12.04.2023 yildagi 152-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.04.2023 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash, davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratik, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan talablarni tubdan qisqartirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, olib borilgan tahlillar haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarida inson omilini qisqartirish, fuqarolarga masofadan xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish orqali ortiqcha ovoragarchilik, navbatlarni qisqartirish zaruratini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibotlarini qisqartirish, ushbu jarayonlarni raqamlashtirish orqali fuqarolarga soddalashtirilgan davlat xizmatlarini koʻrsatishni joriy etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini taʼminlash hamda haydovchilik guvohnomasini berish va ularni yangisiga almashtirish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2023-yil 15-apreldan boshlab milliy haydovchilik guvohnomasini shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etilsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi maʼlumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi maʼlumotlari mavjud boʻlmagan taqdirda ariza beruvchilar oʻzlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish boʻyicha arizalar ariza beruvchilarning YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organi yoki Davlat xizmatlari markazi tomonidan milliy haydovchilik guvohnomasi (almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish) rasmiylashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy haydovchilik guvohnomasini olish boʻyicha murojaatlarni YIDXP orqali qabul qilinishi va fuqarolarning ixtiyoriga koʻra milliy haydovchilik guvohnomasi pochta orqali yetkazib berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda bu haqidagi maʼlumotlar axborot tizimlari orqali tasdiqlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ismi, familiyasi va otasining ismi oʻzgargan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga doimiy taqdim etib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi maʼlumotlarini joylashtirish uchun Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimini ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalaridagi “ADTT” va “ShIQAT” avtomatlashtirilgan tizimlari bilan integratsiya qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha tadbirkorlik subyektlari va Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan haydovchilikka nomzodlarning amaliy va nazariy imtihon natijalarini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami asosida yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritish hamda maʼlumotlarni real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi asosida taqdim etish imkoniyatini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2023-yil yakuniga qadar barcha mavjud haydovchilik guvohnoma maʼlumotlarini jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bogʻlagan holda raqamlashtirish ishlarini yakunlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 12-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-apreldagi 152-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat taʼlim muassasalari hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, imtihonlarni oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-bandning “g” kichik bandidagi “(toʻlovlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi)” jumlalari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“55. Manfaatdor shaxs milliy haydovchilik guvohnomasini oʻzi kelib YHXBning RvaIOB yoki Davlat xizmatlari markazidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida oʻzi olib ketadi yoxud xohishiga koʻra milliy haydovchilik guvohnomasini pochta aloqasi orqali olishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha faoliyat yurituvchi oʻquv tashkilotlarini tugatgan haydovchilikka nomzodlar yoki qonunchilik hujjatlarida imtihon topshirishi nazarda tutilgan haydovchilar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi)dan imtihon qabul qilish hamda milliy haydovchilik guvohnomalarini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilinganda davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ariza beruvchidan imtihon qabul qilish (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) YIDXP orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — DYHXX) organlari yoki avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlari (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomalarini berish, almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish YIDXP orqali DYHXX organlari yoki Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Milliy haydovchilik guvohnomasi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga belgilangan toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi va egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasi ariza beruvchiga 10 yil muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchilar milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 12-apreldagi 177-son qaroriga muvofiq biriktirilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga ega boʻlishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat xizmatlarini koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Ariza beruvchidan imtihon qabul qilish hamda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi va ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlarning roʻyxati koʻrsatiladigan xizmat turlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat taʼlim muassasalari hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, imtihonlarni oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) talablari asosida soʻrovnomani toʻldirish jarayonida avtomatik tarzda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnomaga talab etiladigan hujjatlarning skaner qilingan “PDF” shaklidagi nusxalari ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi kelgusida milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishda oʻz ixtiyoriga asosan identifikatsiyalovchi ID-karta (keyingi oʻrinlarda — ID-karta) yoki biometrik pasportdagi (fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasportidagi ham) bosh barmoq izi maʼlumotidan foydalanishiga ruxsat beriladi. Agar ariza beruvchi ID-karta yoki biometrik pasportga (fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti ham) ega boʻlmasa, oʻzining imzo namunasini elektron shaklda (kompyuter yoki mobil telefon orqali) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soʻrovnoma toʻldirilib, tegishli hujjatlarning nusxalari ilova qilinganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzoni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (daktiloskopiya, elektron imzo, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnomalar har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, yigirma toʻrt soat davomida yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, soʻrovnomalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda, navbatdagi ish kuni soʻrovnoma qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi, YIDXP orqali murojaat qilinganligi uchun belgilangan yigʻimning 90 foizi undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, undirilgan yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan yoki maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan taqdirda, zarur hujjatlar ilova qilinmaganda shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmaganda, soʻrovnoma avtomatik ravishda rad etiladi hamda bu haqida ariza beruvchiga onlayn rejimida avtomatik tarzda elektron javob qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini koʻrsatish boshqa asoslarga koʻra rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza beruvchi tomonidan kiritilgan barcha hujjatlar YIDXP orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda ariza beruvchi tanlagan tegishli DYHXX organiga yoki ushbu hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnomada milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradigan DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi uning arizasi DYHXX organi yoki tadbirkorlik subyekti tomonidan elektron jurnalda roʻyxatga olingunga qadar davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortish va toʻlangan yigʻim summasini qaytarib olish huquqiga ega. Ariza elektron jurnalda roʻyxatga olinganidan soʻng davlat xizmatlaridan foydalanish rad etilganda, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi tomonidan DYHXX organida imtihon topshirish nazarda tutilganda imtihonlarda qatnashish uchun quyidagi miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazariy imtihon topshirish uchun — BHMning 10 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun — BHMning 15 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomototransport vositalarini, shu jumladan, transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun — BHMning 10 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun — BHMning 15 foizi miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi tomonidan tadbirkorlik subyektida imtihon topshirish nazarda tutilganda imtihonlarda qatnashish uchun toʻlovlar miqdori tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. DYHXX organining yoki tadbirkorlik subyektining masʼul xodimi bir ish kunida imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kelib tushgan elektron soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri toʻldirilganligi va toʻliqligini, shuningdek, tegishli toʻlovlarning toʻlanganligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hujjatlar toʻgʻri va toʻliq boʻlgan taqdirda, ularni alohida elektron jurnalga kiritadi hamda ariza beruvchining nazariy imtihonga qoʻyilganligini qayd etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, kelib tushgan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni elektron jurnalga kiritish rad etilib, bu haqida ariza beruvchiga YIDXP orqali QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan va masʼul xodimning ERIsi bilan tasdiqlangan xabarnoma yuboriladi va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan batafsil tushuntirish beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi uning soʻrovnomasi rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan boshlab oʻttiz ish kuni mobaynida hujjatlardagi kamchiliklarni toʻgʻrilab, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlamagan holda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, YIDXP orqali ushbu bandda koʻrsatilgan muddatlarda takroriy murojaatni tegishli DYHXX organiga yoki tadbirkorlik subyektiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kelgusi oʻn ish kuni ichida nazariy imtihon topshirishning aniq sanasi va vaqti, shuningdek, imtihon topshiriladigan tegishli DYHXX organi yoki tadbirkorlik subyekti koʻrsatilgan xabarnomani rasmiylashtiradi hamda uni QR-kod (matrik shtrixli kod) va xodimning ERIsi bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchi imtihon topshirish yuzasidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) haydovchilikka nomzodlar shaxsini tasdiqlovchi va soʻrovnomaga ilova qilingan hujjatlarning asli bilan birga xabarnomada