Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Turkiy investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimni (Anqara, 2023-yil 16-mart) ratifikatsiya qilish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 10-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 28-oktabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2023-yil 28-oktabrda maʼqullangan
1-modda. Turkiy investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitim (Anqara, 2023-yil 16-mart) ratifikatsiya qilinsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining Turkiy investitsiya jamgʻarmasidagi ulushini Turkiy investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimda (Anqara, 2023-yil 16-mart) nazarda tutilgan muddatlarda shakllantirish, shu jumladan uning boshlangʻich kapitalidagi 2 000 ta aksiyaga obuna boʻlish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbai ekanligi belgilansin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Turkiy investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitimning (Anqara, 2023-yil 16-mart) bajarilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha buyurtmanomalar taqdim etib borsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Turkiy investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitim (Anqara, 2023-yil 16-mart) boʻyicha depozitariy funksiyasini bajarishi belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-noyabr,
OʻRQ-875-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2023-y., 03/23/875/0821-son)