O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoniga o‘zgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimizda madaniyat va san’atni rivojlantirish hamda soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatining natijadorligini yanada oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doyr birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmonining 1-ilovasida “16. Madaniyat vazirligi” bo‘limida “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “3” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmondan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-oktabr,
PF-182-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 06/23/182/0817-son)