30.10.2023 yildagi O‘RQ-873-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 4-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 30-sentabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimiz xavfsizligini va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, zamonaviy qurollangan va qudratli armiyani shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimining harbiy xizmatchilari va xodimlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga harbiy sohadagi davlat dasturlarining amalga oshirilishini o‘z vaqtida va samarali tashkil etish, harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish hollarining barvaqt oldini olish, shuningdek ushbu sohadagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qonun bilan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan harbiy prokuratura organlarining nazorati kuchaytirilishini, shuningdek harbiy prokuratura organlariga xodimlarni harbiy xizmatga qabul qilish va undan bo‘shatish tartibi hamda ularga harbiy unvonlar berish tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha harbiy prokuratura organlarining chinakam mustaqil faoliyati uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi, huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan, shu jumladan budjet mablag‘larini va davlat mulkini talon-toroj qilish hollarining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 5, 466-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 11-moddaning matni “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 13-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“prokuratura organlari xodimlariga darajali unvonlar (harbiy unvonlar) beradi va oliy darajali unvonlar (harbiy unvonlar) berish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tegishincha tumanlar, shaharlar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan va ularni ijro etish maqsadida o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar, farmoyishlar chiqaradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi qismidagi “prokurorning ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yordamchisi, katta prokuror-kriminalist” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalariga va O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasiga tegishli prokurorlar boshchilik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori boshchilik qiladi. Mazkur prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadi va uning oldida hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari tegishincha tumanlar, shaharlar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan va ularni ijro etish maqsadida o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar, farmoyishlar chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda boshqarmalar hamda bo‘limlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarmalar va bo‘limlarning boshliqlari, prokurorlarning katta yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining yordamchilari, boshqarmalar va bo‘limlarning katta prokurorlari hamda prokurorlari, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar, katta tergovchilar hamda tergovchilar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 17-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan o‘rinbosarlari bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish o‘rganuvchilari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 43-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek tumanlar, shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 45-modda birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining, tumanlar, shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning faoliyati tegishli yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan ularning vakolatlari muddati ichida kamida ikki marta kompleks o‘rganib chiqiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 48-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash, prokuratura organlari va muassasalarining xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu Qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 54-moddaning matnidagi “markazlashtirilgan tartibda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 30-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-873-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)