10.10.2023 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida Qoʻshma deklaratsiya
Kuchga kirish sanasi
10.10.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma Deklaratsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida kengaytirilgan hamkorlikni oʻrnatish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan davlat reyestrida 2023-yil 14-noyabrda 4532-FR-2023-H tartib raqami bilan roʻyxatga olindi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Chexiya Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻttiz yildan ortiq vaqt mobaynida rivojlangan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni katta mamnuniyat bilan qayd etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida belgilangan tamoyillarga, shuningdek, demokratiya, qonun ustuvorligi, inson huquqlari va asosiy erkinliklari qadriyatlariga qatʼiy sodiqligini tasdiqlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro tinchlik, farovonlik va barqaror rivojlanishga hissa qoʻshishda oʻz roli va masʼuliyatini anglab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy muloqotni davom ettirish va ikki tomonlama savdo va investitsiyalarni chuqurlashtirish, shuningdek, oʻzaro manfaatdor boʻlgan turli sohalarda odamlar oʻrtasidagi almashinuv va sohaviy hamkorlik salohiyatini rivojlantirish va ragʻbatlantirishni qoʻllab-quvvatlash muhimligini alohida eʼtirof etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 21-iyunda Florensiya shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan, Yevropa Hamjamiyatlari va ularga aʼzo-davlatlar, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilik taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim doirasida erishilgan yuqori natijalarni inobatga olib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaror qilib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirilgan hamkorlik darajasiga koʻtarishga kelishib oldilar va quyidagilarni eʼlon qildilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Siyosiy va xavfsizlik sohasida hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomonlar Kengaytirilgan hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan siyosiy muloqotni faollashtiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ikkala Tomon ham yuqori darajalarda, xususan, Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida oʻzaro manfaatli masalalar boʻyicha ikki tomonlama almashuvlar va maslahatlashuvlarni yanada muntazam oʻtkazishga harakat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tomonlar muloqotning ahamiyati va rolini qayd etib, ikki mamlakat delegatsiyalarining oʻzaro tashriflarini faollashtirishga, shuningdek, ikki tomonlama parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirishga tayyor ekanliklarini bildiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan Chexiya Respublikasi Mudofaa vazirligi oʻrtasida 2018-yil 21-mayda Toshkent shahrida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga asoslanib, mudofaa sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istagini bildiradilar. Ular, shuningdek, hukumatlar oʻrtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini, jumladan, mudofaa sanoati kooperatsiyasi sohasidagi imkoniyatlarni oʻrganadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tomonlar amaldagi ikki tomonlama shartnoma bazasi yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazishni va uni kelgusida rivojlantirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish istagini bildiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tomonlar oʻzaro manfaatli savdo va sarmoyalarni barqaror oshirish va rivojlantirishga koʻmaklashishda hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har ikki Tomon ham oʻz vakolatxonalari oʻrtasida savdo va sarmoya, oʻzaro manfaatli aloqador sohalar, ishbilarmonlik hamkorlik, makroiqtisodiy siyosat va tendensiyalar boʻyicha muloqotni kengaytirish istagini bildiradilar. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2004-yil 28-iyunda Toshkentda imzolangan iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq tashkil etilgan Iqtisodiy, sanoat, ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Chexiya qoʻshma hukumatlararo komissiyasi alohida rol oʻynaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tomonlar Oʻzbekistondan Yevropa Ittifoqiga eksport qilish imkoniyatini beruvchi GSP+ imtiyozli tizimining ahamiyatini eʼtirof etgan holda oʻzaro savdo hajmini oshirish va koʻlamini kengaytirish istagini bildiradilar. Tomonlar, shuningdek, Chexiya Respublikasidan Oʻzbekistonga asbob-uskunalar va ilgʻor texnologiyalar yetkazib berish hajmini yanada oshirish uchun shart-sharoit yaratish istagini bildiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ikkala Tomon ham tegishli vazirliklar va ularning idoralari oʻrtasida savdo, sarmoya yoki turizmni rivojlantirishga xizmat qiluvchi aloqalar va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga hissa qoʻshadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ikkala Tomon ham bir-birining hududlariga, jumladan, infratuzilma, energetika (xususan, qayta tiklanuvchi manbalar) va qishloq xoʻjaligi sohalariga sarmoya kiritishni yanada ragʻbatlantiradilar va osonlashtiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ikkala Tomon ham kichik va oʻrta biznesga alohida eʼtibor qaratgan holda, qoʻshma korxonalarni rivojlantirishga koʻmaklashish va turli sohalardagi tadbirkorlar oʻrtasidagi aloqalarni oshirishni davom ettiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tomonlar, jumladan, togʻ-kon sanoati va xomashyoni qayta ishlash, energetika, sanoat kooperatsiyasi, transport va qishloq xoʻjaligi sohalarida sheriklik va hamkorlik boʻyicha muntazam muloqot oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ikkala Tomon ham toza va ekologik barqaror texnologiyalarni ishlab chiqarish, uzatish va tarqatishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Energetika sektorining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun strategik