11.08.2023 yildagi 354-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-iyuldagi 377-son qaroriga yoʻl harakati qatnashchilariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va yoʻl harakatini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda yoʻl harakatini tashkil etish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, yoʻl harakati qatnashchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, transport oqimini boshqarish imkonini beradigan yoʻl harakatini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimlarini bosqichma-bosqich takomillashtirib borish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻl-patrul xizmati statsionar postlari orqali harakatlanishida qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tizimining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-iyuldagi 377-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashil” va “Qizil” yoʻlak tizimi joriy etilgan yoʻl-patrul xizmati statsionar postlaridan harakatlanadigan, sugʻurta polisining muddati oʻtgan va belgilangan muddatda texnik koʻrikdan oʻtmagan transport vositalarining maxsus toʻxtash joylariga joylashtirilmasdan “Yashil” yoʻlak boʻylab toʻsiqsiz harakatlanishiga ruxsat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarini rekonstruksiya qilish hamda yoʻl infratuzilmasini moslashtirishning aniq muddatlarini belgilagan holda “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati uchun yuqori tezlikdagi maʼlumotlar uzatish kanallarini (VPN) belgilangan tartibda ajratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu qarorning mazmun va ahamiyatini ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va rasmiy veb-sayti orqali keng yoritilishi hamda aholiga yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 11-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
354-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 354-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-iyuldagi 377-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “sugʻurta polisining muddati oʻtgan, belgilangan muddatda texnik koʻrikdan oʻtmagan,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Belgilansinki, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili mazkur qarorga 2-ilovadagi jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich respublikaning yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida joriy etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 4-bandning ikkinchi xatboshisida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qizil” yoʻlak — qidiruvda boʻlgan, vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlangan yoki yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun oʻz vaqtida toʻlanmagan jarimasi mavjud transport vositalari harakatlanishi shart boʻlgan harakatlanish boʻlagi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazn va hajm parametrlarini buzib harakatlanadigan transport vositalari boʻyicha vazn va hajm parametrlari tegishli normaga moslashtirilgan taqdirda, ularning harakatini davom ettirishga ruxsat beriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Yoʻl patrul xizmati statsionar postlarining yoʻl infratuzilmasini tayyorlash hamda “Yashil” va “Qizil” yoʻlaklar tizimini bosqichma-bosqich joriy etish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JADVALI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

YPX statsionar posti nomi

Hudud nomi

YPX statsionar posti joylashgan manzil

Tizimning hujjatlarini tayyorlash muddati

Tizimni joriy qilish muddati

I bosqich

1.

“Chinor” YPX statsionar posti

Toshkent viloyati

A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 199-kilometri, Ohangaron tumani

tayyor

2024-yil yanvar

2.

“Namangan” YPX statsionar posti

Namangan viloyati

A373 “M39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 273-kilometri, Pop tumani

2024-yil fevral

2024-yil dekabr

II bosqich

3.

“45-YPX” YPX statsionar posti

Andijon viloyati

A373 “M-39 avtoyoʻli-Guliston-Boʻka-Angren-Qoʻqon va Andijon orqali-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 469-kilometri, Xoʻjaobod tumani

2024-yil mart

2025-yil mart

4.

“A. Turbonov” YPX statsionar posti

Toshkent shahri

M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yoʻlining 15-kilometri, Sergeli tumani

2024-yil aprel

2025-yil aprel

5.

“Erkin” YPX statsionar posti

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 817-kilometri, Chilonzor tumani

2024-yil may

2025-yil may

6.

“Sharq” YPX statsionar posti

A373 avtomobil yoʻlining “a” “Toshkent shahriga” shoxobchasining 45-kilometri, Bektemir tumani

2024-yil iyun

2025-yil iyun

7.

“Uch qahramon” YPX statsionar posti

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 817-kilometri, Yunusobod tumani

2024-yil iyul

2025-yil iyul

8.

“Oybek” YPX statsionar posti

Toshkent viloyati

4R20 “Qorasuv-Boʻka-Bekobod” avtomobil yoʻlining 63-kilometri, Bekobod tumani

2024-yil avgust

2025-yil avgust

III bosqich

9.

“Sirdaryo” YPX statsionar posti

Sirdaryo viloyati

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 871-kilometri, Sirdaryo tumani

2024-yil sentyabr

2025-yil sentyabr

10.

