26.09.2023 yildagi PF-161-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-189-son Farmoniga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitar tozalash korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sohada uzoq muddatli investitsiya loyihalari amalga oshirilishini rag‘batlantirish maqsadida qonunchilikda bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda aholiga sifatli sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari yoqilg‘i xarajatlarini tejash maqsadida gaz ballonlari bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalanib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ekologik xavfsiz yoqilg‘i turlarida harakatlanuvchi transport vositalarini respublika hududiga olib kirishda imtiyozlarning mavjud emasligi ulardan foydalanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun moliyaviy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, aholiga sifatli sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-189-son Farmonining 2-bandi quyidagi mazmundagi “v1” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v1) 2024-yil 1-yanvarga qadar yangi yuk tashuvchi transport vositalarini (chiqindi tashish mashinalari va samosvallar) (TIF TN kodi 8704 32 9209) import qilishda bojxona boji stavkasi 5 foiz miqdorida o‘rnatilsin va ular utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 26-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-161-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2023-y., 06/23/161/0728-son)