27.07.2023 yildagi PQ-241-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp millatli xalqimiz shu kunlarda Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik sanasini baland ruh va koʻtarinki kayfiyat bilan nishonlash uchun qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aynan 1991-yil 31-avgust kuni xalqimiz oʻz Vatani, taqdiri va kelajagiga oʻzi egalik qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Dunyo xaritasida Oʻzbekiston Respublikasi — yangi suveren va mustaqil davlat paydo boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻtgan tarixan qisqa vaqt davomida elimizning fidokorona mehnati va qatʼiyati bilan milliy oʻzligimiz, qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyat va anʼanalarimiz qayta tiklandi, davlat va jamiyat hayotining tub asoslari oʻzgarib, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida oʻzining munosib oʻrniga ega boʻldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqil taraqqiyot yoʻlidagi keng koʻlamli islohotlarimizni izchil davom ettirish, barcha soha va tarmoqlar rivojini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bugungi kunda yurtimizda millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat va davlat barpo etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqealar, xususan yangilangan Konstitutsiyamizning qabul qilinishi el-yurtimiz Yangi Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish va tadbirkorlikka keng yoʻl ochish, yangi ish oʻrinlari yaratish, kambagʻallikni qisqartirish hamda aholining turmush farovonligini oshirish, tibbiy xizmatlar va taʼlim sifatini jahon standartlariga moslashtirish, shahar va qishloqlarimizni obod qilish, yurtimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish yoʻlida erishayotgan natijalarimiz tobora yaqqol namoyon boʻlmoqda, ularni har bir yurtdoshimiz oʻz hayotida sezmoqda, his etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dunyodagi murakkab siyosiy-iqtisodiy vaziyatga qaramasdan, boshlagan islohotlarimizni izchil davom ettirib, yangi bosqichga olib chiqishda biz uchun barcha yutuqlarimiz omili, kuch-gʻayrat, gʻurur va ilhom manbai boʻlib xizmat qilayotgan Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz ikki yilligini Yangi Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shonu shuhratiga mos holda munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasi (A. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramining (keyingi oʻrinlarda — Mustaqillik bayrami) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda nishonlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, “uch avlod uchrashuvi” tadbirlari, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, milliy kino kunlari, gastronomik festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini samarali oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblari, taniqli sportchilardan iborat targʻibot guruhlarini tashkil etsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini oʻz yigʻilishlarida muntazam ravishda eshitib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga yuqori professional mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, bastakor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, isteʼdodli yosh ijrochilar, maqom va baxshichilik sanʼati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Joylarda Mustaqillik bayramini yurtdoshlarimizning talab va istaklari asosida, bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, taʼlim va mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻnggi yillarda respublikamiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni aniq misollar asosida keng yoritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Har bir kun — bu imkoniyat, har bir kun — bu kelajak uchun poydevor” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini ochib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlarga alohida eʼtibor qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, jamiyatda tinch va osoyishta hayotni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vatanimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati boʻlgan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining harbiy jangovar qudratini oshirish va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, “Xalq va armiya — bir tanu bir jondir!” tamoyilini roʻyobga chiqarish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni keng targʻib etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, mehnat faxriylari, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda eʼtibor va koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqsin hamda mazkur konsert tomoshasini yuksak gʻoyaviy-badiiy saviyada tayyorlash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda “Ona diyor ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulugʻ, eng aziz” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etuvchi eng yaxshi qoʻshiq va musiqa asarlari tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur tanlovlarning gʻolib va sovrindorlarini Mustaqillik bayrami arafasida eʼlon qilish va tantanali ravishda taqdirlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-241-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

2.

O.K. Abdurahmonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

3.

X.M. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

4.

Q.Q. Quronboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

5.

Z.B. Mahkamova

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

6.

Sh.B. Umurzakov

Toshkent shahar hokimi v.b., Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari

7.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

8.

Sh.D. Kudbiyev

iqtisodiyot va moliya vaziri

9.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

10.

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri

11.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

12.

A.H. Qoʻldoshev

favqulodda vaziyatlar vaziri

13.

R.M. Joʻrayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

14.

I.Y. Abdurahmonov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

15.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

16.

A.Sh. Inoyatov

sogʻliqni saqlash vaziri

17.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

18.

A.I. Ikramov

yoshlar siyosati va sport vaziri

19.

B.A. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

20.

N.B. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shoʻba mudiri

21.

