Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Ichki suzish kemalari tomonidan ifloslantirishning oldini olish qoidalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 966-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 167-son “Daryo transportida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi tomonidan 2000-yil 18-avgustda 01/716-son bilan tasdiqlangan Ichki suzish kemalari tomonidan ifloslantirishning oldini olish qoidalari (roʻyxat raqami 966, 2000-yil 8-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 17-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-sentabr,
24-son
Kelishildi:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2023-yil 17-avgust
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2023-y., 10/23/966-1/0733-son)