04.10.2023 yildagi O‘RQ-870-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.10.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sogʻliqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirishga qaratilgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 14-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 24-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish doirasida aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida talay ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning natijalari, sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlarining, birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarining faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikning xabardorligini oshirish, shuningdek mazkur organlar va muassasalar faoliyatining ochiqligini taʼminlash zarurati yuzaga kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu tufayli mazkur Qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga fuqarolar yigʻinlari tomonidan tegishincha aholi biriktirilgan tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining sogʻliqni saqlashning holati hamda fuqarolar sogʻligʻiga taʼsir etuvchi omillar, shu jumladan tegishli hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishni nazarda tutuvchi oʻzgartish kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun sogʻliqni saqlash organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashga, shuningdek tibbiy xizmat koʻrsatishning holati toʻgʻrisida aholining xabardorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 3, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 24-modda birinchi qismining oʻn yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tegishincha sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) VI bob quyidagi mazmundagi 255-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“255-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sogʻliqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari boʻyicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sogʻliqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 22-aprelda qabul qilingan OʻRQ-350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 96-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 9, 588, 591-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova, № 12, 1194-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda) 11-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tegishincha aholi biriktirilgan tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining profilaktika koʻriklarini hamda skrining dasturlarini amalga oshirish, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish holati, ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarning hamda atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan kasalliklarning tarqalishi, fuqarolar sogʻligʻiga taʼsir etuvchi omillar, shu jumladan tegishli hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi axborotini eshitadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-870-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2023-y., 03/23/870/0753-son)