Q.M. Rafiqov

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi

22.

S. Turdiyev

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi

23.

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

24.

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

25.

R.J. Qurbonov

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

26.

F.F. Abduholiqov

Kinematografiya agentligi bosh direktori

27.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

28.

A.J. Xodjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

29.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

30.

A.V. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

31.

M.M. Hojimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

32.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

33.

R.A. Abdullayev

Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

34.

Sh. Qudratxoʻja

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi

35.

X. Salimov

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisining oʻrinbosari

36.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

37.

N. Xalbutayev

Vazirlar Mahkamasining departamenti mudiri v.b., Respublika komissiyasi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-241-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

1.

Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga (keyingi oʻrinlarda — Mustaqillik bayrami) bagʻishlangan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish.

1. Bayram tadbirining ssenariysi va dasturini tayyorlash.

2023-yil 5-avgust

Respublika budjeti,Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Bayram tadbiriga tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borish.

2023-yil iyul-avgust

3. Bayram tadbirini yuqori saviyada oʻtkazish.

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish.

1. Hududiy komissiyalar tarkibini shakllantirish.

2023-yil 5-avgustga qadar

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Bayramni yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

3. Chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash.

2023-yil sentyabr

3.

Markaziy koʻchalar, xiyobonlar, madaniyat va istirohat bogʻlari va mahallalar hududini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan tasviriy targʻibot vositalari va boshqa bezaklar asosida badiiy bezatish.

1. Hududlarni bayramona bezatish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil avgust

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

2. Rejada belgilangan ishlarni amalga oshirish.

Reja asosida

4.

Tuman va shaharlardagi koʻchalarda joylashgan LED ekranlarda “Istiqloling muborak, jonajon Oʻzbekistonim!” mavzusidagi ijtimoiy roliklarni keng namoyish etish.

1. Ijtimoiy roliklar namoyish etiladigan LED ekranlar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil avgust-sentyabr

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlikl�ri, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiya agentligi

2. Mavzuga oid ijtimoiy roliklarni tayyorlash.

3. Ijtimoiy roliklarni LED ekranlar orqali keng namoyish etish.

5.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan hududlarda arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil etish.

1. Savdo yarmarkalari tashkil etiladigan bozorlar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil avgust-sentyabr

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Bozorlarda 40 kunlik oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish.

6.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillari, “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilari, “Saxovat” uylarida yashayotganlar, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularni har tomonlama eʼzozlash tadbirlarini amalga oshirish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi

2. Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2023-yil avgust-sentyabr

7.

Madaniyat vazirligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash.

1. Madaniyat vazirligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplash.

Bunda, ustamalar, moddiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va boshqa toʻlovlar madaniyat vazirining buyrugʻiga asosan amalga oshiriladi.

2023-yil 1-avgustdan boshlab, joriy yil davomida

Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari, Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Ushbu maqsadlar uchun, istisno tariqasida, Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning foydalanilmagan qismini Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltirib borish.

8.

Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga “Mustaqillik bayramingiz muborak boʻlsin!” matnli SMS-tabriklar joʻnatish.

Mamlakatimizdagi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS-tabriklar joʻnatish boʻyicha tashkiliy choralar koʻrish.

2023-yil 1-sentabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

II. Ommaviy-madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari

9.

Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan xalq saylini oʻtkazish.

Bunda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar huzuridagi badiiy jamoalarning ishtirokini taʼminlash.

1. Xalq saylining dasturini ishlab chiqish.

2023-yil sentyabr

Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari

Toshkent shahar hoki?ligi, Madaniyat vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

2. Xalq saylini yuqori saviyada oʻtkazish.

3. Milliy madaniy markazlarning madaniy dasturlarini tayyorlash va bayram tadbirlarida ularning ishtirokini taʼminlash.

10.

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi milliy raqs ijrochilari respublika tanlovi;

“Isteʼdodlar kamalagi” imkoniyati cheklangan iqtidorli yoshlar koʻrik-tanlovi;

Botir Zokirov nomidagi zamonaviy estrada qoʻshiqchilari tanlovini oʻtkazish.

