14.08.2023 yildagi 377-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga muvofiq, shuningdek, vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qarori 14-bandida vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini oshirish orqali ularga ajratilgan budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi, shu jumladan, baholashni rejalashtirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholashni amalga oshirishda tomonlarning huquq va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalari hisobotlarini rasmiylashtirish hamda ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalari monitoringini yuritish hamda ularni jamoatchilikka eʼlon qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf tahlili asosida tanlab olingan vazirlik va idoralarda ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash va ularning faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yarim yil yakunlari boʻyicha vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash natijalari va ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jamoatchilikka eʼlon qilib borilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
377-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 377-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — ichki audit xizmatlari) faoliyatini baholash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ichki audit xizmatlari faoliyati ichki audit xizmati faoliyatining ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash hamda faoliyatni takomillashtirib borish maqsadida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki audit xizmatlari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — baholovchi tashkilot) tomonidan baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda baholovchi tashkilot ichki audit xizmatlari faoliyati, shu jumladan, oʻtkazilgan ichki audit tadbirlari natijalariga javobgar hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ichki audit xizmatlari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Baholashni amalga oshirishda tomonlarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Baholashni amalga oshirishda baholovchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlaridan baholash bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarning nusxalarini va maʼlumotlarni elektron, ogʻzaki va yozma shaklda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlari xodimlaridan yuzaga kelayotgan masalalar boʻyicha tushuntirish olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlarining tegishli xodimlaridan ichki audit faoliyatini baholash natijalari boʻyicha hujjatlarni imzolashni soʻrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholashni amalga oshirishda baholovchi tashkilot tuzilmasidagi ichki audit milliy malaka sertifikatiga ega xodimlarni jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Baholashni amalga oshirishda baholovchi tashkilot:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash boshlanishidan oldin belgilangan muddatda vazirlik va idorani bu haqida xabardor qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit faoliyatini baholashga oid normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi, oʻz vakolati doirasidan chetga chiqmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalariga oid hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi, asosliligi, xolisligi va toʻliqligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ichki audit xizmatlari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash jarayonida bevosita qatnashish va baholashga tegishli masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholashning maqsadi, boshlanish sanasi va davomiyligi toʻgʻrisida maʼlumot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotning baholash bilan bogʻliq masalalarga aloqasi boʻlmagan talablarini bajarmaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ichki audit xizmatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotning masʼul xodimlari baholashni amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotning masʼul xodimlarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek, ularning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash vaqtida baholovchi tashkilotga baholashni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar nusxalari va maʼlumotlarni taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijasida aniqlangan qonunchilik hujjatlariga rioya etilmagan holatlarni bartaraf etishi va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Baholash rejali va rejadan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Rejali baholash xavf tahlili asosida ishlab chiqilgan yillik rejaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yillik reja baholovchi tashkilot tomonidan har yili 1-martga qadar ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda tasdiqlangandan soʻng bir ish kunida baholovchi tashkilot tomonidan uning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholash amalga oshiriladigan vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari xavf tahlili asosida tanlab olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Rejadan tashqari baholash quyidagi asoslarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoraning baholashni amalga oshirish boʻyicha murojaati kelib tushganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan ichki audit xizmatlari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar tahlili natijasida qoʻshimcha xavflar aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qoʻshimcha xavflar ichki audit xizmatlari tomonidan har chorakda belgilangan tartibda taqdim etiladigan ichki audit xizmatlari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar tahlili asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Rejali oʻtkaziladigan baholashda ichki audit xizmatlarining xavf darajasi quyidagi xavf omillari asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit yillik rejasining bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avvalgi oʻtkazilgan baholash natijalariga koʻra ichki audit xizmati faoliyatini rivojlantirish boʻyicha berilgan taklif va tavsiyalar bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlari tomonidan vazirlik va idora tizimidagi ichki audit obyektlarining qamrov darajasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlari tomonidan oʻtkazilgan profilaktika tadbirlari va oldi olingan qonun buzilishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan vazirlik va idoralarda aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda baholovchi tashkilot tomonidan ichki audit xizmatlari xavf darajasini baholashda qoʻshimcha xavf omillaridan ham foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ichki audit xizmatlarining xavf darajasi ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan omillarga butun sonlardagi 1 — 3 ball berish orqali baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda 3 ball tegishli xavf omilining eng yuqori darajasini va 1 ball tegishli xavf omilining eng past darajasini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xavf omillariga ball berishda baholovchi tashkilot tomonidan har bir xavf omiliga mezonlar ishlab chiqiladi hamda xavf omillarining muhimlik darajasidan kelib chiqib, ularga xavf omili vazni belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda belgilangan xavf omili vaznining umumiy miqdori 1 ga (100 foizga) teng boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ichki audit xizmatlarining xavf darajasi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xd — xavf darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bxo — xavf omiliga berilgan ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vxo — tegishli xavf omiliga belgilangan vazn;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i — xavf omilining tegishli tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n — xavf darajasini aniqlash uchun qoʻllaniladigan omillar soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ichki audit xizmatining xavf omillari tahlili boʻyicha xavf darajasi quyidagicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 