Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2023 15.07.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1496
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining qarori, 15.07.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1496
Kuchga kirish sanasi
25.07.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2023
Hujjat 25.07.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA KAM BAHOLI VA TEZ ESKIRUVChI BUYuMLARNING BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANING TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 15-iyulda 1496-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3428, 20.04.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror kuchga kirishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yil 30-apreldagi 8/1-sonli qarori va 2002-yil 12-oktabrdagi 520-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (2003-yil 14-yanvar, roʻyxat raqami 1200) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 11-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13/5-son

Markaziy bank Boshqaruvining
2005-yil 11-iyundagi 13/5-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
(yangi tahrirda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning (keyingi matnda KBTEB) hisobini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Banklar KBTEB buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha talablarni amalda qoʻllash uchun mazkur Yoʻriqnoma asosida oʻzlarining ichki tartiblarini ishlab chiqishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Yoʻriqnoma maqsadlarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar (KBTEB) — bu bank faoliyatida foydalaniladigan va quyidagi mezonlardan birortasiga javob bera oladigan moddiy aktivlardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xizmat muddati bir yildan ortiq boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xizmat muddatidan qatʼiy nazar, bir donasi (komplekti) narxi Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan (sotib olish vaqtidagi) eng kam ish haqining ellik baravarigacha qiymatga ega boʻlgan buyumlardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank rahbari buyumlarning KBTEB tarkibidagi hisobini olib borish uchun hisobot yiliga buyumlar qiymatining quyi chegarasini oʻrnatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat qilish muddati va qiymatidan qatʼiy nazar, KBTEB tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) maxsus asboblar va moslamalar (ayrim buyumlarni turkum va yalpi ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun moʻljallangan maqsadli asboblar va moslamalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) maxsus va sanitar kiyimlar, maxsus poyabzallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yotoq jihozlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) oshxona va ovqatlanish xonasi inventarlari, shuningdek ovqatlanish xonasi choyshablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qurilish-taʼmirlash ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik qurilma va moslamalar (titulsiz inshootlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) foydalanish muddati bir yildan kam boʻlgan almashish asbob-uskunalari va boshqa buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haqiqatdagi qiymat — KBTEB ni sotib olish, qayta ishlash va uni hozirgi joyi hamda holatiga keltirish uchun amalga oshirilgan boshqa jami xarajatlar summasidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haqqoniy qiymat — oʻzaro aloqador boʻlmagan va umumiy shartlarda bitimni amalga oshirishni xohlovchi boxabar tomonlar oʻrtasida aktivni almashtirish yoki majburiyatni qoplash uchun kelishilgan summa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sof sotish qiymati — oddiy ish faoliyati davomidagi bitim tuzish va sotishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va hisoblangan xarajatlar chegirib tashlangan sotish bahosidir. Sof sotish qiymati bank tomonidan oddiy hollarda KBTEB ni sotishdan olishi kutilayotgan sof summani anglatadi. KBTEBning sof sotish qiymati haqqoniy qiymatdan sotish xarajatlari ayirib tashlangan qiymatidan farq qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni sotib olish hisobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. KBTEB qiymatini oldindan toʻlab berish bilan sotib olish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) KBTEB ni oldindan toʻliq yoki qisman toʻlanishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar”

Kt — Bankning vakillik hisobvaragʻi yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi (agar mol yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga shu bankda xizmat koʻrsatilsa)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) KBTEB omborxonaga sotib olinganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida kirim qilinib, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar”

4. Agar toʻlov KBTEB kelib tushgandan keyin amalga oshirilsa, quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) KBTEB kelib tushganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar”

2) KBTEB qiymati toʻlanganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt — “Bank vakillik hisobvaragʻi yoki mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi” (agar mol yetkazib beruvchining talab qilib olinguncha boʻlgan depozit hisobvaragʻiga shu bankda xizmat koʻrsatilsa)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. KBTEB Bosh bank/filialdan filiallar/bosh bankka berilganda shu kungi bank hujjatlariga moddiy javobgar shaxsga tegishli filial/bosh bank tomonidan (belgilangan tartibda) berilgan talabnoma va ishonchnoma tikib qoʻyiladi va quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 16104 “Bosh bank/filiallardan olinadigan mablagʻlar — Tovar moddiy qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”

