Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025 07.12.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3482
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 07.12.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3482
Kuchga kirish sanasi
11.12.2023
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2025
Hujjat 11.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 7-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3482]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 11-avgustdagi 20-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3664, 11.08.2025-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. TASHKULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 7-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun — Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabnoma — tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma, shuningdek avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar kelib chiqqan joy nomi — mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa joʻgʻrofiy obyektning (bundan buyon matnda joʻgʻrofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr — Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish va topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Talabnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olinadigan belgi joʻgʻrofiy obyektning zamonaviy nomi, ushbu obyektning tarixiy nomi yoki ulardan kelib chiqqan nom boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olinadigan belgi qoʻshimcha ravishda tovarning turiga oid belgini koʻrsatib turishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatga olinadigan belgilar, agar ularning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni anglatish uchun ishlatilsa, tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonunning 11-moddasiga muvofiq quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovar kelib chiqqan joy xususida isteʼmolchini chalgʻitib qoʻyadigan joʻgʻrofiy nom boʻlgan belgilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tovar tayyorlangan joy nomi bilan bogʻliq boʻlmagan joʻgʻrofiy nomni anglatuvchi va Oʻzbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qonunning 8-moddasi birinchi qismiga muvofiq talabnomalarning quyidagi turlari mavjud:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taalluqli boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi ariza (bundan buyon matnda ariza deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabnomada koʻrsatilgan belgi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tovar ishlab chiqarilgan joyni joʻgʻrofiy obyekt chegarasida koʻrsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoxud avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabnoma beruvchining zikr etilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bogʻliq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabnoma berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan patent boji toʻlanganligi qoʻshimcha hujjat talab qilmasdan Vazirlik tomonidan axborot tizimlari orqali mustaqil ravishda tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan talabnomaga belgilangan miqdorda patent boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Talabnomaning tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma ushbu Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma mazkur Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlar kiritilishi uchun “Talabnoma” soʻzidan yuqorida joylashgan grafalar talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar maʼlumotlar koʻpligi sababli, ularni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirish imkoni boʻlmasa, ular oʻsha shakl boʻyicha qoʻshimcha varaqda keltiriladi va talabnomaning tegishli grafasida “davomi qoʻshimcha varaqda” deb koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Talabnoma beruvchi” grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi) keltiriladi, bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi. Talabnoma beruvchining nomi davlat tilida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, talabnomada talabnoma beruvchining pochta manzili, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi, telefon va faks raqamlari hamda elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻz nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari uchun Korxona va tashkilotning umumdavlat tasnifi kodi (KTUT kodi) (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi. Agar bunday kod mavjud boʻlmasa, talabnomaning tegishli joyida “mavjud emas” deb koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻz nomlariga tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan (joylashgan) chet el jismoniy (yuridik) shaxslari uchun Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi koʻrsatiladi (agar mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Yozishmalar olib borish uchun manzil” grafasida yozishmalar olib borish uchun pochta indeksi koʻrsatilgan manzil, xat oluvchining ismi yoki nomi, telefon, faks raqamlari va elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi. Yozishmalar olib borish uchun manzil sifatida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi talabnoma beruvchi-jismoniy shaxsning yashash manzili, Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan talabnoma beruvchi-yuridik shaxsning joylashgan joyi yoxud Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakilining manzili koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Patent vakili” grafasi talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan holda toʻldiriladi va u haqidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami) keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Patent vakilining manzili” grafasida patent vakilining pochta indeksi koʻrsatilgan manzili, telefon, faks raqamlari va elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Talabnoma berilgan belgi” grafasida talabnoma berilgan belgi odatdagi shriftda yozilgan holda keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Tovar turi yoki muayyan tovar” grafasida Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshisiga muvofiq tovar kelib chiqqan joy nomi uchun moʻljallangan tovar (tovarlar) koʻrsatilishi kerak. Bunda, alohida xususiyatlarga joʻgʻrofiy obyektning (tamomila yoki asosan) tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari asosida ega boʻlgan, haqiqatda ishlab chiqarilayotgan tovarlargina koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismi beshinchi xatboshisiga muvofiq taqdim etilayotgan tavsifda belgisi roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovarning oʻziga aynan oʻxshash tovarlardan farqlaydigan alohida xususiyatlari roʻyxati keltiriladi. Bunda, tovarning alohida xususiyatlari ushbu joʻgʻrofiy obyekt uchun xos boʻlgan tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga bogʻliq ekanligi anglashilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarning xususiyatlari umum qabul qilingan maxsus terminologiyaga muvofiq aniq va ravshan taʼriflanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsif axborot koʻrinishida boʻlishi, xususan ushbu joʻgʻrofiy obyektda xom ashyoning, tegishli iqlim, geologik yoki boshqa tabiiy sharoitlarning hamda tovarni anʼanaviy usulda tayyorlay oladigan odamlarning (jamoaning) mavjudligini koʻrsatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Maʼdanli suvning alohida xususiyatlarini tavsiflashda ushbu Qoidalarning 8-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan hujjatlarda tovarning oʻziga xosligini hisobga olgan holda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) organoleptik xususiyatlari (taʼmi, rangi, hidi yoki ushbu xususiyatlarning mavjud emasligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ion tarkibining qisqacha taʼrifi (“dan” “gacha” oraligʻida berilishi zarur);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) maʼdanlashganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) gaz tarkibi, mikroelementlar, radioaktiv elementlar, organik moddalar, faol reaksiyaning va oksidlanish-qaytarilish potensialining taʼrifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) balneologik xususiyatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Talabnomada tovar ishlab chiqarilayotgan joy koʻrsatilishi lozim. Tovar ishlab chiqarilayotgan joy joʻgʻrofiy obyektning chegaralarini koʻrsatish yoʻli bilan tavsiflanishi mumkin. Joʻgʻrofiy obyektning chegaralari koordinatalar, joyning tabiiy chegaralari — daryolar, togʻlar, koʻllar koʻrsatilgan holda, maʼmuriy chegaralar, koʻp yillik inshootlar, kommunikatsiyalar yordamida tavsiflanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati” grafasi tegishli katakchalarda “X” belgisini qoʻyib chiqish orqali va ilova qilinayotgan hujjatlardagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda toʻldiriladi. Talabnoma shaklida koʻzda tutilmagan hujjatlar ilova qilinganda, ularning aniq maqsadi “boshqa hujjat” oʻrnida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi toʻrtinchi xatboshisiga muvofiq talabnomaga ilova qilinadigan hujjatlarda talabnoma beruvchi koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligi, shuningdek alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligi tasdiqlangan boʻlishi kerak. Bunda, ushbu hujjatlar tovarni tayyorlovchining nomi tovarni belgilash uchun qoʻllangan joʻgʻrofiy obyektning chegaralarida joylashganini tasdiqlaydigan tashkilot tomonidan taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur hujjatlar bitta yoki bir nechta tashkilotlar tomonidan taqdim etilishi mumkin (masalan, talabnoma beruvchining yashash yoki joylashgan joyi, shuningdek vakolatli davlat organining tovar ishlab chiqarish chegaralari haqidagi xulosasi yoki tovarning alohida xususiyatlari haqida boshqa tashkilotlarning xulosalari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qonunning 9-moddasi uchinchi qismi beshinchi xatboshisiga muvofiq xorijiy talabnoma beruvchining talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat sifatida tovar kelib chiqqan mamlakatning vakolatli davlat organi tomonidan berilgan, tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat mazkur Qoidalarning 25-bandi talablarini inobatga olgan holda taqdim qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Talabnomaning “Imzo” grafasini imzo qoʻyilgan sana koʻrsatilgan holda toʻldirish majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan talabnoma tashkilot rahbari tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma patent vakili orqali berilganda, talabnoma patent vakili tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imzo imzolovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilgan holda ochib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnomada qoʻshimcha varaqlar mavjud boʻlsa, ular ham xuddi shu tartibda imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Hujjatlarni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Talabnoma berilgan belgini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza davlat tilida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar talabnoma hujjatlari xorijiy tilda taqdim etilgan boʻlsa, talabnomaga ularning davlat tilidagi tarjimasi, talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi bilan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar xorijiy tildagi talabnoma hujjatlariga ularning tarjimasi ilova qilinmasdan taqdim etilgan boʻlsa, tarjima keyinchalik taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, xorijiy tilda topshirilgan hujjatlar, agar ularning tarjimalari ushbu xorijiy tildagi hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy ichida taqdim qilinsa, hujjatlar Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi, aks holda hujjatlar, ularning tarjimalari kelib tushgan sanadan boshlab topshirilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Talabnomani topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Talabnoma yuridik va jismoniy shaxslar — talabnoma beruvchilar tomonidan Vazirlikka axborot tizimi orqali topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida foydalanilayotgan joʻgʻrofiy obyektda joylashgan yuridik va jismoniy shaxslar, agar ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar Qonunning 5-moddasi talablariga muvofiq boʻlsa, ular Qonunning 6-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlariga binoan tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnoma topshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Vazirlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakili orqali topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar yoxud ularning patent vakillari tovar kelib chiqqan joy nomlarini va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini yuritishni hamda bu ishlar bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni Vazirlikda roʻyxatdan oʻtgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent vakili orqali topshirilayotgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va uning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma yoxud ishonchnomaning qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma shaklda tuziladi va notarial tarzda tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtda yoki talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oydan kechiktirmay taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxsga yoki chet el yuridik shaxsiga vakillik qilish uchun Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakiliga ushbu jismoniy yoki yuridik shaxsning oʻzi tomonidan yoxud ularning patent vakili tomonidan ishonchnoma yoki ishonchnomaning qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan nusxasi berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ishonchnoma Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan bir nechta patent vakillari nomiga berilgan boʻlsa, u holda talabnoma boʻyicha tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga oid ishlar ushbu patent vakillarining istalgan bittasi tomonidan olib borilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patent