ahamiyatini eʼtirof etgan holda, Tomonlar anʼanaviy va qayta tiklanuvchi energiya hamda energiya samaradorligi sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istagini bildiradilar. Oʻzbekiston tomoni Chexiya energetika kompaniyalarini elektr stansiyalari qurilishi loyihalarida, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida ishtirok etishga taklif qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ikkala Tomon ham Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiq standartlashtirish, metrologiya va sinov sohalarida hamkorlikni davom ettiradilar va kengaytiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ikkala Tomon ham asosiy eʼtiborni tegishli institutlarning bevosita hamkorligiga qaratgan holda fan, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar sohalarida hamkorlik faoliyatini, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Chexiya Respublikasi Texnologiyalar agentligi va Fanni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali ragʻbatlantiradilar, rivojlantiradilar va koʻmaklashadilar. Tomonlar, shuningdek, kompaniyalar va universitetlar oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish orqali sanoat innovatsiyalari, texnologiyalar, nou-xau yoki tajriba almashish sohasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ikkala Tomon ham tibbiy asboblar sektori va sogʻliqni saqlashning boshqa sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlariga eʼtibor qaratadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tomonlar oʻzaro aloqalarni, shu jumladan transport infratuzilmasi tarmoqlari, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar, logistika provayderlari va transport operatorlari sohalarida aloqalarni kengaytirishga tayyorliklarini bildiradilar va hamkorlik qiladilar uchun, ayniqsa, mavjud ikki tomonlama bitimlar asosida katta salohiyat mavjudligini eʼtirof etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tomonlar, shuningdek, charm, ipak mahsulotlari va sanoat kanopi mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha loyiha va shartnomalarni ragʻbatlantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tomonlar qoramol va mayda shoxli mollarni koʻpaytirish, shuningdek, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istagini bildiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Chexiya tomoni Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlish jarayoniga har tomonlama yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirdi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida Kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim imzolanishini qoʻllab-quvvatladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniy, taʼlim va turizm sohasidagi hamkorlik va fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Har ikki Tomon madaniy hamkorlikni va oʻz madaniyatlari boʻyicha oʻzaro tushunishni oshirish maqsadida ular oʻrtasida odamlar oʻrtasidagi almashinuvni rivojlantirishga yordam beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Har ikki Tomon ikki tomonlama, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamkorligi doirasida oʻrnatilgan tegishli asoslar va vositalardan foydalangan holda tadqiqotchilar va talabalarning harakatchanligini taʼminlash yoʻllarini izlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tomonlar taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan siyosat boʻyicha shu jumladan, kasbiy va texnik taʼlim sohasida tajriba va koʻnikmalar almashish istagini bildiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Iqtisodiy manfaatlar, doʻstlik va oʻzaro hamjihatlikni taʼminlashda turizmning muhim rolini taʼkidlagan holda, ikkala Tomon turizm sohasidagi hamkorlikni, jumladan, Chexiya Respublikasining ilgʻor texnologiyalari va ilgʻor tajribasini jalb etishni, turizm taʼlimi, ikki davlatning yirik shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish va turizm biznesi hamkorligini kengaytirishni mustahkamlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ikkala Tomon madaniy va ijodiy sohalarda, jumladan kino, animatsiya, musiqa, musiqa asboblari ishlab chiqarish yoki koʻrgazmalar tashkil etishda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni amalga oshirish istagini bildiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ikkala Tomon ham oʻzbek va chex arxeologlari oʻrtasidagi 20 yillik hamkorlikni rivojlantirishda davom etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ikkala Tomon ikki mamlakatning yosh avlodlari oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirish maqsadida yoshlar sohasida mumkin boʻlgan hamkorlik masalalarini muhokama qilishdan manfaatdorligini bildiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqaviy va global hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ikkala Tomon ham Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlikka faol hissa qoʻshishda davom etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti kabi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar va boshqa koʻp tomonlama mexanizmlar doirasida, jumladan, inson huquqlari va qonun ustuvorligi sohasida hamkorlik va fikr almashishni kuchaytirish istagini bildiradilar va xalqaro tashkilotlarga bir-birlarining nomzodlarini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tomonlar suv resurslarini boshqarish va iqlim oʻzgarishi kabi global muammolar boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga tayyorliklarini bildiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Tomonlar har bir aniq sohada hamkorlik shakllari va yoʻnalishlarini kelgusida ishlab chiqadilar. Mazkur Deklaratsiyani amalga oshirishni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi muvofiqlashtiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Qoʻshma deklaratsiya xalqaro shartnoma hisoblanmaydi va xalqaro huquqqa muvofiq huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Praga shahrida 2023-yil 10-oktabrda ingliz tilida qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)