28.08.2023 yildagi 3465-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 28.08.2023 yildagi 3465-IV-son
Kuchga kirish sanasi
28.08.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2023-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda olib borilayotgan shiddatli islohotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, uning qoʻmitalari faoliyati samaradorligini yanada oshirishni, deputatlarning xalq bilan doimiy muloqotini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarishni, quyi palataning qonun ijodkorligiga, parlament nazoratiga doir faoliyatini kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari oldiga yangidan-yangi vazifalarni qoʻymoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan nazorat-tahlil tadbirlarini va ularning yakunlariga bagʻishlangan muhokamalarni asosan joylarda tashkil etish, hududlardagi tizimli muammolarni faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda oʻrganib borish, ularni mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda joyida hal etishga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2023-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalari (bundan buyon matnda Ish rejalari deb yuritiladi) 1 — 12-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ish rejalarida nazarda tutilgan vazifa va tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari raislari va Devoni rahbari masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni Qoʻmitalar huzuridagi kotibiyatlar Ish rejalarining ijrosi yuzasidan har oyning 25 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimiga axborot taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish rejalarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishi holatini oʻz yigʻilishlarida har oyda kamida bir marotaba muhokama qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlar xususida tegishli vazirlik va idoralarni xabardor qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ish rejalarida nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 4-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2023-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 3421-IV-sonli Qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3465-IV-son