05.10.2023 yildagi PQ-327-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini, quvvati 100 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish (Kungrad Wind 3)” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “ACWA Power Company (Saudi Listed Joint Stock Company)” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi tomonidan (keyingi o‘rinlarda — Investor) “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini, quvvati 100 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish (Kungrad Wind 3)” investitsiya loyihasi (keyingi o‘rinlarda — investitsiya loyihasi) doirasida O‘zbekiston Respublikasida “ACWA Power Kungrad Wind 3” MCHJ XK (keyingi o‘rinlarda — Loyiha kompaniyasi) ta’sis etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida 2023-yil 6-yanvarda investitsiya shartnomasi imzolanganligi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiya shartnomasi) hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 100 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi hamda ekspluatatsiya qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash bo‘yicha jami 667 mln AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida 2022-yil 23-dekabrda Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim (keyingi o‘rinlarda — Bitim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijasida imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida 18 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasi doirasida shamol elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmog‘iga ulash uchun havo elektr uzatish tarmoqlari Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ishga tushirilgandan so‘ng ularni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshirish majburiyatini olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilgan havo elektr uzatish tarmoqlari uchun sarflangan xarajatlar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 10 yil davomida oylik to‘lovlar asosida qoplanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasi doirasida quvvati 100 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi Loyiha kompaniyasi tomonidan qurilishi hamda ishga tushirilgandan so‘ng uning ish rejimini Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUKning dispetcherlik boshqaruvi bilan muvofiqlashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshirishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Investitsiya shartnomasi va Bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida elektr energiyasining sotib olinishi va elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganlik uchun to‘lovlar chet el valyutasida denominatsiyalangan qat’iy tarif bo‘yicha amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Loyiha kompaniyasi tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Loyiha kompaniyasi va Investor huquqini investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazish haqida bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni majburiy ekspertiza o‘tkazmagan holda tanlab olishga hamda ular bilan shartnomalar tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining ta’minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el bankining chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan chet el banki oldidagi to‘lov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki yoki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, mazkur bank bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi ushbu bank xarajatlarini qoplash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga barcha soliqlar va yig‘imlar to‘langan holda, investitsiya loyihasini moliyalashtirish doirasida quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit olish, chet el valyutasida pul mablag‘lari olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga to‘lovlarni O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiya loyihasi doirasida shamol elektr stansiyasini qurish bilan bog‘liq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Bitim qoidalariga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinishi belgilab qo‘yilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani hududida ajratiladigan, Investitsiya shartnomasi va Bitimda ko‘rsatilgan shartlarga mos keladigan hamda Loyiha kompaniyasi tomonidan loyihalashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng taqdim etiladigan loyiha hujjatlari asosida yer uchastkasini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Loyiha kompaniyasi tomonidan loyihalashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng taqdim etiladigan loyiha hujjatlari asosida yer uchastkasining hamda shamol elektr stansiyasi faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish tarmoqlari, elektr infratuzilmasi qurilmalari hamda elektr energiyasini saqlash tizimini qurish uchun zarur bo‘lgan yer maydonlari egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib, ularning Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan ajratiladigan yer uchastkasi investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga ijaraga berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika vazirligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanganlik (toifasi o‘zgartirilganligi) uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rnini qoplashdan (kompensatsiya to‘lovlaridan) ozod qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha kompaniyasi tomonidan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdori yer solig‘i miqdoriga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Loyiha kompaniyasining buyurtmanomasiga binoan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarining, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan pudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislari hamda ularning oila a’zolariga ko‘p martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va uning muddati uzaytirilishini;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi investitsiya loyihasi amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya shartnomasi va Bitim doirasidagi majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Adliya vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya shartnomasi hamda uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan o‘tkazilishini va investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 5-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-327-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2023-y., 07/23/327/0754-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)