15.12.2023 yildagi 4-1905-2203/2240-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining qarori, 15.12.2023 yildagi 4-1905-2203/2240-son
Kuchga kirish sanasi
15.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI IQTISODIY IShLAR BO‘YIChA SUDLOV HAY’ATI KASSATSIYA INSTANSIYASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Birinchi instansiya sudida ishni ko‘rgan sudya — Z. Tojiyev
Apellatsiya instansiyasi sudida ma’ruzachi sudya — J. Xomidov
Kassatsiya instansiyasida ma’ruzachi sudya — B.N. Sayfullayev
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sudya B. Sayfullayevning raisligida, hay’at a’zolari sudyalar I. Tadjiyev va R. Sagatovdan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, ishni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda ko‘maklashayotgan Qashqadaryo viloyat sudi xodimi A. Raxmonov, Surxondaryo viloyat sudi xodimi B. Turamurodovning ko‘magida, “D A” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischilari A.F, X.N, “D F T” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakili X.N (2023-yil 9-sentabrdagi 13-sonli ishonchnoma asosida), “D A” mas’uliyati cheklangan jamiyatining sobiq rahbari J.D va uning vakili S.N (2023-yil 30-noyabrda berilgan 39-sonli order asosida), javobgar AT “X b” vakili E.N (2023-yil 12-iyuldagi 03-33-3/15-sonli ishonchnoma)ning ishtirokida, javobgar ta’sischilari A.F va X.N nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi, Davlat kadastrlar palatasi Denov tuman bo‘limi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan holda, da’vogar “D A” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi A.M javobgarlar AT “X b”, “D A” mas’uliyati cheklangan jamiyati va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius S.J.Sh. nisbatan 2021-yil 12-martdagi ipoteka shartnomasini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo arizasi asosida qo‘zg‘atilgan iqtisodiy ish bo‘yicha Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-iyuldagi hal qiluv qarori va Surxondaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 5-sentabrdagi qarori ustidan “D A” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischilari A.M.F. va X.A.N. tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sudning binosida videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida ko‘rib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“D A” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 27,37 foiz ulushga ega ishtirokchisi M. A. Y. (bundan buyon matnda da’vogar deb yuritiladi) javobgarlar O‘zbekiston Respublikasi AT “X b” (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi), “D A” mas’uliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda MChJ yoki javobgar yoxud jamiyat deb yuritiladi) hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius S. J. Sh. nisbatan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, bank va MChJ o‘rtasida 2021-yil 12-martda tuzilgan Denov tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarial idora notariusi S.J.Sh. tomonidan 202002009001276-son raqam bilan qayd etilgan ipoteka shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan ishga javobgarning 30 foiz ulushga ega ta’sischisi A.F. va 10 foiz ulushga ega ta’sischisi “D F T” mas’uliyati cheklangan jamiyatining yagona ta’sischisi X.N nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sifatida, 2022-yil 10-noyabrdagi ajrimi bilan Davlat kadastrlari palatasi Denov tuman bo‘limi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2022-yil 15-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vo talabi qisman qanoatlantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 14-fevraldagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, yangi qaror qabul qilingan va da’vo talabini qanoatlantirish rad qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023-yil 2-maydagi qarori bilan sud qarorlari bekor qilingan va ish yangidan birinchi instansiya sudida ko‘rish uchun Denov tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-iyuldagi hal qiluv qarori bilan da’vo talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 5-sentabrdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJ ta’sischilari A.F. va