vakilining har bir harakati talabnoma beruvchining harakati sifatida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish va avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish boʻyicha ishlarni olib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Vakil tayinlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Talabnoma topshirilgandan keyin u boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqish davomida oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma bergan holda vakil tayinlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan patent vakillari yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jismoniy shaxslar yoki chet el yuridik shaxslarining vakili boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Vakillik qilish uchun ishonchnoma talabnoma topshirilayotgan vaqtda yoki ish yuritish davomida taqdim etilishi mumkin. Ishonchnoma talabnoma hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Vakilning ishonchnoma topshirilgunga qadar amalga oshirgan harakatlari haqiqiy emas deb hisoblanadi va ekspertiza jarayonida inobatga olinmaydi. Vakilning unga taqdim etilgan vakolatlari doirasidagi har qanday harakati yoki Davlat muassasasining unga nisbatan har qanday harakati talabnoma beruvchining harakati yoki talabnoma beruvchiga nisbatan harakat sifatida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Vakil ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlaridan ishonchnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar foydalanadi. Ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlarni muddatidan avval toʻxtatish talabnoma beruvchi tomonidan Vazirlikka tegishli ariza berish (ishonchnomani chaqirib olish) yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar olib borish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Yozishmalar talabnoma beruvchi yoki uning vakili tomonidan har bir talabnoma boʻyicha alohida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma topshirilgandan keyin taqdim etiladigan materiallarda talabnoma raqami koʻrsatilishi va ularda talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi boʻlishi shart. Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar koʻrib chiqilmasdan qaytarib yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Vazirlik va Davlat muassasasi bilan yozishmalar davlat tilida olib boriladi. Talabnoma beruvchi tomonidan xorijiy tilda taqdim etilgan hujjatlarga ularning davlat tilidagi tarjimasi talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi bilan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Muddatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Yillarda ifodalangan har qanday muddat keyingi keladigan yilda, muddatni hisoblash boshlangan oy nomi va kun raqami qanday boʻlsa, xuddi shu nomli oyda va oʻsha kunda tugaydi, bunda agar keyingi tegishli oy oʻsha raqamli kunga ega boʻlmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Oylarda ifodalangan har qanday muddat keyingi keladigan oyda va muddatni hisoblash boshlangan kun raqami nechanchi boʻlsa, oʻsha kunda tugaydi, bunda agar tegishli oy oʻsha raqamli kunga ega boʻlmasa, muddat ushbu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Kunlarda ifodalangan har qanday muddat koʻrib chiqilayotgan kunning keyingisidan hisoblanib, soʻnggi kunning oxirida tugaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Agar Vazirlik va Davlat muassasasiga xat-hujjatlar kelib tushishi uchun yoki patent boji toʻlanishi uchun belgilangan muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelsa, ushbu muddat keyingi ish kunigacha uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Talabnoma hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Talabnoma beruvchi oʻz tashabbusiga koʻra talabnoma ekspertizasi oʻtkazilayotgan davrda qaror qabul qilingunga qadar talabnoma hujjatlariga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar, tuzatishlar va aniqliklar) kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma hujjatlariga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar, tuzatishlar va aniqliklar) kiritish talabnoma beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 3 va 4-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq tegishli arizani axborot tizimi orqali Vazirlikka topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchi-yuridik shaxsning nomi yoki talabnoma beruvchi-jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda, Vazirlikka ushbu oʻzgarishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Talabnoma beruvchi arizani koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kun ichida xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Talabnoma hujjatlariga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar, tuzatishlar va aniqliklar) kiritish haqidagi arizani koʻrib chiqqanlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi. Belgilangan miqdordagi davlat boji toʻlanmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmay turiladi va bu haqda talabnoma beruvchiga bildirishnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, talabnoma beruvchi oʻziga Davlat muassasasi tomonidan bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida davlat bojining yetmayotgan qismini toʻlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlar mazkur Qoidalarning 94 — 97-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Talabnoma materiallari bilan tanishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Talabnoma beruvchi (yoki uning vakili) topshirilgan talabnoma va unga oid hujjatlar bilan oldindan Davlat muassasasi bilan kuni va soatini kelishgan holda bevosita Davlat muassasasining oʻzida yoki talabnoma hujjatlarining yoxud ularning biror qismining nusxasini soʻrab olish yoʻli bilan tanishishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tergov uchun zarur boʻlgan hollarda talabnoma hujjatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tanishish uchun bepul taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Talabnomani koʻrib chiqish jarayonida ekspertiza hujjatlari bilan tanishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Talabnoma beruvchi ekspertiza oʻtkazish jarayonidagi hujjatlar bilan tanishish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Talabnoma beruvchiga u tomonidan soʻralgan ekspertiza oʻtkazish jarayonidagi hujjatlarning nusxalari yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Talabnoma bilan bogʻliq masalalar, jumladan, talabnoma berilgan belgi, u bilan belgilanishi moʻljallangan tovar, tovarning alohida xususiyatlari hamda uning joʻgʻrofiy obyekt tabiiy sharoitlari yoki boshqa omillari yoxud bir vaqtning oʻzida tabiiy sharoitlar va boshqa omillarga bogʻliqligi boʻyicha qoʻshimcha tushuntirishlar olish va talabnoma berilgan belgining muhofaza qilishga yaroqliligi, tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish imkoniyati boʻyicha ekspertizaning va talabnoma beruvchining pozitsiyasini aniqlash maqsadida talabnoma beruvchi (yoki uning vakili) ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Talabnoma Davlat muassasasining taklifiga yoki talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqiladi. Bunda, talabnoma boʻyicha ekspertizaning savollari Davlat muassasasining taklifida, talabnoma beruvchining savollari esa uning iltimosnomasida bayon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida koʻrib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Bunda, talabnoma beruvchi belgilangan vaqtda talabnomani koʻrib chiqishda qatnasha olmasligi maʼlum boʻlsa, darhol Davlat muassasasini bu haqda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma beruvchining vakili ushbu Qoidalarning 28 — 32-bandlarida belgilangan talablar bajarilgan taqdirda talabnomani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Talabnoma beruvchi tomonidan qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish muddatini uzaytirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Davlat muassasasining soʻrovnomasiga koʻra talabnoma beruvchi tomonidan qoʻshimcha hujjatlar, unga soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida Davlat muassasasiga taqdim etilishi lozim. Bunda, hujjatlarni taqdim etish muddati talabnoma beruvchining yozma iltimosnomasiga koʻra uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Talabnoma beruvchining muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqqanlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Talabnoma beruvchining muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnomasi talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan soʻrovnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida Davlat muassasasiga topshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga soʻrovnoma asosida soʻralgan hujjatlarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Agar talabnoma beruvchining muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnomasi ushbu Qoidalarning 52-bandida belgilangan muddat buzilgan holda berilgan boʻlsa, shuningdek patent boji toʻlanmagan boʻlsa yoki toʻlangan patent boji summasi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdordan kam boʻlsa, soʻrovnoma asosida soʻralgan hujjatlarni taqdim etish muddati uzaytirilmaydi. Bunda, talabnoma beruvchiga uning iltimosi rad etilganligi haqida bildirishnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Oʻtkazib yuborilgan muddatlarni tiklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan quyidagi muddatlar tiklanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ekspertiza soʻrovnomasi boʻyicha qoʻshimcha materiallarni taqdim etish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ekspertiza soʻrovnomasiga javob berish muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi tomonidan muddat oʻtib ketgan kundan eʼtiboran ikki oy mobaynida muddat oʻtkazib yuborilganligining sabablari koʻrsatilgan holda Davlat muassasasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Talabnoma beruvchining oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomasini koʻrib chiqqanlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Ushbu Qoidalarning 56 va 57-bandlarida koʻrsatilgan talablardan aqalli bittasi bajarilmagan taqdirda, iltimosnoma qondirilmaydi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Talabnoma beruvchi tomonidan talabnomaning chaqirib olinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Qonunning 17-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi talabnomani chaqirib olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza talabnoma koʻrib chiqishning istalgan bosqichida, biroq tovar kelib chiqqan joy nomi va undan foydalanish huquqi roʻyxatga olingan sanadan yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish masalasi hal etilgan sanadan kechikmay topshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasi tomonidan talabnoma beruvchiga uning talabnomani chaqirib olish toʻgʻrisidagi arizasi qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran talabnoma chaqirib olingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Chaqirib olingan talabnoma boʻyicha yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi (xususan, bunday talabnoma ekspertizasi oʻtkazilmaydi, tovar kelib chiqqan joy nomi va undan foydalanish huquqi roʻyxatga olinmaydi va/yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi taqdim etilmaydi). Boshqa talabnomalarning ekspertizasini oʻtkazishda chaqirib olingan talabnoma eʼtiborga olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Talabnomani koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Kelib tushgan talabnomani roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma hujjatlari, agar ushbu hujjatlar tarkibida kamida davlat tilida topshirilgan tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisidagi ariza mavjud boʻlsa, shuningdek talabnoma boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda patent boji toʻlangan boʻlsa, ular kelib tushgan sana koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Talabnomaga Vazirlikning uchta harfli va sakkiz xonali raqamli koddan iborat qayd raqami beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koddagi birinchi harf (J) sanoat mulki obyektining turini — tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni, keyingi ikki harf (GU) muhofaza hujjatining turini — tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnomani yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi guvohnomani bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma raqamidagi sonlar talabnoma topshirilgan yilni (katta razryaddagi toʻrtta son) va shu yilda kelib tushgan talabnomalar seriyasidagi tartib raqamini bildiradi (kichik razryadli toʻrtta son). Har bir yil seriyasidagi tartib raqam 1 (bir)dan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Roʻyxatga olingan talabnoma qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, talabnoma Vazirlikka kelib tushgandan boshlab eʼlon qilingunga qadar boʻlgan muddat davomida maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Rasmiy ekspertiza