“Norin” YPX statsionar posti

Namangan viloyati

4R112 “Fargʻona halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 101-kilometri, Norin tumani

2024-yil oktyabr

2025-yil oktyabr

11.

“Manas-14” YPX statsionar posti

Jizzax viloyati

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 939-kilometri, Doʻstlik tumani

2024-yil noyabr

2025-yil noyabr

12.

“Yakkabogʻ-15” YPX statsionar posti

A376 “Qoʻqon-Jizzax” avtomobil yoʻlining 242-kilometri, Zomin tumani

2024-yil dekabr

2025-yil dekabr

13.

“Yuqori nuqta” YPX statsionar posti

Samarqand viloyati

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1039-kilometri, Bulungʻur tumani

2025-yil yanvar

2026-yil yanvar

14.

“Omonqoʻton” YPX statsionar posti

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1120-kilometri, Urgut tumani

2025-yil fevral

2026-yil fevral

IV bosqich

15.

“Mingchinor” YPX statsionar posti

Qashqadaryo viloyati

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1139-kilometri, Kitob tumani

2025-yil mart

2026-yil mart

16.

“Umakay” YPX statsionar posti

A378 “Samarqand-Gʻuzor” avtomobil yoʻlining 57-kilometri, Chiroqchi tumani

2025-yil aprel

2026-yil aprel

17.

“Shirinbuloq” YPX statsionar posti

A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 147-kilometri, Muborak tumani

2025-yil may

2026-yil may

18.

“Darband” YPX statsionar posti

Surxondaryo viloyati

M39 “Almati-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yoʻlining 1335-kilometri, Boysun tumani

2025-yil iyun

2026-yil iyun

19.

“Manguzar” YPX statsionar posti

M41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yoʻlining 1618-kilometri, Termiz tumani

2025-yil iyul

2026-yil iyul

V bosqich

20.

“Sarmijon” YPX statsionar posti

Buxoro viloyati

M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 212-kilometri, Gʻijduvon tumani

2025-yil avgust

2026-yil avgust

21.

“Karakata” YPX statsionar posti

Navoiy viloyati

A379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yoʻlining 125-kilometri, Konimex tumani

2025-yil sentyabr

2026-yil sentyabr

22.

“Zarafshon” YPX statsionar posti

A379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yoʻlining 202-kilometri, Zarafshon shahri

2025-yil oktyabr

2026-yil oktyabr

23.

“Samarqand” YPX statsionar posti

M37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yoʻlining 147-kilometri, Karmana tumani

2025-yil oktyabr

2026-yil oktyabr

VI bosqich

24.

“Momokoʻpir” YPX statsionar posti

Xorazm viloyati

4R160 “Urganch-Gurlan-Mangʻit-Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 65-kilometri, Gurlan tumani

2025-yil noyabr

2026-yil noyabr

25.

“Broyler” YPX statsionar posti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 754-kilometri, Nukus shahri

2025-yil noyabr

2026-yil noyabr

26.

“Miskin” YPX statsionar posti

A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 561-kilometri, Toʻrtkoʻl tumani

2025-yil noyabr

2026-yil noyabr

27.

“Dovut ota” YPX statsionar posti

A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtomobil yoʻlining 1184-kilometri, Qoʻngʻirot tumani

2026-yil yanvar

2026-yil dekabr

28.

“Bektemir” YPX statsionar posti

Toshkent shahri

4R2 “Toshkent-Toʻytepa-A373 avtoyoʻli (55 km)” avtomobil yoʻlinin� 11-kilometri, Bektemir tumani

2026-yil yanvar

2026-yil dekabr

29.

“Keles” YPX statsionar posti*

Toshkent viloyati

4R4 “Toshkent-Keles-Qozoqkentsoy-M39 avtoyoʻli (820 km)” avtomobil yoʻlining 16-kilometri, Toshkent tumani

2026-yil*

2026-yil*

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Yoʻl infratuzilmasining tayyor boʻlishidan kelib chiqqan holda, “yashil” va “qizil” yoʻlaklar tizimi joriy qilish jadvalda belgilangan muddatlardan oldin amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* “Keles” YPX statsionar posti qurib bitkazilgandan keyin “yashil” va “qizil” yoʻlaklar tizimi joriy qilinadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/354/0615-son)