Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Elektron kooperatsiya birjasi portali orqali xaridlarni amalga oshirish uchun buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarning avans mablagʻlari (zakalat va operatorning vositachilik yigʻimi) miqdorini belgilash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 8-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3206-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 392-son “Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining 2019-yil 29-noyabrdagi 17-son “Elektron kooperatsiya birjasi portali orqali xaridlarni amalga oshirish uchun buyurtmachilar va yetkazib beruvchilarning avans mablagʻlari (zakalat va operatorning vositachilik yigʻimi) miqdorini belgilash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3206, 2019-yil 23-dekabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-iyun,
22-son
Kelishildi:
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri L. KUDRATOV
2023-yil 25-may
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2023-y., 10/23/3206-1/0347-son)