va undan yuqori — yuqori xavf darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1,5 dan (1,5 ham kiradi) 2 gacha — oʻrta xavf darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 dan 1,5 gacha — past xavf darajasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Baholash xavf tahlili asosida tanlab olingan yuqori xavf darajasiga ega ichki audit xizmatlarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Baholash ichki audit faoliyatiga xalaqit qilmagan holda mazkur Nizom hamda ichki audit faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻn ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Baholovchi tashkilot baholash boshlanishidan kamida oʻn kun oldin vazirlik va idorani bu haqda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash jarayonida quyidagi yoʻnalishlar qamrab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati faoliyatining belgilangan tartibda tashkil etilishi, mustaqilligi hamda resurslar bilan taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralarda ichki audit faoliyatini amalga oshirish boʻyicha tegishli hujjatlar ishlab chiqilishi va rasmiylashtirilishi (ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom, ichki audit xizmati xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari va boshqalar);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit yillik rejasining xavf tahlili asosida ishlab chiqilishi va rasmiylashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit tadbirlarining ichki audit faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkazilishi va natijalari rasmiylashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan ichki audit tadbirlarining samaradorligi, taklif va tavsiyalarni bajarish boʻyicha chora-tadbirlar rejasining ichki audit obyektlari tomonidan bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlari xodimlarining malaka darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati faoliyatiga oid boshqa masalalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Baholash mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash boʻyicha namunaviy savolnomaga tegishli mezonlar asosida butun sonlardagi 0 — 2 ball berish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda savolnoma mazkur Nizomning 21-bandida keltirilgan yoʻnalishlar boʻyicha shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Baholovchi tashkilot tomonidan savolnomada keltirilgan yoʻnalishlarning muhimlik darajasidan kelib chiqib, ularga vazn belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yoʻnalishlarga belgilangan vaznning umumiy miqdori 1 ga (100 foizga) teng boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Baholashni amalga oshirishda ichki audit xizmati faoliyatining sifat darajasi quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sd — sifat darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bh — savolnomada har bir yoʻnalishdagi savollarga berilgan ballar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bm — savolnomada har bir yoʻnalishdagi savollarga berilishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bv — savolnomada keltirilgan baholash yoʻnalishlariga belgilanadigan vazn;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i — savolnomada keltirilgan yoʻnalishlarning tegishli tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n — savolnomadagi yoʻnalishlar soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ichki audit xizmati faoliyatining baholash boʻyicha sifat darajasi quyidagicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90 foiz va undan yuqori — yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70 foizdan (shu jumladan, 70 foiz) 90 foizgacha — oʻrta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70 foizdan kam — past.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash jarayonida ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olish maqsadida vazirlik va idoraning boshqa tuzilmalari, ichki audit xizmati xodimlari hamda ichki audit obyektlari bilan uchrashuvlar hamda ichki audit tadbiri oʻtkazilgan ichki audit obyektlarida mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq soʻrovnoma oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Baholash natijalari baholovchi tashkilot tomonidan quyidagilarni nazarda tutuvchi maʼlumotnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash natijalari, shu jumladan, baholash asosida aniqlangan ichki audit xizmatining sifat darajasi boʻyicha maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit obyektlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholash oʻtkazilgan ichki audit xizmati faoliyati holati, shu jumladan ichki audit faoliyatiga oid qonunchilikka rioya etilmagan holatlar (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Baholash natijalari boʻyicha maʼlumotnoma loyihasi ichki audit xizmati rahbari tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ichki audit xizmati rahbari maʼlumotnoma loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari va eʼtirozlarini bildirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ichki audit xizmati rahbari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va eʼtirozlar asosli deb topilgan taqdirda, baholovchi tashkilot tomonidan maʼlumotnoma loyihasiga tegishli tuzatishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda ichki audit xizmati rahbari va baholovchi tashkilotning masʼul xodimi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ichki audit xizmati rahbari tomonidan baholovchi tashkilot bilan birgalikda ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha berilgan taklif va tavsiyalar asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi hamda maʼlumotnomaga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Chora-tadbirlar rejasi ichki audit xizmati rahbari tomonidan imzolanadi hamda vazirlik va idora rahbari tomonidan besh ish kuni ichida tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Vazirlik va idora rahbari tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining nusxasi uch ish kuni ichida baholovchi tashkilotga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ichki audit xizmati har chorakda ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotda chora-tadbirlar rejasida keltirilgan taklif va tavsiyalar bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni baholovchi tashkilotga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Vazirlik va idoralarda oʻtkazilgan baholash va uning natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Baholovchi tashkilot ichki audit xizmati tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilish monitoringini ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni tahlil qilish orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ichki audit xizmati tomonidan taklif va tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi bajarilmagan taqdirda, baholovchi tashkilot tomonidan bu haqida tegishli vazirlik va idoralar rahbariga koʻrsatma xat yuboriladi, shuningdek, ushbu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Vazirlik va idoralar ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash va takomillashtirish boʻyicha hisobot
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Baholovchi tashkilot tomonidan ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash natijalari boʻyicha yarim yillik va yillik hisobot (keyingi oʻrinlarda — hisobot) tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar tomonidan ichki audit xizmatlari faoliyatining sifatini taʼminlash va samaradorligini oshirib borish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusida ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish yoʻnalishlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Hisobot yarim yil yakuni boʻyicha iyul oyining 20-sanasiga qadar va yil yakuni boʻyicha yanvar oyining 25-sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga uning soʻroviga asosan taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Hisobot yuzasidan maʼlumotlar baholovchi tashkilot tomonidan jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

