11.09.2023 yildagi 461-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.09.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Seleksiya yutuqlari sinovlarini oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 29-dekabrdagi 369-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda intellektual mulk obyektlarini yaratish va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, intellektual mulkni roʻyxatga olish tizimini soddalashtirish hamda bu orqali ilm-fan va ishlab chiqarishni oʻzaro bogʻlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, intellektual faoliyat natijalarini huquqiy muhofaza qilish boʻyicha tartib-taomillarni yengillashtirish, bunda aholiga xizmat koʻrsatuvchi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yoʻnalishlarini aniq belgilash hamda ularni moddiy jihatdan taʼminlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Seleksiya yutuqlari sinovlarini oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 29-dekabrdagi 369-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patentga layoqatlilik ekspertizasini oʻtkazish bilan bogʻliq qonunchilikdagi ayrim tushunchalarni bir-biriga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seleksiya yutuqlarini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomalar boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan patentga layoqatlilik ekspertizasi oʻtkazilishini moliyaviy jihatdan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 15 kun muddatda seleksiya yutuqlarini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomalar boʻyicha oʻtkazilgan patentga layoqatlilik ekspertizasi yuzasidan ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga tegishli mablagʻlar mazkur qaror talablariga muvofiq qoplab berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Dj. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 11-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
461-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 461-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Seleksiya yutuqlari sinovlarini oʻtkazishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 29-dekabrdagi 369-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik ekspertizasi, shu jumladan, sinovlarning quyidagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Belgilab qoʻyilsinki, hayvonlarning yangi zotlari boʻyicha talabnomada koʻrsatilgan seleksiya yutugʻining patentga layoqatlilik ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan hayvonlarning yangi zotlari yaratilgan tashkilotlar — chorva naslchiligi subyektlarida oʻtkaziladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31. Seleksiya yutuqlariga doir talabnomalar boʻyicha patentga layoqatlilik ekspertizasini oʻtkazish uchun toʻlangan davlat bojining (patent bojining) seleksiya yutuqlarini roʻyxatga oluvchi davlat organiga tegishli qismi ushbu ekspertizani oʻtkazgan ixtisoslashtirilgan tashkilotga toʻliq oʻtkaziladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2023-y., 09/23/461/0696-son)