X.N. birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasining qaroridan norozi bo‘lib, Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-iyuldagi hal qiluv qarori va Surxondaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 5-sentabrdagi qarorini bekor qilish hamda da’vo talabini qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni so‘ragan. Bunga asos qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023-yil 2-maydagi qarori bilan quyi sudlarga MChJning 2,40 (24000 m2) gektar yer maydoni ipoteka shartnomasiga kiritilishidan oldin baholash hisobotiga kiritilgan yoki kiritilmaganligiga va ushbu yer maydoni kiritilgan bo‘lsa, baholangan yoki baholanmaganligiga aniq huquqiy baho bergan holda iqtisodiy ishni ko‘rib chiqish yuzasidan ko‘rsatma berilganligi, biroq birinchi va apellatsiya instansiyasi sudi kassatsiya instansiyasining ko‘rsatmalari majburiyligini e’tibordan chetda qoldirib, 2,40 (24000 m2) gektar yer maydoni baholash hisobotiga kiritilgan yoki kiritilmaganligi holatini hamda baholangan yoki baholanmaganligi holatini muhokama qilmasdan, “yer maydoni baholash hisobotida aks ettirilganini taraflar isbotlab bera olmadi”-degan vaj bilan noto‘g‘ri qaror qabul qilganligi, amalda MChJning 2,40 gektar yer maydoni baholash hisobotiga mutlaqo kiritilmasdan va umuman baholanmasdan, ipoteka shartnomasiga kiritilganligi va ipoteka shartnomasi g‘ayriqonuniy imzolanganligi hamda xususiy notariusdan ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, MChJning sobiq rahbari J.D. 2021-yil 12-fevralda “D b” MChJga 2,40 gektar yer maydonining 0,50 gektar (5000 m2) yer maydonini ataylab, qasddan hisobotga kiritmasdan, kamaytirib ko‘rsatib, 1,90 gektar (19000 m2) yer maydonini 6 014 178 075 so‘mga baholatib, 2,40 gektar yer maydonini ipoteka shartnomasiga kiritganligi, “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasida mol-mulkni ipotekaga qo‘yish huquqi yuzasidan qonun normasi yozilgan bo‘lib, uning to‘rtinchi xatboshisida umumiy birgalikdagi mulk (mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi umumiy ulushi belgilanmagan holda) bo‘lgan mol-mulk faqat barcha mulkdorlarnin� yozma roziligi bilan ipotekaga qo‘yilishi mumkinligi alohida belgilangan bo‘lishiga qaramasdan, quyi sudlar tomonidan mazkur Qonunning 10-moddasi, ya’ni ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bilan chalkashtirib, ish hujjatlarini tahlil qilinmasdan va huquqiy baho berilmasdan, qonun normalari noto‘g‘ri qo‘llanib xatolikka yo‘l qo‘yilganligi, bundan tashqari, quyi sudlar ipoteka shartnomasiga kiritilishi mo‘ljallangan yer hajmi (m.kv) va kiritilishi mo‘ljallangan imoratlarning miqdorini (so‘mda) qonun normasiga ko‘ra, jamiyat ta’sischilari, ya’ni mulk egalari bilan navbatdagi umumiy yig‘ilish chaqirib, kelishgan holda, umumiy yig‘ilish qarori asosida, ipoteka shartnomasini imzolashi kerakligi holatiga e’tibor qaratmaganligi, shuningdek, quyi sudlar da’vogar A.M yoki uning vakilini sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilmasdan, ularning ishtirokisiz ishni ko‘rganligini vaj qilib keltirgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida ishtirok etgan A.F. hamda X.N. (MChJ vakili sifatida ham) kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni takrorlab, kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni so‘radi. Shuningdek, sudga J.D. nisbatan chiqarilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudining 2023-yil 7-noyabrdagi hukmini taqdim etib, ushbu hukmda J.D. aybini to‘liq bo‘yniga olib, kredit olish paytida hujjatlarni rasmiylashtirish paytida garovga qo‘yilgan mulklarni bank bilan 6 250 000 000 so‘mga (12 541 422 032 so‘mga baholangan jamiyat mulkini ataylab ikki baravar kam narxda ko‘rsatib, dalolatnoma imzolagan) baholash haqidagi garov obyekti qiymatining kelishuv dalolatnomasidagi imzo o‘ziga tegishli ekanligi haqida ko‘rsatma berganligi, shuningdek ipoteka shartnomasi MChJga nisbatan yirik bitim hisoblanishini, biroq ushbu shartnomani tuzishda “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 44-moddasida belgilangan tartibga rioya qilinmaganligini bildirishdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida ishtirok etgan bank vakillari kassatsiya shikoyatiga