28.08.2023 yildagi 3464-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 28.08.2023 yildagi 3464-IV-son
Kuchga kirish sanasi
28.08.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi KEngashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda bu borada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish lozimligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning organlari tomonidan nazorat-tahlil tadbirlarini va ularning yakunlariga bagʻishlangan muhokamalarni asosan hududlarda tashkil etish, joylardagi tizimli muammolarni doimiy ravishda oʻrganib borish, ularni mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda joyida hal etishga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi va parlament nazoratiga doir faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi (J. Jumayev) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarida belgilangan vazifalarning bajarilishi holati yuzasidan har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridagi vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarida nazarda tutilgan vazifalar bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 10-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 3344-IV-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 7, 606-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3464-IV-son