6. KBTEB Bosh bankdan filialga qabul qilinganda boshlangʻich hujjatlar (yuk xatlari) asosida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 22205 “Bosh bank /filiallarga toʻlanadigan mablagʻlar — Tovar moddiy qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Omborga qabul qilingan KBTEB da biror bir nomuvofiqlik yoki nuqson topilganda, yukni yetkazib bergan tashkilot vakillari ishtirokida dalolatnoma tuziladi va daʼvo bildiriladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi bildirilgan daʼvo bilan mol yetkazib beruvchiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Bank daʼvosi mol yetkazib beruvchi tomonidan qabul qilinganda yoki sud tomonidan tegishli qaror chiqarilganda omborga kirim qilingan KBTEBni mol yetkazib beruvchiga qaytarish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Qaytarilgan mablagʻlarni qayta yozuv bilan vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt Bankning vakillik hisobvaragʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bankka kelayotgan moddiy boyliklar ularning saqlanishiga javobgar boʻlgan omborxona mudiri (omborchi) yoki bank boshligʻining buyrugʻiga asosan tayinlangan boshqa xodim tomonidan qabul qilinadi. Javobgar shaxs — omborchi yoki boshqa xodim tomonidan bankka qabul qilinayotgan barcha KBTEB boʻyicha raqamlangan, tikilgan va boshqaruvchi hamda bosh buxgalterning imzosi va bankning dumaloq muhr izi bilan tasdiqlangan jurnalda alohida maxsus tizimdan tashqari hisob yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni tan olish va baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. KBTEB haqiqatdagi yoki sof sotish qiymatlaridan eng kam miqdori bilan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. KBTEB ning haqiqatdagi qiymati sotib olish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar hamda KBTEBni joriy holatiga va joyiga keltirish maqsadida amalga oshirilgan boshqa xarajatlardan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. KBTEBni sotib olish xarajatlari xarid narxi, import bojlari va boshqa toʻlovlar (keyinchalik bankka qaytariladiganlaridan tashqari) tashish, qayta ishlash va sotib olish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlardan iborat boʻladi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va boshqa shunga oʻxshash xarajatlar sotib olish xarajatlarini aniqlayotganda chiqarib tashlanadi (1-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Boshqa xarajatlar KBTEBning haqiqatdagi qiymatiga ularni joriy holat va joyiga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan qismigina qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. KBTEBning qiymatiga qoʻshilmasdan davr xarajatlari sifatida xarajat qilingan vaqtda tan olinuvchi xarajatlarga quyidagilar misol boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) saqlash xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) KBTEBni joriy holatiga va joyiga keltirish bilan bogʻliq boʻlmagan maʼmuriy xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sotish xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agar KBTEBni sotib olish boʻyicha shartnomada moliyalashtirish elementi ishlatilgan boʻlsa, masalan, oddiy holdagi sotib olish shartlaridagi toʻlanadigan baho bilan toʻlangan baho oʻrtasidagi farq butun xaridni moliyalashtirish davomida foizli xarajatlar sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiymatni aniqlash formulasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bir xil boʻlmagan va maxsus maqsadlar uchun ajratilgan (masalan, yangi dasturiy vositani joriy etish uchun olingan uskunalar) KBTEBning haqiqatdagi qiymati aniq xarajatlarning alohida qiymatlarini maxsus aniqlash orqali oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qiymatlarni maxsus aniqlash — bu maʼlum turdagi KBTEB qiymatiga aniq xarajatlarni olib borishdir. Bu usul maxsus maqsadlar uchun alohida ajratilgan moddalarga nisbatan talab etiladi. Agarda odatda bir xil narxli KBTEBning katta miqdori mavjud boʻlsa, maxsus baholash talab etilmaydi. Bunday hollarda oldindan foyda yoki zararga taʼsirni aniqlash uchun KBTEBga tegishli boʻlgan moddalarni ajratib olish usulidan foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Nizomning 15-bandida taʼriflangan KBTEBdan boshqalarining haqiqatdagi qiymati “birinchi kelish — birinchi ketish” prinsipi (FIFO) yoki oʻrtacha tortilgan qiymat formulasi yordamida aniqlanadi. Bank bir xil tavsifga ega boʻlgan va bank tomonidan bir xil maqsadda ishlatiladigan KBTEB boʻyicha bir xil qiymat formulasidan foydalanadi. Bank boshqa xil tavsifga ega boʻlgan va bank tomonidan boshqa maqsadda ishlatiladigan KBTEB boʻyicha boshqa qiymatni aniqlash formulasidan foydalanishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. FIFO usulida birinchi boʻlib sotib olingan KBTEB birinchi boʻlib ishlatiladi va oʻz navbatida davr oxirida tovar moddiy zaxiralarda qolgan KBTEB qoldigʻi keyingi xarid narxi bilan hisobga olinadi (2-ilova). Oʻrtacha tortilgan qiymat formulasidan foydalanilganda har bir obyektning qiymati xuddi shunday obyektlarning davr boshidagi va davr mobaynida sotib olingan oʻrtacha tortilgan qiymatiga teng. Oʻrtacha qiymat bankdagi sharoitdan kelib chiqib davriy ravishda yoki har bir qoʻshimcha KBTEBlar sotib olinganda hisoblanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sof sotish qiymati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. KBTEBning haqiqatdagi qiymati agar ular shikastlangan yoki ularning sotish narxi pasayganda qoplanmasligi mumkin. Banklar bunday zararlar miqdorini KBTEBni sof sotish qiymatini baholash orqali aniqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. KBTEBning baholangan sof sotish qiymati mazkur baholashni amalga oshirish davridagi eng ishonchli faktlarga va sotilishi kutilayotgan KBTEB ni tasdiqlangan qiymatiga asoslangan boʻladi. Bu baholash bevosita hisobot sanasidan keyin roʻy bergan voqealar bilan bogʻliq narx oʻzgarishlarini, hisobot sanasiga mavjud boʻlgan shartlar tasdiqlangan darajada hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Banklar buxgalteriya hisobida har qanday zarar yoki KBTEBni qiymatini sof sotish qiymatigacha kamaytirish boʻyicha xarajatlarni, zarar yoki qiymat kamayishi roʻy berayotgan har bir hisobot davrida aks ettirishlari shart. Banklar har bir KBTEBni sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarish boʻyicha tizimdan tashqari