nisbatan e’tiroz bildirib, shikoyatni qanoatlantirishni rad qilishni so‘rashdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida ishtirok etgan MChJning sobiq rahbari J.D. va uning vakili sudga taqdim etilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining hukmi ustidan apellatsiya shikoyati berilganligi va ushbu hukm qonuniy kuchga kirmaganligini bildirib, shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldirishni so‘rashdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud majlisida MChJ ta’sischisi da’vogar A.M. yoki uning vakili hamda xususiy notarius J.S., nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs Davlat kadastrlari palatasi Denov tuman bo‘limidan vakil ishtirok etmadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 297-moddasining to‘rtinchi qismiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlov hay’ati joyida maslahatlashib, ishni ularning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlov hay’ati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga ko‘ra kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, sud hujjatlarini o‘zgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish hujjatlari va sud muhokamasidan aniqlanishicha, bank va MChJ o‘rtasida 2021-yil 12-fevralda 138-sonli kredit shartnomasi tuzilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit shartnomasining shartlariga ko‘ra, bank MChJga jamiyatni kapital ta’mirlash maqsadida 60 oy muddatga, 12 oylik imtiyozli davr bilan, 5 000 000 000 so‘m miqdorida kredit ajratish, MChJ esa ajratilgan kredit mablag‘larini maqsadli ishlatish, kredit va unga hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan muddatlarda va to‘liq qaytarilishi va to‘lanishini ta’minlash, kredit qaytarilishini ta’minlash uchun ta’minotga oid hujjatlarni rasmiylashtirish majburiyatini olgan (kredit shartnomasining 1.1, 4.2.1., 4.2.2., 4.2.9-bandlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartnomaga asosan bank tomonidan MChJga 5 000 000 000 so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasining 6.1-bandida MChJ kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida o‘ziga tegishli bo‘lgan, Surxondaryo viloyati, Denov shahrida joylashgan 19:04:18:01:18:0803-kadastr raqam bilan ro‘yxatga olingan yer uchastkasining maydoni 2,40 ga bo‘lgan bino va inshootlarni yerdan foydalanish huquqi bilan birga garovga qo‘yish majburiyatini olgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJ tomonidan olingan kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida bank va MChJ o‘rtasida 2021-yil 12-martda ipoteka shartnomasi tuzilgan va u notarial tartibda tasdiqlangan. Ushbu shartnoma MChJ rahbari J.D. tomonidan imzolangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJning 27,37 foiz ulushga ega ishtirokchisi da’vogar sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, MChJ va Bank o‘rtasida 2021-yil 12-martda Denov tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius J.Sh.S. tomonidan 202002009001276-sonli raqam bilan qayd etilgan ipoteka shartnomasi (bundan buyon matnda ipoteka shartnomasi deb yuritiladi)ni haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ipoteka shartnomasi qonun talablariga rioya etilgan holda tuzilganligi sababli birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan da’voni qanoatlantirishni rad etish haqida to‘g‘ri xulosaga kelingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vo arizasida va kassatsiya shikoyatida keltirilgan hamda sud majlisida bildirilgan vajlar ipoteka shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 43-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, tuzilishidan jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxslar, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a’zosi manfaatdor bo‘lgan yoki o‘z affillangan shaxslari bilan birgalikda jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining yigirma va undan ortiq foiziga ega bo‘lgan jamiyat ishtirokchisining manfaatdorligi bo‘lgan bitimlar jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining roziligisiz jamiyat tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun 44-moddasining birinchi — uchinchi qismlariga