koʻrsatilgan tegishli DYHXX organiga yoki tadbirkorlik subyektiga belgilangan sana va vaqtda nazariy imtihonda qatnashish uchun yetib kelishi lozim, bundan qonunchilikda nazariy imtihon topshirish talab etilmaydigan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi uzrli sabablarsiz belgilangan sana va vaqtda nazariy imtihonga yetib kelmagan yoki tegishli hujjatlarning aslini taqdim etmagan taqdirda, imtihonni qabul qiluvchi masʼul xodim nazariy imtihon oʻtkazilmaganligi haqidagi xabarnomani shu kunning oʻzida elektron arizalarni koʻrib chiqish uchun masʼul xodim (ish joyi)ga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masʼul xodim ariza beruvchining belgilangan sana va vaqtda nazariy imtihonga yetib kelmaganligi yoki tegishli hujjatlarning aslini DYHXX organiga yoki tadbirkorlik subyektiga taqdim etmaganligi sababli imtihonga qoʻyilishi rad etilganda, uzrli sabablarni tasdiqlovchi hujjatlar 10 ish kuni ichida taqdim etilgan taqdirda, davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmagan holda imtihon qabul qilinishi mumkinligi haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan va ERI bilan tasdiqlangan holda bir ish kuni ichida ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi uzrli sabablarga koʻra belgilangan vaqtda nazariy imtihonga yetib kelmaganligi yoki tegishli hujjatlarning asli taqdim etilmaganligi haqidagi maʼlumot rad etilishini tasdiqlay olmasa, uning soʻrovnomasi rad etiladi. Bunda, ariza beruvchi ushbu Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan yigʻim summasini toʻlagan holda davlat xizmatlaridan takroran foydalanish huquqiga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ariza beruvchi DYHXX organida yoki tadbirkorlik subyektida inson omilini istisno etuvchi nazariy imtihonlarni qabul qilish tizimi orqali belgilangan tartibda nazariy imtihondan oʻtgan taqdirda, unga darhol imtihonlarni qabul qilish tizimi orqali avtomatik tarzda amaliy imtihonga ruxsat beriladi hamda ikki oylik muddat ichida amaliy imtihonni topshirishi lozimligi haqida ogohlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi nazariy imtihondan oʻtmagan taqdirda, unga darhol imtihonlarni qabul qilish tizimi orqali avtomatik tarzda yetti kalendar kun oʻtganidan soʻng nazariy imtihonni takroran topshirishi mumkinligi haqida maʼlumot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu muddat oʻtmagunga qadar imtihonlarni qabul qilish tizimi tomonidan ariza beruvchiga nazariy imtihonni topshirishga takroran ruxsat berilmaydi. Kelgusi nazariy imtihonni topshirishda ariza beruvchi imtihondan oʻtmagan taqdirda ham imtihonlarni qabul qilish tizimi avtomatik tarzda shu jarayonni takrorlaydi. Bunda, nazariy imtihonlarni takroran topshirish soni cheklanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ariza beruvchi inson omili aralashmagan holda (Nizomda belgilangan alohida hollar bundan mustasno) sunʼiy ong orqali baholanadigan faqat maxsus tashkil etilgan avtodromda belgilangan vaqtda amaliy imtihonlarni topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi nazariy imtihonni topshirganidan soʻng ikki oy muddat ichida amaliy imtihonni topshirishi lozim. Bunda, imtihonlarni qabul qilish tizimi avtomatik tarzda amaliy imtihonni takroran topshirish vaqtini yetti kalendar kundan keyingi kunlarga belgilaydi. Agar ariza beruvchi ikki oy muddatda amaliy imtihonni topshira olmasa, imtihonlarni qabul qilish tizimi avtomatik tarzda uni yana nazariy imtihon topshirishga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazariy va amaliy imtihonlarni qayta topshirish ushbu Reglament va Nizomda nazarda tutilgan tartibda qayta topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza beruvchining avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganligi haqidagi maʼlumotlar uni oʻtkazuvchi DYHXX organlari yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan imtihonlar topshirilgan vaqtning oʻzida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — Tizim) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchiga YIDXP orqali milliy haydovchilik guvohnomasini berish uchun mazkur Reglamentning 14-bandida belgilangan yigʻimni toʻlash boʻyicha toʻlov invoysi elektron ravishda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish uchun BHMning 70 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasi berilganligi uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishning har qanday bosqichida xizmatdan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ariza beruvchi xohishiga koʻra, milliy haydovchilik guvohnomasini pochta aloqasi orqali olishi mumkin. Bunda, pochta harakatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov miqdori pochta xizmati tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Soʻrovnoma unda koʻrsatilgan DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga kelib tushgandan soʻng DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi uni 2 ish soati davomida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olishda oʻz ixtiyoriga asosan ID-karta yoki biometrik pasportdagi (fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasportidagi ham) raqamli suratidan foydalanishiga ruxsat beradi yoki DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib suratga tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomadagi maʼlumotlarni Tizimdagi maʼlumotlar bilan solishtiradi. Bunda, ariza beruvchining avtomototransport vositalarini boshqarish toifasi haqidagi maʼlumotlar milliy haydovchilik guvohnomasi blankasiga avtomatik joylashtiriladi va milliy haydovchilik guvohnomasi nashrga beriladi va milliy haydovchilik guvohnomasi tayyor