44,233 foizni, O.Bning ulushi 10,510 foizni, davlat aktivlari ulushi 9,186 foizni tashkil etishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan ko‘rinadiki, ushbu qaror bilan da’vogarlar A.A o‘zining ulushini 44,233 foiz, O.B o‘zining ulushini 10,510 foiz ekanligini bilgani barobarida davlat aktivlari ulushini 9,186 foizni tashkil etishini ham bilishgan yoki bilishi lozim bo‘lgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 153-moddasiga muvofiq, buzilgan huquqni himoya qilish talabi da’vo muddatining o‘tganligidan qat’iy nazar sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. Da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‘llanadi. Qo‘llanish to‘g‘risida nizodagi taraf bayon qilgan da’vo muddatining o‘tishi sudning da’voni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FKning 150-moddasida umumiy da’vo muddati — uch yil deb belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FKning 151-moddasiga ko‘ra, ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy da’vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 41-moddasiga ko‘ra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga ko‘ra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday ariza jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror to‘g‘risida bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin. Agar jamiyat ishtirokchisi shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni qabul qilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan bo‘lsa, mazkur ariza shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ishning barcha holatlarini hisobga olgan holda, agar ariza bergan jamiyat ishtirokchisining ovozi ovoz berish natijalariga ta’sir ko‘rsata olishi mumkin bo‘lmasa va (yoki) yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik jiddiy bo‘lmasa va (yoki) qaror jamiyatning ana shu ishtirokchisiga zarar yetkazmagan bo‘lsa, shikoyatga sabab bo‘lgan qarorni o‘z kuchida qoldirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunning 41-moddasida belgilangan ikki oylik muddat maxsus da’vo muddati hisoblanadi va u sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sudning hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli Qarorining 20.2-bandida tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu sababdan birinchi instansiya sudi javobgar va uchinchi shaxslarning da’vo muddatini qo‘llash haqidagi arizasini qisman qanoatlantirib, MChJ ishtirokchilarining 2011-yil 18-iyundagi umumiy yig‘ilishi qarorining 4-bandini qisman va 2011-yil 27-iyunda Urganch tuman hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasida 484-son bilan ro‘yxatga olingan jamiyat Nizomiga o‘zgartirishlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi talablari bo‘yicha da’vo muddatini qo‘llab, ushbu ikkala talabni qanoatlantirishni rad etish haqida to‘g‘ri xulosaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogarlarning ushbu talablari birinchi instansiya sudi tomonidan mazmunan muhokama qilinmasdan, da’vo muddati qo‘llanilgan holda qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa-da, apellatsiya instansiyasi sudi ushbu talablarni muhokama qilib, qarorning asoslantirish qismini to‘ldirgan holda jamiyatning Nizom jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-dekabrdagi 316-sonli qaroriga muvofiq 59 700 000 so‘m kredit mablag‘lari hisobiga ko‘paytirilganligini amalga oshmagan deb hisoblab, xatolikka yo‘l qo‘ygan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida” 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli Qarorining 10-bandida da’vo muddati o‘tganligi sababli da’vo rad qilingan taqdirda, sud hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida nizodagi taraf da’vo muddatini qo‘llash haqida ariza berganligini bayon qilishi va ushbu muddat o‘tganligini asoslashi kerakligi haqida tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya instansiyasi sudining 2023-yil 30-avgustdagi ajrim bilan da’vogar A.A.Qning Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2023-yil 10-avgustdagi qarori bo‘yicha tushuntirish berish haqidagi arizasi qanoatlantirilib, da’vo muddati o‘tganligi sababli rad qilingan da’vo talablari to‘ldirilgan qism yuzasidan tushuntirish berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 190-moddasiga ko‘ra, hal qiluv qarori noaniq bo‘lgan taqdirda, ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga ko‘ra, hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vo muddati o‘tganligi sababli qanoatlantirish rad qilingan da’vo talablari bo‘yicha birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining asoslantirish va xulosa qismlari aniq bo‘lganligi va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan rad qilingan talablar bo‘yicha to‘ldirish kiritilishi noto‘g‘ri bo‘lganligi sababli, sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror yuzasidan tushuntirish berilishini asossiz deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilganlarga ko‘ra, birinchi instansiya sudi moddiy va protsessual qonun normalarini to‘g‘ri qo‘llagan holda asoslantirilgan va qonuniy qaror qabul qilgan. Apellatsiya instansiyasi sudi esa moddiy va protsessual huquq normalarini noto‘g‘ri qo‘llagan holda asossiz ravishda hal qiluv qarorining asoslantirish qismini to‘ldirgan va ushbu to‘ldirilgan qism yuzasidan tushuntirish bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 302-moddasi birinchi qismining 4-bandiga ko‘ra, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 301-moddasining 6-bandiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha ayrim sud hujjatlarini bekor qilish va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon etilganlarga asosan, sudlov hay’ati kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini va ajrimini bekor qilishni hamda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘z kuchida qoldirishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPKning 118-moddasiga asosan apellatsiya instansiyasi uchun oldindan to‘langan sud xarajatlari inobatga olinib, da’vogarlardan Respublika budjetiga 1 500 000 so‘m davlat boji va ishni videokonferensaloqa rejimida ko‘rish bilan bog‘liq 82 500 so‘m sud xarajati undiriladi, kassatsiya instansiya uchun oldindan to‘langan 7 500 000 so‘m davlat boji va 33 000 so‘m pochta xarajati javobgarning zimmasida qoldiriladi, ishni videokonferensaloqa rejimida ko‘rish bilan bog‘liq sud xarajatlari javobgar zimmasiga yuklatiladi. Shuningdek, IPKning 343-moddasiga asosan apellatsiya instansiyasi sudining qarori bo‘yicha undiruv bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 — 303 va 343-moddalarini qo‘llab, sudlov hay’ati qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MTP” mas’uliyati cheklangan jamiyatining kassatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2023-yil 10-avgustdagi qarori va 30-avgustdagi ajrimi bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-apreldagi hal qiluv qarori o‘z kuchida qoldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Q.Adan Respublika budjetiga ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish bilan bog‘liq 750 000 so‘m davlat boji undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Bdan Respublika budjetiga ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish bilan bog‘liq 750 000 so‘m davlat boji undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Q.Adan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga ishni apellatsiya instansiyasida videokonferensaloqa rejimida ko‘rish bilan bog‘liq 41 250 so‘m sud xarajati undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.Bdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga ishni apellatsiya instansiyasida videokonferensaloqa rejimida ko‘rish bilan bog‘liq 41 250 so‘m sud xarajati undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MTP” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga ishni kassatsiya instansiyasida videokonferensaloqa rejimida ko‘rish bilan bog‘liq 85 000 so‘m sud xarajati undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro varaqalari berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyat sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2023-yil 10-avgustdagi qarori bo‘yicha undiruv bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi: B. SAYFULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hay’at a’zolari: R. SAGATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. SATTOROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 19-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-2201-2303/620-son