hisob yuritishlari shart. Tizimdan tashqari hisob yuritishda sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarish har bir KBTEB boʻyicha alohida yuritiladi. Baʼzi holatlarda agar hisobga olinayotgan KBTEB ogʻirligi yoki boshqa shu kabi koʻrsatkichlari boʻyicha bir xil boʻlsa, ularning hisobi shu koʻrsatkichlar boʻyicha guruhlashtirish orqali alohida kartochkalarda yuritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Har bir keyingi davrda sof sotish qiymatini yangidan baholash amalga oshiriladi va zarur boʻlsa qoʻshimcha hisobdan chiqarishlar amalga oshiriladi. Shunday qilib, yangi balans qiymati haqiqatdagi qiymat va qayta koʻrib chiqilgan sof sotish qiymatining eng kichigiga tengdir. Banklar KBTEB sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarishni quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan amalga oshiradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DT 56895 “Boshqa aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. KBTEB ombordan ishlatish uchun berilganda shu sana uchun xarajat sifatida tan olinadi. Agar KBTEB chiqib ketayotgan boʻlsa, unga mos daromad tan olingan sanada tegishli xarajat ham tan olinadi. KBTEBni sof sotish qiymatigacha hisobdan chiqarish va KBTEB boʻyicha koʻrilgan zararlar, hisobdan chiqarish amalga oshirilgan yoki zarar koʻrilgan davrda davr xarajati sifatida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Baʼzi bir KBTEB, masalan, bank hisobidan qurilayotgan asosiy vosita hisobiga qoʻshiladigan KBTEB boshqa aktivlar hisobiga oʻtkazilishi mumkin. Boshqa aktiv tarkibiga bunday yoʻl bilan qoʻshilgan KBTEB aktivning foydali ishlatilish davri mobaynida xarajat sifatida tan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. KBTEBni hisobdan chiqarish hisobini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ombordan KBTEB quyidagi hollarda hisobdan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) foydalanishga berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) sotilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) bepul (tekinga) berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) kamomad aniqlanganda va foydalanish uchun yaroqsiz boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) fors-major holatlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. KBTEBni foydalanishga berish quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 56406 “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda foydalanish (ekspluatatsiya)dagi va ombordagi KBTEBning saqlanishi ustidan nazorat va ularning hisobi tizimdan tashqari jurnallarda (jurnallar nomerlangan, tikilgan va bankning rahbari, bosh buxgalteri imzosi va dumaloq muhrining izi bilan tasdiqlangan boʻlishi shart) amalga oshiriladi. Tizimdan tashqari hisob kunlik ravishda olib boriladi va KBTEBni mos bandlari qoldigʻini koʻrsatgan holda har bir hisobot sanasiga tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bank ortiqcha KBTEBni sotganda (KBTEB shartnomada kelishilgan narxlarda sotiladi) quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) KBTEBni sotish summasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt Bankning vakillik hisobvaragʻi yoki sotib oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi, agar sotib oluvchiga shu bankda xizmat koʻrsatilsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) KBTEB bank uchun foyda yoki zararsiz sotilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlanadigan mablagʻlar” sof tushum summasiga*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* bu erda, sof tushum deyilganda shartnoma bahosidan qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksizlarni ayirib tashlagandan keyingi summa nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) KBTEB foyda bilan sotilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 29802 “Koʻrsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun toʻlanadigan mablagʻlar” — sof tushum summasiga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 45913 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” — “sof tushum” va balans qiymati oʻrtasidagi farq summasiga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) KBTEB zarar bilan sotilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 29802 “Koʻrsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun toʻlanadigan mablagʻlar” — sof tushum summasiga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 55906 “Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan koʻrilgan zararlar” — “sof tushum” va balans qiymati oʻrtasidagi farq summasiga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kamomad chiqqan, yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda), tekinga berilgan, shuningdek, fors-major holatlarda KBTEBning qiymati, bank tomonidan belgilangan tartibda, zararga chiqariladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 56795 “Boshqa operatsion xarajatlari”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. KBTEBni inventarizatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Foydalanilayotgan va ombordagi KBTEB boʻyicha, ularning saqlanishi va haqiqatda mavjudligi ustidan nazoratni taʼminlash uchun yilda kamida bir marta inventarizatsiya oʻtkaziladi. Inventarizatsiya oʻtkazish tartibi bank rahbariyati tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Moddiy boyliklar kamomadi aniqlangan holda, ularning qiymati aybdor va moddiy-javobgar shaxslardan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda undirib olinadi. Etkazilgan zararlar miqdorini bank xodimining yetkazgan zarari uchun uning moddiy javobgarligi doirasi va tartibini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. KBTEBning kamomadi, shuningdek, aybdor shaxs aybi bilan yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxs aniqlanganda) KBTEBning qiymati invetarizatsiya komissiyasining boshligʻi va aʼzolari, moddiy javobgar shaxs (ombor mudiri) tomonidan imzolangan akt bilan rasmiylashtiriladi va moddiy-javobgar shaxslardan belgilangan tartibda undirib olinadi hamda quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 19908 “Bank xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aybdor xodimlarning ish haqidan undirib olinganda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 29803 “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19908 “Bank xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”