boʻlganligi haqida ariza beruvchi axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Quyidagi hollarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish rad qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar notoʻgʻri ekanligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchining milliy haydovchilik guvohnomasini olish boʻyicha amaliy hamda nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlik fakti tasdiqlanmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan tegishli yigʻim toʻlanmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini berish rad etilgan kundan boshlab oʻttiz ish kuni mobaynida davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlamasdan koʻrsatilgan kamchilikni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ariza beruvchi soʻrovnomada milliy haydovchilik guvohnomasining pochta aloqasi orqali yetkazib berilishini koʻrsatgan boʻlsa, DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi nashr qilingan milliy haydovchilik guvohnomasini pochta xizmati xodimiga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar soʻrovnomada pochta xizmatidan foydalanish nazarda tutilmagan boʻlsa, ariza beruvchining oʻzi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan soʻrovnomada koʻrsatilgan DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga kelib milliy haydovchilik guvohnomasini olib ketadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Pochta xizmati xodimi tayyor boʻlgan milliy haydovchilik guvohnomasini olgandan soʻng, ariza beruvchi bilan telefon orqali bogʻlanib, soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga (Toshkent shahri va viloyatlar markazida bir ish kuni, qolgan hududlarda ikki ish kuni ichida) milliy haydovchilik guvohnomasini yetkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ariza beruvchi bilan telefon orqali kelishilgan vaqtda ariza beruvchi ushbu manzilda boʻlmasa, ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini ushbu hududdagi pochta aloqasi boʻlimidan oʻn ish kuni davomida olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasi mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatda ariza beruvchi tomonidan olib ketilmasa, pochta xizmati xodimi milliy haydovchilik guvohnomasini uni rasmiylashtirgan DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga topshiradi. Bunda, ariza beruvchining oʻzi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan soʻrovnomada koʻrsatilgan DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga kelib milliy haydovchilik guvohnomasini olib ketadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, pochta xizmati uchun toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ariza beruvchining ismi, familiyasi va otasining ismi oʻzgarganda, shuningdek, milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish hamda yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish uchun DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki mustaqil tarzda YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi tomonidan taqdim etilgan ismi, familiyasi va otasining ismi oʻzgargan shaxslar haqidagi maʼlumotlar Tizimda oʻzaro solishtiriladi. Bunda, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega shaxslar YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yoki ularning mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtgan mobil telefon raqamiga milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish boʻyicha xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishida oʻz ixtiyoriga asosan ID-karta yoki biometrik pasportdagi (fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasportidagi ham) bosh barmoq izi maʼlumotidan foydalanishiga ruxsat beriladi. Agar ariza beruvchi ID-karta yoki biometrik pasport (fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti ham) ega boʻlmasa, oʻzining imzosi namunasini elektron tarzda (kompyuter yoki mobil telefon orqali) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eski namunadagi haydovchilik guvohnomasining rasmi (orqa hamda old tomoni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi talonining rasmi (orqa hamda old tomoni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yoʻqolgan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga yangisini berish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va/yoki talonining rasmi (orqa hamda old tomoni) (mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun faqat soʻrovnoma toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi yoʻqotilgan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga yangi guvohnoma olish uchun murojaat qilganda uning avtomototransport vositasini boshqarishga boʻlgan huquqi mavjudligi yoki bu huquqdan mahrum etilmaganligi Tizimda tasdiqlangandan soʻng unga shu vaqtning oʻzida toʻlov invoysi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza beruvchining yoʻqotilgan haydovchilik guvohnomasi haqidagi maʼlumotlar Tizimda aniqlanmaganda ariza beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish boʻyicha Nizom asosida DYHXX organlariga umumiy tartibda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish va uni yangisiga almashtirish uchun BHMning 70 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqotilgan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini berish uchun BHMning 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasi berilganligi uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yigʻimlar miqdori ushbu Reglamentning 15-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ariza beruvchi xohishiga koʻra, milliy haydovchilik guvohnomasini pochta aloqasi orqali olishi