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Qonunning 14-moddasi birinchi qismiga muvofiq rasmiy ekspertizaning oʻtkazilish muddati talabnoma Vazirlikka kelib tushgan sanadan boshlab 30 kunni tashkil qiladi. Talabnoma beruvchiga mazkur Qoidalarga muvofiq soʻrovnoma yuborilgan taqdirda, bu muddat soʻrovnomada nazarda tutilgan talab bajarilgunga qadar boʻlgan muddatga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Rasmiy ekspertizani oʻtkazish mobaynida talabnoma hujjatlarining tarkibi, hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Bunda, Davlat muassasasi tomonidan ushbu tekshirish natijalari boʻyicha talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ichida quyidagilarning mavjudligi va ularning mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabnoma beruvchining rasmiy nomi (yuridik shaxs uchun) yoki ismi, familiyasi, otasining ismi (jismoniy shaxs uchun) hamda manzilining koʻrsatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) patent vakilining (agar talabnoma u tomonidan berilgan boʻlsa) ismi, familiyasi, otasining ismi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) talabnomada roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan belgi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning turi (bunda, tovar ishlab chiqarilayotgan joy (joʻgʻrofiy obyektning chegaralari) koʻrsatiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tovarning alohida xususiyatlari tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) patent vakiliga berilgan ishonchnoma (yoki uning qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) talabnoma beruvchi koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligi va alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) xorijiy talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan mamlakatda uning tomonidan talabnoma berilgan tovar kelib chiqqan joy nomiga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) xorijiy tilda topshirilgan hujjatlarning talabnomaga ilova qilingan davlat tilidagi tarjimasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Rasmiy ekspertizani oʻtkazishda ushbu Qoidalarning 69-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarning mavjudligi hamda ushbu 69-bandning “a”, “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida sanab oʻtilgan hujjatlarning ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Talabnoma topshirilgan sana ushbu Qoidalarning 69-bandi “a”, “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida sanab oʻtilgan hujjatlar va maʼlumotlar kelib tushgan sana yoki, agar ushbu hujjatlar va maʼlumotlarning hammasi bir vaqtda taqdim etilmagan boʻlsa, oxirgi hujjat yoki maʼlumot kelib tushgan sana boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Xorijiy tilda topshirilgan talabnoma hujjatlarining davlat tilidagi tarjimasi (ushbu Qoidalarning 69-bandi “k” kichik bandi) taqdim etilmagunga qadar, talabnoma beruvchi tomonidan hujjatlar topshirilmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Agar rasmiy ekspertiza oʻtkazish jarayonida talabnoma hujjatlari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilinmasdan rasmiylashtirilganligi aniqlansa, bu holda talabnoma beruvchiga Qonunning 13-moddasi beshinchi qismiga muvofiq aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan soʻrovnoma yuboriladi va talabnoma beruvchiga soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlar va/yoki maʼlumotlarni taqdim etish taklif qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Agar talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda soʻralgan barcha maʼlumotlar va/yoki hujjatlar boʻlmasa, unga qayta soʻrovnoma yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rasmiy ekspertiza soʻroviga javob olinmagan, javob berish uchun belgilangan muddat buzilgan va bu muddat ichida uni uzaytirish haqidagi iltimosnoma taqdim etilmagan boʻlsa, talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Talabnoma materiallari belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan, shuningdek soʻralgan maʼlumotlar talabnoma beruvchi tomonidan oʻz vaqtida taqdim etilgan boʻlsa, talabnoma topshirilgan sana belgilanadi va talabnoma beruvchiga Davlat muassasasi tomonidan ushbu sanadan eʼtiboran talabnoma koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qaror yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, talabnomaning koʻrib chiqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorda talabnoma beruvchi Qonun va ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa maʼlumotlar va/yoki hujjatlarni taqdim etishiga zaruriyat boʻlishi mumkinligi haqida yozuv kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Agar rasmiy ekspertizaning takroriy soʻrovnomasiga ham talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan javobda soʻralgan maʼlumotlar va/yoki hujjatlar boʻlmasa, Davlat muassasasi tomonidan talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Talabnomani koʻrib chiqishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda bunday qarorni qabul qilish uchun asoslar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishda talabnoma berilgan belgining ekspertizasi oʻtkazilib, bunda uning Qonunning 6 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi natijalari boʻyicha Davlat muassasasi tomonidan tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yoxud avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish yoki undan foydalanish huquqini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi koʻrib chiqishga qabul qilingan talabnomalar boʻyicha rasmiy ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasini oʻtkazish davomida quyidagilar tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) talabnomaning oʻzi va unga ilova qilingan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirish tartibi ushbu Qoidalarning 5 — 25-bandlari bilan talabnoma hujjatlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi, bundan tekshiruvi rasmiy ekspertiza davomida amalga oshiriladigan talabnoma hujjatlari mustasno (ushbu Qoidalarning 70 — 73-bandlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabnoma berilgan belgining Qonunning 5 va 11-moddalarida unga nisbatan oʻrnatilgan talablarga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) talabnoma beruvchining koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va boshqa omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi va mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) agar talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, tovarni belgilash uchun tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilishi soʻralayotgan tovarga xos alohida xususiyatlar tavsifining Reyestrdagi maʼlumotlarga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida tovar kelib chiqqan joy nomiga nisbatan belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlashda quyidagilar tekshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) talabnoma berilgan belgining joʻgʻrofiy obyektning zamonaviy rasmiy nomiga yoki tarixiy nomiga muvofiqligi (ushbu Qoidalarning 5-bandini eʼtiborga olgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabnomada nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida keltirilayotgan joʻgʻrofiy obyektning chegaralari aynan oʻsha yerda joylashganligini tasdiqlaydigan maʼlumotlarning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) talabnoma topshirilgan sanada joʻgʻrofiy obyekt nomi ushbu joʻgʻrofiy obyektning tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillari bilan belgilangan alohida xususiyatlariga ega boʻlgan tovarni aniqlashtirish uchun qoʻllanadigan belgi sifatida mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) agar joʻgʻrofiy obyektning nomi avval tovarni individuallashtirish uchun qoʻllangan boʻlib, biroq talabnoma topshirilgan vaqtga kelib tovarning haqiqatdan ham kelib chiqqan joyi va alohida xususiyatlarini koʻrsatuvchi dastlabki qobiliyatini yoʻqotgan boʻlsa, bu holda u Oʻzbekistonda tayyorlanish joyi bilan bogʻliq boʻlmagan maʼlum turdagi (tur tushunchasi) tovarning belgisi sifatida umumisteʼmolga kirgan belgi deb hisoblanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tovar kelib chiqqan joy nomi va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning koʻrsatilganligi (bunda, u ishlab chiqarilgan joy (joʻgʻrofiy obyekt chegaralari) koʻrsatiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tovarning alohida xususiyatlari tavsifining mavjudligi va ularning tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Vakolatli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarning mazmuni tekshirilayotganda, ularda quyidagi maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) talabnoma beruvchining, nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilayotgan joyda ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabnomada koʻrsatilgan tovarning talabnoma beruvchi tomonidan, nomi tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnoma berilgan joy hududida ishlab chiqarilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) talabnoma beruvchi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarda talabnomada koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektning tamomila yoki asosan tabiiy sharoitlari va/yoki boshqa omillar tufayli ega boʻlgan alohida xususiyatlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Tovarning alohida xususiyatlari tavsifi vakolatli tashkilot tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatga muvofiq boʻlishi va ushbu hujjat talabnomaga Qonunning 9-moddasi uchinchi qismida koʻzda tutilgan holda ilova qilingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Talabnoma hujjatlari Qonunda oʻrnatilgan talablarga mos kelmagan hollarda, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan soʻrovnoma yuborilib, unda soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida yetishmagan yoki tuzatilgan hujjatlar va/yoki maʼlumotlarni taqdim etish taklif qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Talabnoma beruvchiga soʻrovnoma yuborish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) talabnoma berilgan belgini aniqlash zaruriyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu Qoidalarning 7, 21, va 22-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish zaruriyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovar turini aniqlash zaruriyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish soʻralayotgan tovarning ishlab chiqarilayotgan joyini aniqlash zaruriyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) talabnomada koʻrsatilgan tovarning alohida xususiyatlari tavsifini aniqlash zaruriyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ushbu Qoidalarning 80-bandi “v” kichik bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarga, xususan tovarda alohida xususiyatlar mavjudligini, ularning talabnomada koʻrsatilgan joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar va/yoki boshqa omillarga bogʻliqligini tasdiqlaydigan maʼlumotlarga aniqlik kiritish zaruriyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Ushbu Qoidalarning 85-bandida koʻrsatilgan asoslarga koʻra talabnoma beruvchiga yuborilayotgan soʻrovnomaga, shu jumladan talabnomani koʻrib chiqishda paydo boʻladigan boshqa turdagi savollar va takliflar ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi boʻyicha soʻrovnomada biron-bir savol keltirilganda u Qonun va ushbu Qoidalarga asoslangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Talabnoma berilgan belgining ekspertizasi soʻrovnomasi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar ushbu Qoidalarning 94 — 97-bandlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Agar talabnoma beruvchi soʻrovnomada soʻralgan materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomani ushbu Qoidalarda belgilangan muddatda va shartlarga rioya qilgan holda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi va bu haqda talabnoma beruvchiga xabarnoma yuboriladi. Bunda, talabnoma boʻyicha ish yuritish toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalarning 55 — 59-bandlariga asosan oʻtkazib yuborilgan muddat Davlat muassasasi tomonidan tiklansa, bu holda ish yuritish davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga muvofiqligi aniqlansa, Davlat muassasasi tomonidan tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish haqida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga muvofiqligi aniqlangan vaqtda, ushbu belgining Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi qayd mavjud boʻlsa, Davlat muassasasi tomonidan avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Agar oʻtkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgi Qonunning 5-moddasida koʻzda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan boʻlsa, bu holda Davlat muassasasi tomonidan tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Agar oʻtkazilgan ekspertiza natijasida talabnoma berilgan belgining Qonunning 5-moddasi va 6-moddasi toʻrtinchi qismida koʻzda tutilgan talablarga mos kelmasligi aniqlangan vaqtda, ushbu belgining Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi qayd mavjud boʻlsa, avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Tovar kelib chiqqan joy nomini va undan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishni yoki avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni rad etish haqidagi qarorlarda ushbu qarorlarni qabul qilishga asos boʻlgan sabablar keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Qoʻshimcha materiallarni tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Davlat muassasasining soʻrovnomasi boʻyicha talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha materiallarni tekshirishda ularni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarga rioya qilinganligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Talabnoma beruvchi tomonidan oʻz tashabbusiga koʻra yoki Davlat muassasasining soʻrovnomasi boʻyicha taqdim etilgan qoʻshimcha materiallarning talabnoma mohiyatini oʻzgartirmasligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Quyidagi hollarda qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etiladi, agar ularda, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tasdiqlovchi hujjatlarga koʻra ushbu tovar ega boʻlmagan xususiyatlar koʻrsatilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabnoma berilgan belgi tovar kelib chiqqan joy nomi uchun moʻljallangan tovarning nomini oʻz ichiga olganda, boshqa tovar (tovarlar) koʻrsatilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) talabnoma berilgan belgi oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tovarlar roʻyxati kengaytirilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Qoʻshimcha materiallar talabnoma mohiyatini oʻzgartiradi deb eʼtirof etilganda, talabnoma beruvchiga ekspertizaning shunday xulosa chiqarishi uchun qoʻshimcha materiallarga kiritilgan qaysi maʼlumotlar asos boʻlganligi maʼlum qilinadi. Bunda, boshqa maʼlumotlar ekspertiza oʻtkazishda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga

