11.05.2023 yildagi PQ-153-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatish sohasi, xususan umumiy ovqatlanish va tovarlarni yetkazib berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar faoliyati rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm3 dan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega boʻlgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam boʻlgan elektr dvigatelli ikki yoki uch gʻildirakli transport vositalari, shu jumladan xuddi shunday tavsiflarga ega boʻlgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yoʻlning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi boʻlishi shartligi toʻgʻrisidagi talab 2024-yil 1-yanvarga qadar toʻxtatib turilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, mazkur bandda koʻrsatilgan transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarurligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qaroriga ilovaning 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“23. Buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno)”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-153-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2023-y., 07/23/153/0273-son)