mumkin. Bunda, pochta xarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta aloqasi tomonidan koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov miqdori pochta xizmati tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Soʻrovnoma unda koʻrsatilgan DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga kelib tushgandan soʻng, DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi uni 2 ish soati davomida koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olishda oʻz ixtiyoriga asosan ID-karta yoki biometrik pasportdagi (fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasportidagi ham) raqamli suratidan foydalanishiga ruxsat beriladi yoxud DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib suratga tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi soʻrovnomadagi maʼlumotlarni Tizimdagi maʼlumotlar bilan solishtiradi va maʼlumotlar toʻgʻri boʻlganda milliy haydovchilik guvohnomasini nashrga beradi va milliy haydovchilik guvohnomasi tayyor boʻlganligi haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi yoki rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirishni rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchining ismi, familiyasi va otasining ismi oʻzgarganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Quyidagilar milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish, yoʻqolgani oʻrniga yangisini berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy haydovchilik guvohnomasi haqidagi maʼlumotlar Tizimda tasdiqlanmaganligi yoki ariza beruvchining transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilganligi (yoʻqolgan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga yangisini berish boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilova qilishini lozim boʻlgan hujjatlarning soʻrovnomaga ilova qilinmaganligi (eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish boʻyicha).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish, yoʻqolgani oʻrniga yangisini berishni boshqa asoslarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish, yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish rad etilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida davlat xizmati koʻrsatish uchun yigʻim toʻlamasdan koʻrsatilgan kamchilikni bartaraf etgan holda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ariza beruvchi soʻrovnomada yangi milliy haydovchilik guvohnomasining pochta aloqasi orqali yetkazib berilishini koʻrsatgan boʻlsa, DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi bosma milliy haydovchilik guvohnomasini pochta xizmati xodimiga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar soʻrovnomada pochta xizmatidan foydalanish nazarda tutilmagan boʻlsa, ariza beruvchining oʻzi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan soʻrovnomada koʻrsatilgan DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga kelib milliy haydovchilik guvohnomasini olib ketadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Pochta xizmati xodimi tayyor milliy haydovchilik guvohnomasini olgandan soʻng ariza beruvchi bilan telefon orqali bogʻlanib, soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga (Toshkent shahri va viloyatlar markazida bir ish kuni, qolgan hududlarda 2 ish kuni ichida) milliy haydovchilik guvohnomasini yetkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirilganda pochta xizmati xodimi eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning talonini ariza beruvchidan qabul qilib oladi va ularni ushbu hududga eng yaqin DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini boshqasiga almashtirish hamda ariza beruvchining ismi, familiyasi va otasining ismi oʻzgarishi sababli yangi milliy haydovchilik guvohnomasi olinganda, mavjud haydovchilik guvohnomasi ariza beruvchining oʻzida qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Pochta xizmati xodimi ariza beruvchi bilan telefon orqali kelishilgan vaqtda ariza beruvchi ushbu manzilda boʻlmasa, ariza beruvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan (eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirilganda eski namunadagi haydovchilik guvohnoma hamda uning taloni ham) milliy haydovchilik guvohnomasini ushbu hududdagi pochta aloqasi boʻlimidan oʻn ish kuni davomida olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy haydovchilik guvohnomasi mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatda ariza beruvchi tomonidan olib ketilmasa, pochta xizmati xodimi milliy haydovchilik guvohnomasini uni rasmiylashtirgan DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga topshiradi. Bunda, ariza beruvchining oʻzi shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan (eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirilganda eski namunadagi haydovchilik guvohnoma hamda uning taloni ham) soʻrovnomada koʻrsatilgan DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga kelib milliy haydovchilik guvohnomasini olib ketadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu holatda pochta xizmati uchun toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ariza beruvchi tayyor boʻlgan milliy haydovchilik guvohnomasini qabul qilib olmagan taqdirda, uning guvohnomasi arxivda ikki yilgacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saqlash muddati oʻtib ketgan taqdirda, milliy haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Hujjatlar almashinuvida ishtirok etuvchi organlar oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi xodimlari va mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Ariza beruvchidan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni olish

