03.11.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3420-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 03.11.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3420-1
Kuchga kirish sanasi
06.11.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3420-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-son qarori (roʻyxat raqami 3420, 2023-yil 8-fevral) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2023-y., 10/23/3420/0081-son) bilan tasdiqlangan Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 25-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36/7-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-oktabrdagi 36/7-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi “yoki boshqa bankda” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlarning Markaziy bankda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar — “Milliy kliring markazi” AJ va “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 16-bandning birinchi hamda sakkizinchi xatboshilaridagi “tashkiliy savdolarda aksiyalarni” degan soʻzlar “uyushgan savdolarda aksiya va korporativ obligatsiyalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“23. Bank tomonidan Markaziy bank yoki boshqa bankda, shuningdek vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan Markaziy bankda vakillik hisobvaragʻi ochilayotganda, ular oʻrtasida oʻzaro vakillik munosabatlari toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 24-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“24. Bank tomonidan Markaziy bankda yoki boshqa bankda, shuningdek vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan Markaziy bankda milliy va chet el valyutasida vakillik hisobvaragʻi ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning yoki vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotning barcha rekvizitlari koʻrsatilgan holda vakillik hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisida ariza;”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“47. Banklarning yoki vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlarning vakillik hisobvaraqlari ularning vakillik munosabatlarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra, shuningdek banklar yoki vakillik hisobvaragʻi ochish vakolatiga ega boʻlgan tashkilotlarni tugatish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari asosida yopiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 10/23/3420-1/0829-son)