05.07.2023 yildagi 273-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida raqamli texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy texnologiyalarga mos, taʼlimdan ishlab chiqarishgacha boʻlgan yaxlit zanjir yaratishni koʻzda tutuvchi IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buxoro viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani “Xoʻjalar” MFY Buxoro koʻchasida joylashgan bino va inshootlar hamda ularga tutash 6,939 gektar yer maydonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim berish va IT-xizmatlar eksportiga ixtisoslashtirilgan Qorakoʻl IT-klasterini (keyingi oʻrinlarda — IT-klaster) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi hamda “Acharya Institutes” (Hindiston) oʻrtasida 2022-yil 10-oktabrda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida 2 mln AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyani kiritish sharti bilan “Acharya” universitetini tashkil etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik shartnomasi imzolanganligini inobatga olib, IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun masʼul etib “Acharya University” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonani belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, IT-klaster doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy infratuzilma, laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlariga ega universitet;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot markazlari, oʻquv laboratoriyalari va startap loyihalarni rivojlantirish inkubatsiya markazi va boshqa obyektlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar IT-klaster faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro taʼlim standartlari asosida kiberxavfsizlik, sunʼiy intellekt, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayonini ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy va mahalliy IT-kompaniyalarda talabalar amaliyotini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish boʻyicha nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va IT-kompaniyalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqish va xizmatlar koʻrsatish, masofaviy IT-xizmatlar eksporti hajmini oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarni ishlab chiqish hamda yoshlarda bunday koʻnikmalarni shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga tegishli Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani “Xoʻjalar” MFY Buxoro koʻchasidagi 8,68 gektar yer maydonining 6,939 gektarini unda joylashgan bino va inshootlar bilan (Qorakoʻl tumani Buxoro koʻchasidagi 22-uy manzilida joylashgan maʼmuriy binodan tashqari) operativ boshqaruv huquqi bilan Qorakoʻl tumani hokimligiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buxoro viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun talab etiladigan xarajatlarni Buxoro viloyati mahalliy budjeti hamda 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida Buxoro viloyati uchun ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi hisobidan teng ulushlarda moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda — 2023-yil 31-dekabrga qadar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan maʼmuriy bino, oʻquv laboratoriyasi va 5 600 oʻringa moʻljallangan oʻquv binolari quriladi hamda zarur jihozlar bilan taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda — 2024-yil 1-sentabrga qadar 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida Buxoro viloyati uchun ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilinadigan qismi hisobidan 1 300 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi, 15 oʻringa moʻljallangan mehmonxona, 100 oʻringa moʻljallangan inkubatsiya markazi, 200 oʻringa moʻljallangan masofaviy IT-xizmatlar eksporti markazi, oshxona, ochiq va yopiq turdagi sport inshootlari quriladi, jihozlanadi hamda tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur bino va inshootlarni qurish, jihozlash va obodonlashtirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib belgilansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda tender (tanlov) natijasida aniqlanishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Buxoro viloyati hokimligi uch oy muddatda buyurtmachi va bosh loyiha tashkiloti bilan birgalikda obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda vakolatli organlardan belgilangan tartibda ekspertiza xulosalarini olish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur bino va inshootlarda qurilish-montaj ishlari sifatli amalga oshirilishi yuzasidan belgilangan tartibda davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur bino va inshootlar foydalanishga topshirilgunga qadar “Acharya” universitetini qabul jarayoni va taʼlim faoliyati uchun belgilangan talablarga mos keladigan koʻchmas mulk obyektlarida ijara toʻlovlarini Buxoro viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish orqali vaqtincha joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IT-klaster faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur bino va inshootlar foydalanishga topshirilgandan soʻng ushbu bino va inshootlarda “Acharya” universitetini tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, “Acharya” universitetiga belgilangan tartibda litsenziya olingandan soʻng taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi mazkur qaror doirasida ajratiladigan budjet mablagʻlarining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov va Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 5-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
273-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2023-y., 09/23/273/0455-son)