30.11.2023 yildagi PQ-382-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va suv resurslarini samarali boshqarish, elektr energiyasi sarfini maqbullashtirish, shuningdek, “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasi samaradorligini yanada oshirish orqali Qashqadaryo viloyatining sugʻoriladigan yerlarini suv bilan kafolatli taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasi (kelgusi oʻrinlarda — Loyiha) doirasida qiymati 70,7 mln AQSh dollariga teng boʻlgan ishlar amalga oshirilayotganligi hamda oʻtkazilgan tender natijalariga koʻra 34,6 mln AQSh dollari, shundan Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasining 19,82 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 14,78 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlari iqtisod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Loyiha doirasida iqtisod qilingan 34,6 mln AQSh dollari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha 9 ta nasos agregatlarini modernizatsiya qilish, turli rusumdagi 7 ta maxsus texnikalarni hamda 4 ta zemsnaryadlarni xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) 2024-yil 1-aprelga qadar Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov) hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nasos stansiyalari orqali chiqarilayotgan suv erga singib ketishining oldini olish va elektr energiyasi resurslaridan samarali foydalanish maqsadida nasos stansiyalariga biriktirilgan kanallarning texnik nosoz qismlarini betonlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatida pilot loyihasi sifatida Qamashi va Koson tumanlaridagi nasos stansiyalariga biriktirilgan MK-2, Zafarobod va Qoʻngʻirtogʻ kanallarining 26 km qismini betonlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 2024-yilda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va 2025-yildan boshlab qurilish ishlarini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy va mahalliy mutaxassislarning Turkmanistonga kirish vizalarini rasmiylashtirish boʻyicha Suv xoʻjaligi vazirligining murojaati Turkmaniston tarafiga belgilangan tartibda yetkazilishida koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosi uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-382-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ-382-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishda birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2977-son qarori 1-bandining “v” kichik bandidagi “2023” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-fevraldagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (III faza)” loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4170-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi” va “Moliya vazirligi” soʻzlari tegishincha “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi” va “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligiga” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 07/23/382/0915-son)