 

1-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Xavf tahlili asosida ichki audit xizmatlarini tanlab oladi va baholash yillik rejasini tasdiqlaydi.

Har yili 1-martga qadar

2-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Baholashni oʻtkazish muddati koʻrsatilgan holda vazirlik va idorani xabardor qiladi.

Baholash boshlanish sanasidan kamida oʻn kun oldin

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Ichki audit xizmatida baholashni amalga oshiradi.

2. Baholash natijalarini rasmiylashtiradi hamda ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.

Oʻn ish kuni ichida

4-bosqich

Vazirlik va idoralar

Ichki audit xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.

Baholash yakunlangandan soʻng besh ish kuni ichida

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash va takomillashtirish boʻyicha hisobotni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

2. Hisobot toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka eʼlon qiladi.

Yarim yil yakunlari boʻyicha iyul oyining 20-sanasiga va yil yakunlari boʻyicha yanvar oyining 25-sanasiga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash rejadan tashqari tartibda oʻtkazilgan taqdirda, mazkur sxemaning 1-bosqichi inobatga olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY SAVOLNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Nazorat savollari

Baholash mezoni

Ball

Vazn

1. Ichki audit xizmati faoliyatining belgilangan tartibda tashkil etilishi, mustaqilligi hamda resurslar bilan taʼminlanishi

1.1.

Ichki audit xizmati vazirlik va idora markaziy apparatida mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilganmi?

Ha, markaziy apparatida mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilgan — 2 ball

Yoʻq, markaziy apparatida mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilmagan — 0 ball

1.2.

Ichki audit xizmatining birinchi rahbariga boʻysunuvi belgilanganmi?

Ha, birinchi rahbarga boʻysunuvi belgilangan — 2 ball

Yoʻq, birinchi rahbarga boʻysunuvi belgilanmagan — 0 ball

1.3.