Belgilangan tartibda bank xodimidan kassa orqali undirib olinganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 10101 “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 19908 “Bank xodimlari bilan boʻladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Agar inventarizatsiya paytida omborda hisobda boʻlmagan buyumlar aniqlansa, ular inventarizatsiya komissiyasi tomonidan bozor narxida baholanib, belgilangan tartibda omborga kirim qilinadi. Bunda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dt 19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kt 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ombor mudiri (omborchi) ishdan boʻshashi, boshqa ishga oʻtkazilishi, mehnat taʼtiliga ketishi yoki bemorligi tufayli almashtirilgan taqdirda, bank rahbarining buyrugʻi bilan xodimlar tarkibidagi hayʼat tomonidan topshiruvchi va qabul qiluvchi xodimlar ishtirokida omborda toʻliq inventarizatsiya oʻtkaziladi hamda majburiy ravishda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Oshkor etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Moliyaviy hisobot quyidagilarni oshkor etishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) KBTEBni baholash uchun qabul qilingan hisob siyosati, jumladan, foydalanilgan qiymat formulasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) KBTEB jami balans qiymatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) davr mobaynida xarajat sifatida tan olingan KBTEB summasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) davr mobaynida xarajat sifatida tan olingan KBTEBni hisobdan chiqarish summasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) majburiyatlar taʼminoti sifatida garovga qoʻyilgan KBTEBning balans qiymatini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA

