24.07.2023 yildagi 3374-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining qarori, 24.07.2023 yildagi 3374-IV-son
Kuchga kirish sanasi
24.07.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Elektron parlament” tizimini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarini aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Elektron parlament” tizimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarini aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tizimini takomillashtirishga doir ishlarni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-dekabrdagi PQ-67-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasida ustuvor yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan Amaliy harakatlar rejasi (“Yoʻl haritasi”) 10-bandining ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Koreya Respublikasining Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) oʻrtasida muhokamalar bayonnomasi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Elektron parlament” tizimini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatiga “Elektron parlament” tizimini joriy etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha komissiya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Elektron parlament” tizimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tizimini takomillashtirish” loyihasini samarali tashkil etish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 24-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3374-IV-son