29.05.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2780-5
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori, 29.05.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2780-5
Kuchga kirish sanasi
01.06.2023
Hujjat 01.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 29-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2780-5]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmoni hamda 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-son “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adliya vazirligining 2016-yil 22-apreldagi 1-2016, 4-son “Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2780, 2016-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 172-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. ABDURAHMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2023-yil 24-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-q/q-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A. TAShKULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 27-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 5-q/q-son hamda Adliya vazirligining 2023-yil 27-maydagi 2-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qarorning muqaddimasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Nizom Toshkent davlat yuridik universitetida (bundan buyon matnda universitet deb yuritiladi) oʻqitishning kredit-modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini belgilaydi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 21-bandning ikkinchi xatboshisi va 56-banddagi “Oʻquv-uslubiy kengashi” degan soʻzlar “Akademik halollik kengashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 22-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yakuniy nazorat savollari boʻyicha ballar miqdori taqsimoti (baho foizi) universitet Akademik halollik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. Yakuniy nazorat oʻtkazilayotgan auditoriyaga auditoriya rahbari va kuzatuvchilardan boshqa shaxslarning kirishi qatʼiyan taqiqlanadi. Yakuniy nazorat oʻtkazish jarayoni rektor, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, Oʻquv-uslubiy boshqarmasining va Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimining rahbarlari hamda xodimlari, shuningdek dekanlar va ularning oʻrinbosarlari tomonidan nazorat qilib turilishi mumkin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) 31-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yakuniy nazorat oʻtkazish qoidalarini buzgan talabalarni elektron taʼlim platformasida tegishli dalolatnoma tuzgan holda imtihondan chetlashtirish.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 371-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“371. I yoki II guruh nogironligi boʻlgan talabaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan yakuniy nazorat ishlarini kompyuterda bajarish imkoniyati mavjud boʻlmaganda u yakuniy nazorat davri boshlanishidan kamida ikki hafta oldin oʻquv ishlari boʻyicha prorektorga murojaat qiladi. Bunda, ushbu talabaning nogironligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasi Universitet tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi yoki “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi. Mazkur bandda nazarda tutilgan talabalar yakuniy nazoratni ogʻzaki imtihon shaklida komissiyaga topshiradi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yakuniy nazorat ishlarini tekshirish yakuniy nazorat imtihonlari yakunlangan kundan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Zaruratga koʻra (internet tarmogʻida yoki elektron taʼlim platformasida texnik nosozlik yuz berganda) ushbu muddat universitet rektori tomonidan 5 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yakuniy nazorat ishlarini tekshirish muddati yakunlangan kundan boshlab 1 ish kuni ichida natijalar elektron taʼlim platformasida eʼlon qilinadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) 46-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Oʻquv-uslubiy kengash” degan soʻzlar “Akademik halollik kengashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oraliq nazorat boʻyicha qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan talabalar baho eʼlon qilingandan boshlab 72 soat davomida elektron taʼlim platformasi orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Bunda, talabalar oʻquv dasturidagi baholash mezonlariga asoslanib apellatsiya shikoyatida oʻqituvchining taqriziga shikoyat bildirishi lozim.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zaruratga koʻra (internet tarmogʻida yoki elektron taʼlim platformasida texnik nosozlik yuz berganda, talaba betobligi tufayli platformaga apellatsiya shikoyatini yuklay olmay qolganda) ushbu muddat universitet rektori tomonidan 72 soatgacha uzaytirilishi mumkin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yakuniy nazorat boʻyicha qoʻyilgan balldan norozi boʻlgan talabalar baho eʼlon qilingandan boshlab 72 soat davomida elektron taʼlim platformasi orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin. Bunda, talabalar oʻquv dasturidagi baholash mezonlariga asoslanib apellatsiya shikoyatida oʻqituvchining taqriziga shikoyat bildirishi lozim.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zaruratga koʻra (internet tarmogʻida yoki elektron taʼlim platformasida texnik nosozlik yuz berganida, talaba betobligi tufayli platformaga apellatsiya shikoyatini yuklay olmay qolganda) ushbu muddat universitet rektori tomonidan 72 soatgacha uzaytirilishi mumkin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “55” raqami “56” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“d” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻquv-uslubiy kengash” degan soʻzlar “Akademik halollik kengashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) 61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“61. Oʻquv mashgʻulotlarida kasalligi yoki hujjat bilan tasdiqlangan boshqa uzrli sabablar tufayli (yoʻl-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, yaqin qarindoshining yoki talabaning nikoh tuzishi, farzand tugʻilishi, fan, madaniyat va sport sohalaridagi xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida, harbiy kafedra mashgʻulotlarida ishtirok etganlik, universitetning elektron taʼlim platformasida yuzaga kelgan texnik nosozlik) ishtirok etmagan va shu sababli oraliq yoki yakuniy nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabaga uning arizasi hamda ilova qilingan asoslantiruvchi hujjatlarga muvofiq fakultet dekani tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor bilan kelishilgan holda oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, talaba fakultet dekani nomiga oraliq yoki yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat berishni soʻrab, uzrli sabablar (holatlar) bartaraf etilgan vaqtdan boshlab 15 ish kuni ichida ariza bilan murojaat qilishi lozim.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) 71-banddagi “Oʻquv-uslubiy kengashda” degan soʻzlar “Akademik halollik kengashida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) 72-banddagi “Oʻquv-uslubiy kengashda” degan soʻzlar “Akademik halollik kengashida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/2780-5/0308-son)