Kelib tushgan sana

Kirish raqami

Davlat roʻyxatiga olish raqami

Oʻzbekiston Respublikasida tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun

TALABNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: ______, E-mail: ______.

ARIZA

Talabnomani va quyida keltirilgan hujjatlarni taqdim etar ekanman, talabnomada koʻrsatilgan belgini tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida va undan foydalanish huquqini roʻyxatga olishingizni soʻrayman.

Talabnoma beruvchi ___________________________________________

(yuridik shaxsning rasmiy nomi va jismoniy shaxsning F.I.O. koʻrsatiladi)

Talabnoma beruvchining pochta manzili __________________________

Telefon: _________

Faks: ____________

E-mail: ___________

Tashkilotning KTUT kodi (agar u belgilangan boʻlsa)

____________________________

BIMTning ST3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa)

____________________________

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, F.I.O. /nomlanishi) ________________________

Telefon: ___________ Faks: ______________ E-mail: ____________

Patent vakilining F.I.O.: ____________________________________________________________________

Patent vakilining manzili (pochta manzili) ____________________________________________________

Telefon: ___________Faks: ______________ E-mail: _______________

Talabnoma berilayotgan belgi (bosh harflar bilan yoziladi) ________________________________________

Tovarning turi yoki muayyan tovar ______________________________________________________________

Tovarning asosiy xususiyatlarining tavsifi ____________________________________________________

Ishlab chiqarilgan joyi (joʻgʻrofiy obyektning chegaralari koʻrsatilgan holda) _______________________

Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati

varaqlar soni

󠄀 patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat (chet el yuridik va jismoniy shaxslari uchun)

󠄀 vakolatli tashkilotning tasdiqlovchi hujjati

󠄀 ilova qilinayotgan hujjatlarning davlat tilidagi tarjimasi

󠄀 patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma

󠄀 boshqa hujjatlar

Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi: _______________________________________________

Imzo qoʻyilgan sana: __________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kelib tushgan sana

Kirish raqami

Davlat roʻyxatiga olish raqami

Oʻzbekiston Respublikasida avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun

TALABNOMA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: _____________,
E-mail: ____________.

