Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qora metall parchalari va chiqindilarini temir yoʻl transportida tashish xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qora metallurgiya sanoatida ikkilamchi xomashyodan oqilona foydalanish hamda temir yoʻl transportida qora metall parchalari va chiqindilarini tashish xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Transport vazirligi, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning qora metall parchalari va chiqindilarini temir yoʻl transportida tashishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida ularni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati naryadlari tomonidan kuzatib borish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-avgustdagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati naryadlari tomonidan kuzatib borilishi kerak boʻlgan yuklar roʻyxati quyidagi mazmundagi 33-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
| “ | ||
| 33. | Lomi i otxodi chernix metallov | 72040000 — 72045000 |
| ”. |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov hamda Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-iyun,
243-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 09/23/243/0364-son)