Ichki audit xizmati xodimlarining mustaqilligi qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi?

Ha, mustaqillik ichki hujjatlar bilan belgilangan — 2 ball;

Yoʻq, mustaqillik ichki hujjatlar bilan belgilanmagan — 0 ball;

1.4.

Ichki audit xizmati xodimlari ichki audit xizmati faoliyatining tamoyillari mazmun va mohiyatidan xabardormi?

Ha, tamoyillarning mazmun va mohiyatidan xabardor — 2 ball;

Qisman tamoyillarning mazmun va mohiyatidan xabardor — 1 ball;

Yoʻq, oʻzlarining huquq va majburiyatlaridan xabardor emas — 0 ball

1.5.

Ichki audit xizmatiga oʻz faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatga oid vazifalar yuklanishiga cheklov(lar) ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi (ichki) nizomda belgilanganmi?

Ha, belgilangan — 2 ball;

Yoʻq, belgilanmagan — 0 ball

1.6.

Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyatiga aralashuvlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bandlar qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi?

Ha, qabul qilingan — 2 ball;

Yoʻq, qabul qilinmagan — 0 ball

1.7.

Ichki audit xizmati xodimining asosiy faoliyat natijalariga javobgar hisoblanmasligi qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi?

Ha, tegishli normalar belgilangan — 2 ball;

Yoʻq, tegishli normalar belgilanmagan — 0 ball

1.8.

Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi (ichki) nizom, ichki audit yillik rejasi, hisobotlar va boshqa hujjatlar vazirlik va idora rahbari tomonidan oʻz vaqtida tasdiqlanadimi?

Ha, vazirlik va idora rahbari tomonidan oʻz vaqtida tasdiqlanadi — 2 ball;

Vazirlik va idora rahbari tomonidan tasdiqlanadi, lekin oʻz vaqtida emas — 1 ball;

Vazirlik va idora rahbari tomonidan oʻz vaqtida tasdiqlanmaydi — 0 ball

1.9.

Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli inson resurslariga egami?

Ha, yetarli inson resurslariga ega — 2 ball;

Yoʻq, yetarli inson resurslariga ega emas — 0 ball

1.10.

Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlanganmi?

Ha, yetarli moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlangan — 2 ball;

Yoʻq, moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlanmagan — 0 ball

2. Ichki audit xizmati faoliyatiga oid tegishli ichki hujjatlarning qabul qilinishi

2.1.

Vazirlik va idoraning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi (ichki) nizomi Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilganmi?

Ha, muvofiq ishlab chiqilgan — 2 ball

Yoʻq, muvofiq ishlab chiqilmagan — 0 ball

2.2.

Ichki audit xizmati xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari ishlab chiqilganmi hamda Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiqmi?

Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomga toʻliq muvofiq — 2 ball;

Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq boʻlmagan qismlar mavjud — 0 ball.

2.3.

Ichki audit xizmati xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari mavjudmi (tasdiqlanganmi)?

Ha, ishlab chiqilgan — 2 ball;

Yoʻq, ishlab chiqilmagan — 0 ball.

2.4.

Lavozim yoʻriqnomalarida ichki audit xizmati xodimlarining vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi koʻrsatilganmi?

Koʻrsatilgan — 2 ball;

Toʻliq koʻrsatilmagan — 0 ball.

2.5.

Ichki audit xizmati hisobdorligi ichki hujjatlar bilan belgilanganmi hamda ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqmi?

Ha, belgilangan hamda ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq — 2 ball;

Yoʻq, ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq emas (Ichki audit xizmati hisobdorligi belgilanmagan) — 0 ball;

2.6.

Ichki audit xizmati xodimlarining vazifalari va funksiyalari belgilanganmi?

Ha, ichki audit xizmati xodimlarining vazifalari va funksiyalari belgilangan — 2 ball;

Yoʻq, ichki audit xizmati xodimlarining vazifalari va funksiyalari belgilanmagan — 0 ball

2.7.

Ichki audit xizmati xodimlarining huquq va majburiyatlari belgilanganmi?

Ha, ichki audit xizmati xodimlarining huquq va majburiyatlari belgilangan — 2 ball;

Yoʻq, ichki audit xizmati xodimlarining huquq va majburiyatlari belgilanmagan — 0 ball

2.8.