ARIZA

Talabnomani va quyida keltirilgan hujjatlarni taqdim etar ekanman, Oʻzbekiston Respublikasida avval roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishingizni soʻrayman.

Talabnoma beruvchi _______________________________

(yuridik shaxsning rasmiy nomi va jismoniy shaxsning F.I.O. koʻrsatiladi)

Talabnoma beruvchining pochta manzili _____________

Telefon: _________

Faks: ____________

E-mail: ___________

Tashkilotning KTUT kodi (agar u belgilangan boʻlsa) _______________

BIMTning ST3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) ______________

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, F.I.O. /nomlanishi) ________________________

Telefon: ___________ Faks: ______________ E-mail: ____________

Patent vakilining F.I.O.: __________________________________

Patent vakilining manzili (pochta manzili) ____________________________________________________

Telefon: ___________ Faks: ______________ E-mail: _______________

Talabnoma berilayotgan belgi (bosh harflar bilan yoziladi) _______________________________________

Tovarning asosiy xususiyatlarining tavsifi ___________________________________________________

Ishlab chiqarilgan joyi (joʻgʻrofiy obyekt chegaralari koʻrsatilgan holda) __________________________

Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati

varaqlar soni

󠄀 patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat (chyet el yuridik va jismoniy shaxslari uchun)

󠄀 vakolatli tashkilotning tasdiqlovchi hujjati

󠄀 ilova qilinayotgan hujjatlarning davlat tilidagi tarjimasi

󠄀 patent vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma

󠄀 boshqa hujjatlar

Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi:
_______________________________________________

Imzo qoʻyilgan sana: __________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan sana va kirish raqami

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Talabnoma beruvchining nomlanishi va (yoki) manziliga oʻzgartirish(lar) kiritish toʻgʻrisidagi

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: ______, E-mail: ___________

Ushbu arizani taqdim etar ekanman, talabnoma hujjatlarida talabnoma beruvchining nomi va (yoki) manziliga oʻzgartirish(lar) kiritishingizni soʻrayman.

Talabnoma raqami _____________

Talabnoma topshirilgan sana _____________

Talabnoma beruvchi _____________

Patent vakilining F.I.O.: __________________________________

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, F.I.O. /nomlanishi) ________________________

Telefon: ___________ Faks: ______________ E-mail: ____________

Patent vakilining manzili (pochta manzili) ____________________________________________________

Telefon: ___________ Faks: ______________ E-mail: _______________

Oʻzgartirish(lar).

Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:

Oʻzgartirilgan holdagi maʼlumotlar:

davomi alohida varaqda

Arizaga ilova qilinayotgan hujjat(lar):

varaqlar soni

󠄀󠄀 patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat

(chet el yuridik va jismoniy shaxslari uchun)

 davom ettirish uchun varaqlar

 boshqa hujjatlar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan sana va kirish raqami

Kirish raqami

(Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

Xatolarni tuzatish toʻgʻrisidagi

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi (pochta aloqasi),

Tel.: ______, E-mail: ___________.

Ushbu arizamni taqdim etar ekanman, talabnoma hujjatlarida uchraydigan xato(lar)ga tuzatish(lar) kiritishingizni soʻrayman

Talabnoma raqami _____________

Talabnoma topshirilgan sana _____________

Talabnoma beruvchi _____________

Patent vakilining F.I.O.: __________________________________

Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining pochta manzili, F.I.O. / nomlanishi) ________________________

Telefon: ___________ Faks: ______________ E-mail: ____________

Patent vakilining manzili (pochta manzili) ____________________________________________________

Telefon: ___________ Faks: ______________ E-mail: _______________

Xato(lar) va tuzatish(lar)

Tuzatish kerak boʻlgan maʼlumotlar:

Tuzatilgan holdagi maʼlumotlar:

Alohida varaqdagi ilovaga qarang

Arizaga ilova(lar):

Varaqlar soni

 davom ettirish uchun varaqlar

 boshqa hujjatlar

Talabnoma beruvchi yoki patent vakilining imzosi:

_______________________________________________

Imzo qoʻyilgan sana: __________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 21-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002-yil 11-oktabrdagi 52-son “Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1185, 2002-yil 1-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2007-yil 17-oktabrdagi 72-son “Tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishni roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1185-1, 2007-yil 13-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 46-47-son, 474-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 27-son “Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1185-2, 2011-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 431-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 10/23/3482/0925-son)