Sotib olish xarajatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank B 200 kanselyariya papkalarini 2.500 soʻmdan jami 500.000 soʻmga sotib oldi. Transport xarajatlari 5.000 soʻmga teng boʻlgan. Bundan tashqari, sotuvchi umumiy summadan 3% chegirma bergan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qiymat 200 x 2.500 soʻm = 500.000 soʻm
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegirma 500.000 x 3% = 15.000 soʻm
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport xarajatlari 5.000 soʻm
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
500.000 soʻm – 15.000 soʻm + 5.000 soʻm = 490.000 soʻm
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada, bank 200 papkani oʻzida 490.000 soʻmga aks ettiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarning buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KBTEBni sotib olish va hisobdan chiqarish hisobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎‎KBTEB ni sotib olish va hisobdan chiqarish hisobi

KBTEB ni hisobini yuritishda bank FIFO usulidan foydalanadi. ‎
Masalan, Bank A 2002-yil 1-oktabrda 5 kg qogʻozni kilogrammini 1500 soʻmdan sotib oldi. ‎
1)‎

Dt‎

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar”‎ 7.500‎

Kt‎

10301 “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” ‎ 7.500‎
2)‎

Dt‎

19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”‎ 7.500‎

‎Kt‎

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar”‎ 7.500‎

9-oktabrda Bank A yana 5 kg qogʻoz sotib oldi, lekin narxi 1kg 1.550 soʻm. ‎

1)‎

Dt‎

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar” 7.750

‎Kt‎

10301 “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” 7.750
2)‎

Dt‎

19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar” 7.750

‎Kt‎

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar” 7.750

19-oktabrda Bank A yana 4 kg qogʻoz sotib oldi, lekin narxi 1kg 1.450 soʻm. ‎

1)‎

Dt‎

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar”‎ 5.800‎

‎Kt‎

10301 “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro” ‎ 5.800‎
2)‎

Dt‎

19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar”‎ 5.800‎

‎Kt‎

19909 “Tovar-moddiy qimmatliklar uchun toʻlangan mablagʻlar”‎ 5.800‎
‎‎21-oktabrda Bank A 4 kg qogʻozni ishlatdi (bunda hisobdan dastlab 1 kg ni 1.500 soʻmdan sotib olingan qogʻozlar chiqariladi).

Dt‎

56406 “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”‎ 6.000‎
‎‎23-oktabrda Bank A yana 2 kg qogʻoz ishlatdi (bunda hisobdan omborda dastlab 1kg ni 1.500 soʻmdan sotib olingan qogʻoz va keyin 1 kg ni 1.550 soʻmdan sotib olingan qogʻoz hisobdan chiqariladi).

Dt‎

56406 “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”‎ 3.050‎

‎Kt‎

19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar ”‎ 3.050‎
‎‎26-oktabrda Bank A yana 2 kg qogʻozni ishlatdi (bunda birinchi kelish tamoyiliga koʻra, omborda qolgan 1 kg 1.550 soʻmdan sotib olingan qogʻozni 2 kg mi hisobdan chiqariladi).

Dt‎

56406 “Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari”‎ 3.050‎

‎Kt‎

19921 “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar ”‎ 3.050‎
‎‎Ushbu amaliyotlar natijasida “birinchi kelish — birinchi ketish” uslubini qoʻllash natijasida ombordagi KBTEB quyidagi tarzda oʻzgardi:
‎‎

Sana‎

Xarid‎‎

Ishlatish‎‎

Qoldiq‎‎

1 kg narxi‎

kg

summa‎

1 kg narxi‎

1 kg

Hisobdan chiqarish summasi

1 kg narxi‎

kg

summa‎

01.10.02‎

1.500‎

5‎

7.500‎

09.10.02‎

1.550‎

5‎

7.750‎

19.10.02‎

1.450‎

4‎

5.800‎

21.10.02‎

1.500‎

4‎

6.000‎

23.10.02‎

1.500
‎1.550‎

1
‎1‎

1.500
‎1.550‎

26.10.02‎

1.550‎

2‎

3.100‎

1.550
‎1.450‎

2
‎4‎

3.100
‎5.800‎

(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 214-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 10/19/1496-1/3703-son)