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.

Xohishiga koʻra

2. Tegishli hujjatlar va ularning elektron shaklini jamlaydi.

3. Elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi (unga ilova qilinadigan hujjatlarning elektron shaklini ilova qilgan holda) va tasdiqlaydi.

4. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimni toʻlaydi.

2-bosqich

YIDXP

Soʻrovnomani tegishli DYHXX organiga yoki tadbirkorlik subyektiga joʻnatadi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

DYHXX organi yoki tadbirkorlik subyekti

1. Tushgan soʻrovnoma va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻri va toʻliq toʻldirilganligini hamda toʻlovlarning toʻlanganligini tekshiradi.

1 kun ichida

2. Hujjatlarni alohida elektron jurnalga kiritadi.

3. Murojaatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xabarnomani shakllantirib, uni ERI bilan tasdiqlangan holda ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga joʻnatadi.

4-bosqich

DYHXX organi yoki tadbirkorlik subyekti

Haydovchilikka nomzoddan nazariy va amaliy imtihonlarni qabul qiladi.

Xabarnomada belgilangan sana va vaqtda

II. Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish

5-bosqich

Ariza beruvchi

Nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgandan soʻng milliy haydovchilik guvohnomasini olish boʻyicha belgilangan yigʻimni toʻlaydi.

Xohishiga koʻra

6-bosqich

DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi

Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga taqdim etadi yoki uni pochta xizmati orqali ariza beruvchining manziliga yuboradi.

2 ish soati ichida

III. Milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish

7-bosqich

Ariza beruvchi

1. DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

Xohishiga koʻra

2. Elektron shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi (unga ilova qilinadigan hujjatlarning elektron shaklini ilova qilgan holda) va tasdiqlaydi.

3. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan miqdordagi yigʻimni toʻlaydi.

8-bosqich

DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markazi

Taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga taqdim etadi yoki uni pochta xizmati orqali ariza beruvchining manziliga yuboradi.

2 ish soati ichida

Taqdim etilgan maʼlumotlarda notoʻgʻri yoki xato maʼlumotlar aniqlanganda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishni rad qiladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

imtihon topshirish uchun

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. JSh ShIR:

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

7. Nechanchi marta imtihon topshirishi:

8. Qaysi turdagi avtomototransport vositalarini boshqarish boʻyicha imtihon topshirishi:

9. Haydovchilarni tayyorlash boʻyicha oʻqigan oʻquv muassasasi nomi va joylashgan tumani (shahar):

10. Imtihon topshirish hududi:

11. Nogironligi (kar yoki kar-soqov va boshqalar) turi:

12. Tramvay, trolleybusni boshqarish boʻyicha imtihon topshirish:

13. Milliy haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtiriladigan joy:

14. Milliy haydovchilik guvohnomasini yetkazib berish manzili:

15. Xizmat natijasini olish usuli:

DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda

Pochta xizmati orqali

Milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish uchun

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Milliy haydovchilik guvohnomasini yetkazib berish manzili:

5. JSh ShIR:

6. Telefon raqami:

7. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa):

8. Xizmatdan foydalanish sababi:

milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish

yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish

9. Milliy haydovchilik guvohnomasining toifasi (almashtirish boʻyicha):

10. Milliy haydovchilik guvohnomasini olinadigan yoki almashtiriladigan joy:

11. Xizmat natijasini olish usuli:

DYHXX organi yoki Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda

Pochta xizmati orqali

II. Soʻrovnomaga ilova:

a) eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish boʻyicha:

eski namunadagi haydovchilik guvohnomasining rasmi (orqa hamda old tomoni);

eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi talonining rasmi (orqa hamda old tomoni);

b) yoʻqolgan haydovchilik guvohnomasi oʻrniga yangisini berish boʻyicha:

eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi talonining rasmi (orqa hamda old tomoni) (mavjud boʻlsa).

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2023-y., 09/23/152/0111-son)