ko‘ra, agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilgan bo‘lmasa, bunday bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari asosida aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan bitim yoki o‘zaro bog‘liq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi. Jamiyatning odatdagi xo‘jalik faoliyati jarayonida tuziladigan bitimlar yirik bitimlar deb e’tirof etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning maqsadlari uchun yirik bitim natijasida jamiyatning tasarrufidan chiqariladigan mol-mulkning qiymati uning buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida, jamiyat oladigan mol-mulkning qiymati esa — taklif qilingan baho asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik bitimni tuzish to‘g‘risidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MChJ ta’sischilarining 2021-yil 4-fevraldagi umumiy yig‘ilishida MChJ tomonidan bankdan kredit olish uchun ruxsat berish, olinishi rejalashtirilayotgan bank kreditiga garov manbasi sifatida MChJ ko‘chmas mulklaridan garov ta’minoti sifatida foydalanishga ruxsat berish, qaror ijrosini bajarishni jamiyat ijrochi direktori J.Daminov zimmasiga yuklash haqida 1-sonli qaror (bayonnoma) qabul qilingan. Ushbu yig‘ilishda MChJning 71 foizdan ortiq ulushdorlari ishtirok etgan va ushbu qarorga bir ovozdan rozilik bildirishgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ya’ni, kredit hamda ipoteka shartnomalarini tuzish uchun jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining roziligi olingan. Shuning uchun da’vo arizasi hamda kassatsiya shikoyatidagi ipoteka shartnomasi Qonunning yuqoridagi normalariga rioya qilinmasdan tuzilganligi haqidagi vajlar bilan kelishib bo‘lmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 10-moddasining beshinchi qismiga ko‘ra, ipoteka narsasini baholash ipotekaga qo‘yuvchi bilan ipotekaga oluvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik (ipoteka shartnomasi imzolangan paytda qonun hujjatlarining) talablariga muvofiq ipoteka narsasini baholashdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taraflar o‘rtasida tuzilgan garov obyekti qiymatini baholash dalolatnomasida garov mulki mustaqil baholovchi tomonidan 12 541 422 032 so‘mga baholanganligi, kelishuv summasi esa 6 250 000 000 so‘mni tashkil qilishi ko‘rsatilgan. Ya’ni, garov mulki taraflarning o‘zaro kelishuvi bilan 6 250 000 000 so‘mga baholangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda garov mulkini baholash hisobotiga nisbatan boshqacha narxda baholash haqida kelishish mumkinligi ta’qiqlanmagan. Shuning uchun da’vo arizasi hamda kassatsiya shikoyatidagi ipoteka shartnomasi mol-mulk arzon baholangan holda tuzilganligi haqidagi vajlar ushbu shartnomani haqiqiy emas deb hisoblash uchun asos bo‘la olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, kassatsiya shikoyatidagi 2,40 gektar yer maydoni baholash hisobotiga kiritilmaganligi to‘g‘risidagi vajlar ham asossizdir. Chunki, “D. b.” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2022-yil 7-dekabrdagi 22-sonli xatida 2021-yil 5-fevraldagi 010/02-21-sonli hisobotida MChJga qarashli yerdan foydalanish huquqi 19000 m2 va qurilish osti maydoni 2728,0 m2 dan iborat bo‘lib, bozor bahosini aniqlashda foydalanib, MChJning 19000 m2 yer maydoni va qurilish osti maydoni 2728,0 m2 bo‘lgan qismi bino-inshootlarga qo‘shib baholanganligi ma’lum qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kassatsiya shikoyatidagi kassatsiya instansiyasining 2023-yil 2-maydagi qarorida MChJning 2,40 gektar (24000 m2) yer maydoni ipoteka shartnomasiga kiritilishidan oldin baholash hisobotiga kiritilgan yoki kiritilmaganligiga va ushbu yer maydoni hisobotga kiritilgan bo‘lsa, baholangan yoki baholanmaganligiga aniq huquqiy baho bergan holda iqtisodiy ishni ko‘rib chiqish yuzasidan ko‘rsatma berilganligi, biroq birinchi va apellatsiya instansiyasi sudi kassatsiya instansiyasining mazkur ko‘rsatmalarini bajarmaganligi haqidagi vajlari sud hujjatlarini bekor qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Chunki, kassatsiya instansiyasi sudining 2023-yil 2-maydagi qarorida quyi sudlar tomonidan ipoteka shartnomasida ko‘rsatilgan kadastr raqami 19:04:18:01:18:0803 bo‘lgan yer maydoniga