Ichki audit xizmatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi va unga amal qilinadimi?

Ha, qabul qilingan va amal qilinadi — 2 ball;

Qabul qilingan, lekin amal qilinmaydi — 1 ball;

Qabul qilinmagan — 0 ball

3. Ichki audit yillik rejasining xavf tahlili asosida ishlab chiqilishi

3.1.

Ichki audit yillik rejasi xavf tahlili asosida ishlab chiqilganmi?

Ha, xavf tahlili asosida ishlab chiqilgan — 2 ball;

Ichki audit yillik rejasi ishlab chiqilgan, lekin uni ishlab chiqishda xavf tahlili oʻtkazilmagan- 1 ball;

Yoʻq, yillik reja ishlab chiqilmagan — 0 ball.

3.2.

Xavf tahlilini amalga oshirishda barcha ichki audit obyektlari qamrab olinganmi?

Barcha ichki audit obyektlari qamrab olingan — 2 ball;

Ayrim ichki audit obyektlari qamrab olinmagan — 0 ball.

3.3.

Ichki audit yillik rejasini ishlab chiqishda xavf darajasi yuqori boʻlgan ichki audit obyektlari toʻliq qamrab olinganmi?

Toʻliq qamrab olingan — 2 ball;

Mavjud vaqt va inson resurslari yetarli boʻlmaganligi sababli toʻliq qamrab olinmagan — 1 ball;

Toʻliq qamrab olinmagan (boshqa sabablarga koʻra) — 0 ball.

3.4.

Xavf darajasi yuqori boʻlgan ichki audit obyektlari toʻliq qamrab olish uchun resurslar yetarli boʻlmagan taqdirda, bu toʻgʻrisida birinchi rahbar xabardor qilinganmi?

Xabardor qilingan — 2 ball;

Xabardor qilinmagan — 0 ball.

3.5.

Ichki audit yillik rejas?da rejadan tashqari ichki audit tadbirlariga ajratiladigan vaqt resurslari jami vaqt resurslarining qancha qismini tashkil qiladi?

20 foizgacha boʻlgan qismini tashkil qiladi — 2 ball;

20 foizdan koʻproq qismini tashkil qiladi — 0 ball.

4. Ichki audit tadbirlarining qonunchilikka muvofiq oʻtkazilishi va natijalarining rasmiylashtirilishi (tanlama tartibda oʻrganiladi)

4.1.

Ichki audit tadbirlari uchun belgilangan tartibda dastur ishlab chiqilganmi?

Ha, ishlab chiqilgan — 2 ball;

Yoʻq, ishlab chiqilmagan — 0 ball

4.2.

Ichki audit tadbirlari natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilganmi?

Ha, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan — 2 ball;

Yoʻq, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan — 0 ball.

4.3.

Ichki audit tadbiri hisobotida taklif va tavsiyalar mavjudmi?

Ha, taklif va tavsiyalar mavjud — 2 ball;

Yoʻq, taklif va tavsiyalar mavjud emas — 0 ball.

4.4.

Ichki audit tadbiri hisobotiga ichki audit obyektlarining fikr-mulohazalari bildirilganmi?

Ha, fikr-mulohazalar bildirilgan — 2 ball;

Yoʻq, fikr-mulohazalar bildirilmagan — 0 ball

4.5.

Fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali aniqlangan ichki audit obyektlarida oʻtkazilgan ichki audit tadbir(lar)ida fuqarolar tomonidan tanlangan yoʻnalishlar toʻliq qamrab olinganmi?

Toʻliq qamrab olingan — 2 ball;

Toʻliq qamrab olinmagan — 0 ball.

4.6.

Ichki audit xizmati faoliyati natijalari yuzasidan hisobot Iqtisodiyot va moliya vazirligiga muntazam ravishda va oʻz vaqtida taqdim etiladimi?

Hisobot belgilangan muddatlarda taqdim etiladi — 2 ball;

Ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etiladi, lekin belgilangan muddatlarda emas — 1 ball;

Ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etilmaydi — 0 ball.

5. Chora-tadbirlar rejasining bajarilishi

5.1.

Ichki audit tadbirida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning barchasi chora-tadbirlar rejasiga kiritilganmi?