1. Reja-grafik asosida tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish.

2023-yil avgust oyidan boshlab joriy yil davomida

Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi

2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

11.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yilligiga bagʻishlangan eng yaxshi qoʻshiq va musiqa asarlari tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil avgust

Madaniyat vazirligiga madaniy tadbirlar uchun respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi

2. Tanlovga taqdim etilgan asarlarni saralash.

3. Gʻoliblarni aniqlash va ularni tantanali ravishda taqdirlash, mazkur tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

12.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan:

Toshkent shahrida “Gastro-bazaar” xalqaro gastronomik festivali;

Fargʻona viloyatida “Xalqaro kulolchilik va hunarmandchilik” forumi va koʻrgazmasi;

Toshkent shahrida “Tandir fest 2023” pishirilgan goʻsht festivali;

Toshkent viloyatida “Soʻqoq kabobi” gastronomik festivali;

Qashqadaryo viloyatida “Yoshlar turizmi” II qurultoyi;

Fargʻona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida “Anor hosili” festivali;

Moʻynoqda “Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar” gastronomik festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha reja-grafiklarni ishlab chiqish.

2023-yil avgust oyidan boshlab joriy yil davomida

Mahalliy budjet va mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, Turizm qoʻmitasi

2. Reja-grafiklar asosida tadbirlarni tashkil etish.

3. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

13.

“Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va taqdim etilgan asarlarni saralash.

2023-yil iyul-avgust

“Ilhom” jamoat fondi mablagʻlari

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2. Gʻoliblarni taqdirlash marosimini oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2023-yil avgust

14.

Hududlardagi madaniyat va istirohat bogʻlarida xalq sayillari va ommaviy bayram tomoshalarini uyushtirish.

1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi

2. Rejaga muvofiq madaniy tadbirlarni amalga oshirish.

2023-yil avgust-sentyabr

3. Tadbirlarga dorbozlar, polvonlar, sirk jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, sanʼatkorlar, estrada xonandalari va baxshilarni keng jalb etish.

15.

Keyingi yillarda Moʻynoq tumanida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, aholi turmush tarzidagi ijobiy oʻzgarishlarni oʻzida aks ettirgan “Yangi Moʻynoq” kitob albomi taqdimotini oʻtkazish.

1. Kitob albom taqdimoti dasturi va ssenariysini tayyorlash.

2023-yil avgust

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar hokimligi

2. Toshkent, Nukus shaharlari va Moʻynoq tumanida kitob taqdimotini oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

16.

Hududlarda mustaqillik bayramiga bagʻishlangan “Maʼnaviyat festivali”ni oʻtkazish.

Barcha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, “uch avlod” uchrashuvlari, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblaridan iborat targʻibot guruhlarini tashkil etish hamda ular faoliyat olib borishini taʼminlash.

1. Festivalni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust oyidan alohida reja asosida

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Targʻibot guruhlarini shakllantirish.

3. Festival doirasida “Yoshlar kamolotiga mening hissam!” mavzuida har bir hududga “Kitob karvoni” tashkil etish.

4. Festivalni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

17.

Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan “Ona diyor ranglar jilosida” rasmlar koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

“Ilhom” jamoat fondi mablagʻlari

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Koʻrik-tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish va tadbirni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

18.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan eng yaxshi nasriy, sheʼriy va badiiy publitsistik asarlar respublika tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov shartlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

2023-yil iyul

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

2. Tanlovga taqdim etilgan asarlarni saralash.

2023-yil avgust

3. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash va matbuotda keng yoritish.

19.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning urf-odat va qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan madaniy tadbirlar uyushtirish.

1. Tadbir ssenariysi va dasturini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

2. Tadbirni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalaridakeng yoritish.

20.

“Kitob aksiyasi” doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi taʼlim tashkilotlariga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr qilingan badiiy adabiyotlarni begʻaraz yetkazib berish.

1. “Kitob aksiyasi” tadbirlarini tashkil qilish rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust-sentyabr

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Hududlarga yetkazib beriladigan kitoblar roʻyxatini shakllantirish.

3. Tadbirlarni bayramona ruhda oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

21.

Quyidagilarni:

davlat va jamoat tashkilotlarida “Maʼrifat soati”ni;

taʼlim tashkilotlarida “Mustaqillik darslari”ni uyushtirish.

1. Maʼruzalar matni, taqdimot va roliklarni tayyorlash.

2023-yil avgust-sentyabr

-

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Tadbirlarni belgilangan muddatlarda tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

22.

“Najot — taʼlimda, najot — tarbiyada, najot — bilimda” gʻoyasi asosidagi “Maʼrifat kuni” loyihasini amalga oshirish.