qo‘shib alohida kadastr raqami, ya’ni 19:04:18:01:18:890ga ega bo‘lgan 2,40 gektar yer maydoni baholash hisobotiga kiritilganligi yoki kiritilmaganligiga, ushbu yer maydoni kiritilgan bo‘lsa, baholangan yoki baholanmaganligiga aniqlik kiritilmaganligi ko‘rsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni yangidan ko‘rish jarayonida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu masala yuzasidan Kadastr agentligining Surxondaryo viloyat boshqarmasi Denov tuman filialidan 2023-yil 25-iyuldagi 11-11/1186-sonli ma’lumotnoma olingan. Unda kadastr hujjatidagi 19:04:18:01:18:890 kadastr raqami texnik xatolik sababli noto‘g‘ri yozilganligi, MChJning mol-mulklari va yer maydonining kadastr raqami 19:04:18:01:18:0803 raqam bilan 2002-yil 21-iyulda 423-sonli raqam bilan davlat ro‘yxatiga olinganligi, ya’ni 19:04:18:01:18:0803 raqami to‘g‘ri hisoblanishi bayon etilgan. Dyemak, mazkur holatda MChJning mol-mulklari va yer maydoni kadastr organi tomonidan 19:04:18:01:18:0803-raqam bilan ro‘yxatga olingan. Ipoteka shartnomasida ham ipotekaga qo‘yilayotgan mulkning kadastr raqami sifatida 19:04:18:01:18:0803 raqami ko‘rsatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, A.F. hamda X.N. J.D. nisbatan chiqarilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudining 2023-yil 7-noyabrdagi hukmida J.D. aybini to‘liq bo‘yniga olib, kredit olish paytida hujjatlarni rasmiylashtirish paytida garovga qo‘yilgan mulklarni bank bilan 6 250 000 000 so‘mga (12 541 422 032 so‘mga baholangan jamiyat mulkini ataylab ikki baravar kam narxda ko‘rsatib, dalolatnoma imzolagan) baholash haqidagi garov obyekti qiymatining kelishuv dalolatnomasidagi imzo o‘ziga tegishli ekanligi haqida ko‘rsatma berganligi haqidagi vajlari ham da’voni qanoatlantirish uchun asos bo‘la olmaydi. Chunki, ushbu hukmda ipoteka shartnomasi noto‘g‘ri yoki qonun talablariga zid ravishda tuzilganligi ko‘rsatilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 302-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holatda, sudlov hay’ati birinchi instansiya sudi va apellatsiya instansiya sudining qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun bunday asoslar mavjud emas deb hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IPK 301-moddasining 1-bandiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayon etilganlarga asosan, sudlov hay’ati kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, ish yuzasidan qabul qilingan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgarishsiz qoldirishni, IPKning 118-moddasiga asosan ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish bilan bog‘liq sud xarajatlari A.F. tomonidan to‘langanligini inobatga olishni va A.F. hamda X.N. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga ishni videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ko‘rish bilan bog‘liq 85 000 so‘m sud xarajatlarini undirishni lozim topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 va 303-moddalarini qo‘llab, sudlov hay’ati qaror qildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Denov tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 25-iyuldagi hal qiluv qarori va Surxondaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 5-sentabrdagi qarori o‘zgarishsiz, A. M. F. va X. A. N. kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A. M. F. tomonidan davlat boji va pochta xarajati to‘langanligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A. M. F. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga ishni videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ko‘rish bilan bog‘liq 42 500 so‘m;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. A. N. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining depozit hisob raqamiga ishni videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ko‘rish bilan bog‘liq 42 500 so‘m undirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro varaqalari berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raislik qiluvchi B. SAYFULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hay’at a’zolari I. TADJIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
R. SAGATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-1905-2203/2240-son