Barcha taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan — 2 ball;

Ayrim taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilmagan — 1 ball;

Taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilmagan — 0 ball;

5.2.

Ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilish koʻrsatkichi qanday?

Chora-tadbirlar rejasining bajarilish koʻrsatkichi 90 foiz va undan yuqori — 2 ball;

Chora-tadbirlar rejasining bajarilish koʻrsatkichi 80 foizdan (80 foiz ham kiradi) 90 foizgacha — 1 ball;

80 foizdan past — 0 ball.

5.3.

Ichki audit xizmati tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi boʻyicha monitoring yoʻlga qoʻyilganmi?

Ha, monitoring yoʻlga qoʻyilgan — 2 ball;

Yoʻq, monitoring yoʻlga qoʻyilmagan — 0 ball.

5.4.

Vazirlik va idora rahbari tomonidan ichki audit obyekti vakolatiga kirmaydigan xavflar yuzasidan choralar koʻrilganmi?

Ichki audit obyekti vakolatiga kirmaydigan xavflarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan — 2 ball;

Ichki audit obyekti vakolatiga kirmaydigan xavflar yuzasidan choralar koʻrilmagan — 0 ball.

6. Ichki audit xizmati xodimlarining malaka darajasi

6.1.

Ichki audit xizmati xodimlari malaka oshirish kurslarida doimiy ravishda ishtirok etadimi va uning natijalari qanday?

Ha, malaka oshirish kurslarida ishtirok etadi va natijalar ijobiy (sertifikatlar olgan) — 2 ball;

Malaka oshirish kurslarida ishtirok etadi va natijalar ijobiy emas (sertifikat olmagan) — 1 ball;

Malaka oshirish kurslarida ishtirok etmaydi — 0 ball;

6.2.

Malaka oshirish kurslari yakuniga koʻra qoniqarsiz natija qayd etgan ichki audit xizmati xodimlarni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar?

Xodimlar salohiyatini rivojlantirish boʻyicha choralar koʻrilgan (qayta malaka oshirish kursiga yuborish, intizomiy choralar va boshqalar) — 2 ball;

Xodimlar salohiyatini rivojlantirish boʻyicha choralar koʻrilmagan — 0 ball;

6.3.

Ichki audit xizmati xodimlarining Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash uslubiyatiga muvofiq eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari qanday?

Eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha natijalar ijobiy — 2 ball;

Eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha natijalar ijobiy emas (unday koʻrsatkichlar ishlab chiqilmagan) — 0 ball

6.4.

Ichki audit xizmati xodimlari ichki audit faoliyatiga oid seminar, treninglarda ishtirok etadimi?

Ha, seminar, treninglarda muntazam ravishda ishtirok etadi — 2 ball;

Seminar, treninglarda ishtirok etadi, lekin, muntazam emas — 1 ball;

Seminar, treninglarda ishtirok etmaydi — 0 ball

7. Ichki audit xizmati faoliyatiga oid boshqa savollar

7.1.

Ichki audit faoliyatiga oid murojaatlar ijrosi koʻrsatkichi qanday?

100 foiz — 2 ball;

90 foizdan (90 foiz ham kiradi) 100 foizgacha — 1 ball;

90 foizdan past — 0 ball.

7.2.

Ichki audit xizmati xodimlari tashkilot faoliyatiga oid (elektron) maʼlumotlar va hujjatlardan toʻsiqsiz foydalanadimi?

Ha, toʻsiqsiz foydalanadi — 2 ball

Yoʻq, foydalanishda toʻsiqlar mavjud — 0 ball

7.3.

Ichki audit xizmati xodimlarining fuqarolar ishtirokidagi audit tizimida jamoatchilik tomonidan baholash boʻyicha koʻrsatkichlari qanday?

4 ball va undan yuqori — 2 ball;

3 ball — 1 ball;

3 balldan past — 0 ball.

7.4.

Fuqarolar ishtirokidagi audit tizimida jamoatchilik tomonidan baholash natijalari boʻyicha choralar koʻrilganmi?

Baholash natijalariga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrilgan — 2 ball.

Choralar koʻrilmagan — 0 ball.

7.5.

