Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2022-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 14-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 6-aprelda maʼqullangan
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim (Toshkent, 2022-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-aprel,
OʻRQ-835-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2023-y., 03/23/835/0230-son)