Bunda, taniqli yozuvchi va shoirlar, yosh ijodkorlarning ijodiy suhbatlari, bahru bayt aytishuvlar, otaxon va onaxonlarning tavallud kunlari munosabati bilan “Siz tugʻilgan kun” aksiyalari, maqom va folklor qoʻshiqlari, musiqalar, amaliy sanʼat namunalari, xalq oʻyinlari, milliy liboslar koʻrgazmalarini oʻtkazish.

1. Loyiha doirasida oʻtkaziladigan aksiya va tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2023-yil sentyabr

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yozuvchilar uyushmasi

2. Loyihani amalga oshirish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

3. Ijtimoiy tarmoqlarda xeshteglar va fleshmoblar oʻtkazish.

23.

Toshkent shahridagi Markaziy koʻrgazmalar zalida taniqli rassomlarning sanʼat asarlari koʻrgazmasini tashkil qilish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil sentyabr

-

Badiiy akademiya

2. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

24.

Respublikamiz boʻylab “Milliy kino oyligi”ni oʻtkazish.

1. “Milliy kino oyligi”ning dasturini ishlab chiqish va tegishli tashkiliy tayyorgarliklarni amalga oshirish.

2023-yil sentyabr

Kinematografiya agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi, Kinematografiya agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. “Milliy kino oyligi”ni yuqori saviyada oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

25.

Davlat teatrlarida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish orqali eng sara spektakllar namoyishi va teatr ijodkorlari bilan tomoshabinlar oʻrtasida jonli muloqotlar tashkil etish.

1. “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2023-yil 1-sentabr

-

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Spektakllar namoyishiga aholi, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish choralarini belgilash.

3. “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

26.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining tarixiy ahamiyati, mamlakatimizning rivojlanish istiqbollari mavzularida turkum koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish.

1. Mustaqillik mavzusiga bagʻishlangan koʻrsatuv, eshittirish va materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2023-yil iyul — sentyabr

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

2. Teleradiokanallarda 2023-yil 1-sentabr kuni “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida mustaqillik telemarafonini oʻtkazish.

27.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi xiyobonlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi harbiy orkestrlar tomonidan konsert dasturlarini tashkil etish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust-sentyabr

Vazirliklar va idoralarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Konsert dasturlarini oʻtkazish.

28.

Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi elchixonalari, konsulliklarida bayramga bagʻishlangan madaniy tadbirlar oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2023-yil sentyabr-oktyabr

Tashkilotchilarning oʻz mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi

29.

Mamlakatimizning chet davlatlardagi elchixonalarida hamda oʻzbekistonlik talabalar taʼlim oladigan oliy taʼlim tashkilotlarida “Mustaqillik kuni” tadbirlarini uyushtirish.

1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-dasturlarini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Ijrochi tashkilotlarmablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

2. Reja-dasturlar asosida tadbirlarni tashkil etish.

30.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligiga bagʻishlangan umumxalq marafonini oʻtkazish.

1. Marafonni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust-sentyabr

Ijrochi tashkilotlar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi

2. Marafonda aholining barcha q�tlamlari vakillarining ishtirokini taʼminlash.

3. Marafonni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

31.

Mustaqillik tengdoshi boʻlgan isteʼdodli va intiluvchanyoshlar haqida “Yangi Oʻzbekiston va men” mavzusida ijtimoiy roliklar tayyorlash va ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targʻib etish.

1. Isteʼdodli va intiluvchan yoshlar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil avgust-sentyabr

-

Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Ularning erishayotgan yutuq va natijalari haqida ijtimoiy roliklar tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

32.

Yoshlar oʻrtasida velomarafon tashkil qilish.

1. Velomarafonni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

Ijrochi tashkilotlarmablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Velomarafon oʻtkaziladigan joylarni tayyorlash.

3. Velomarafonni yuqori saviyada oʻtkazish.

33.

Mahallalarda istiqomat qilayotgan yoshlar oʻrtasida kurash, yugurish, futbol, voleybol sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazish.

1. Musobaqalarni oʻtkazish reja-jadvallarini ishlab chiqish.

2023-yil sentyabr — dekabr

-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Musobaqalarga puxta tayyorgarlik koʻrish.

3. Musobaqalarni oʻtkazish va gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish.

34.

Hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etish.

1. Ochiq muloqotlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish.

2023-yil avgust-sentyabr

-

Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Jadval asosida ochiq muloqotlarni oʻtkazish va ularda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2023-y., 07/23/241/0535-son)