Ichki audit xizmati xodimlari odob-axloq qoidalarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik choralari koʻrilganmi?

Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik sifatida axloqiy taʼsir choralari qoʻllanilgan — 2 ball;

Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik sifatida axloqiy taʼsir choralari qoʻllanilmagan — 0 ball.

Baholash natijasi (foizda)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Namunaviy savolnomaga baholovchi tashkilot tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunda nazorat savollariga mezonlar ishlab chiqish hamda ball berish baholash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash natijasi

___________ (vazirlik va idora nomi) ___________ (ichki audit tuzilmasi nomi) tomonidan ichki audit faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqlik va sifat darajasi “__” foiz koʻrsatkich bilan ________ (biri tanlanadi: yuqori, oʻrta, past) deb baholandi.

Maʼlumot uchun. Baholash natijasiga koʻra ichki audit xizmati faoliyatining sifat darajasi quyidagicha baholanadi:

yuqori — 90 foiz va undan yuqori, oʻrta — 70 foizdan (70 foiz ham kiradi) 90 foizgacha, past — 70 foizdan kam.

____________________________

____________

____________

Iqtisodiyot va moliya vazirligi masʼul xodimi

(imzo)

(kun, oy, yil)

Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ichki audit xizmati fikr-mulohazalarining
‎NAMUNAVIY SAVOLNOMASI

Ichki audit obyekti nomi
Soʻrovnomani toʻldiruvchining F.I.O.
Sana

T/r‎

Savollar

Bildirilgan fikr — mulohazalar

yaxshi (ha)

qoniqarli

qoniqarsiz (yoʻq)

I.‎

Umumiy savollar

1.‎

Ichki audit xizmati faoliyatini qanday baholaysiz?

2.‎

Ichki audit xizmati xodimlarining bilim va tajribasini qanday baholaysiz?

3.‎

Ichki audit xizmati xodimlari tomonidan faoliyatingiz yuzasidan beriladigan maslahatlarni qanday baholaysiz?

II.‎

Ichki audit tadbirlariga oid savollar

4.‎

Ichki audit tadbiri boshlanishidan avval Sizga bu haqida xabarnoma yuborilganmi?

5.‎

Ichki audit xizmati xodimlarining ichki audit tadbiri boʻyicha bilim va koʻnikmalarini qanday baholaysiz?

6.‎

Ichki audit xizmati xodimlari ichki audit tadbiri davomida odob-axloq qoidalariga muvofiq faoliyat olib bordimi?

7.‎

Ichki audit tadbiri dasturda koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlarda oʻtkazildimi?

8.‎

Ichki audit tadbiri belgilangan muddat davomida oʻtkazildimi?

9.‎

Ichki audit tadbiri davomida aniqlangan xato va kamchiliklarga ichki audit xizmati tomonidan berilgan taklif va tavsiyalardan qay darajada qoniqish hosil qildingiz?

10.

Ichki audit xizmati tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar amaliymi, ular tashkilot faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladimi?

11.‎

Ichki audit tadbiri hisoboti ichki audit xizmati tomonidan xolis tayyorlandimi, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyilmadimi?

12.‎

Ichki audit tadbiri hisobotiga oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirdingizmi hamda ular inobatga olindimi?


‎Qoʻshimcha:

a) kelgusida ichki audit xizmati faoliyatini rivojlantirish boʻyicha nima ishlar qilinishi kerak deb oʻylaysiz?

_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________

b) boshqa fikr-mulohazalar, takliflar (vazirlik va idora moliyaviy faoliyatini yaxshilash yoki ichki audit xizmati faoliyati bilan bogʻliq):
‎_________________________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________________

Izoh.
‎a) soʻrovnomani toʻldirish davomida ichki audit obyekti oʻz fikr-mulohazalarini xolis bayon etishi lozim.
‎b) agar ichki audit obyekti tomonidan bildirilgan fikrlar “qoniqarsiz (yoʻq)” boʻlsa, tegishli asoslantirishlar koʻrsatilishi lozim.
‎v) ushbu soʻrovnomaga baholovchi tashkilot tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

_________________________________

____________

____________

Soʻrovnomani toʻldiruvchi (F.I.O., lavozimi)

(imzo)

(kun, oy, yil)

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.