04.08.2023 yildagi 337-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Boʻstonliq tumanidagi boʻsh turgan, foydalanilmayotgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obyektlar va yer uchastkalaridan samarali foydalanish, ular negizida turizm va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-sentabrdagi 560-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, akademiya xodimlari, talabalari va tinglovchilariga amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish hamda ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 560-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga tegishli boʻlgan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Chimboyliq” MFY hududida joylashgan oromgoh zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish sharti bilan “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali sotish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi xodimlari, talabalari va tinglovchilariga amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish hamda ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjudligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Boʻstonliq tumanidagi boʻsh turgan, foydalanilmayotgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obyektlar va yer uchastkalaridan samarali foydalanish, ular negizida turizm va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-sentabrdagi 560-son qaroriga 1-ilovaning 14-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Chimboyliq” MFY hududida joylashgan oromgoh Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 4-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
337-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2023-y., 09/23/337/0562-son)