O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2022-yil 11-noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo-davlatlar hukumatlari o‘rtasida soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini joriy etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ belgilanganligi to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 19-iyun,
PQ-194-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2023-y., 07/23/194/0399-son)