1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin nazorati hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda koʻrsatish koʻlamini kengaytirish va fuqarolarning idorama-idora sarson boʻlib yurishining oldini olish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, davlat yongin nazorati hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning aniq huquqiy asoslari mavjud emasligi, xizmat koʻrsatish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmaganligi, ariza beruvchilar bilan muloqot anʼanaviy tarzda amalga oshirilayotganligi aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun byurokratik talablarni hamda ortiqcha ovoragarchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda koʻrsatish koʻlamini kengaytirish va ularning idorama-idora sarson boʻlib yurishining oldini olish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vazirligi davlat yongin nazorati organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat yongin nazorati organlari) tomonidan bino (inshoot) va xonalarning yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tizimini tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino (inshoot) va xonalarning yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani olish uchun davlat xizmatlari markazida yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda soʻrovnomani toʻldirish, koʻrib chiqish va yuborish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan radiotexnik inshootlarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan talablarga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini oʻrganish hamda sanitariya pasportini berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish maqsadida radiotexnik inshootlarga sanitariya pasportini olish uchun davlat xizmatlari markazida yoki YIDXP orqali elektron shaklda soʻrovnomani toʻldirish, koʻrib chiqish va yuborish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan reglamentlar talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligi qoidalari quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41. “Litsenziya” axborot tizimi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi, “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bino (inshoot) va xonalarning yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa ushbu Qoidalar va yongin xavfsizligi talablari belgilangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga asosan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborot tizimlari orqali bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa 10 ish kuni ichida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda, xulosa berish rad etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri A.X. Qoʻldoshev, adliya vaziri A.J. Tashkulov hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi boshligʻi B.Q. Yusupaliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 4-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-apreldagi 142-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — davlat xizmatidan foydalanish maqsadida bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa olish uchun murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xulosa — Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan davlat xizmatidan foydalanish jarayonida yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Reglament qoidalari qonunchilik hujjatlariga asosan davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida kompozit tarzda bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beriladigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bino (inshoot) va xonalarning soni, hajmi, qavati yoki joyi oʻzgartirilganda, bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa qayta olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soʻrovnomaga zarur maʼlumotlar kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi (yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar vakolatli organning hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,75 foizi — “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soʻrovnoma vakolatli organga kelib tushgandan soʻng vakolatli organ bino (inshoot) va xonalarni 10 ish kuni ichida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligi qoidalari, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bino (inshoot) va xonalar mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlganda, vakolatli organ ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq xulosani QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan shaklda rasmiylashtiradi hamda davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vakolatli organ tomonidan bino (inshoot) va xonalar yongʻin xavfsizligi talablariga nomuvofiq deb topilsa, vakolatli organ mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnomani davlat xizmati koʻrsatilishini rad etishning aniq asoslarini qonunchilik hujjatlari bilan asoslagan holda rasmiylashtiradi va uni davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat xizmatini koʻrsatish bino (inshoot) va xonalar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligi qoidalari, shuningdek, yongʻin xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga zid boʻlganda rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa sabablarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun olti oy ichida takroran murojaat qilinganda, davlat xizmatini koʻrsatishni rad etishda ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat xizmatlari markazi bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa yoki davlat xizmatini koʻrsatish rad etilganligi haqida xabarnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning soʻroviga koʻra davlat xizmatlari markazi ariza beruvchiga xulosani yoki xabarnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablarining ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi (jismoniy yoki yuridik shaxs)
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va uni elektron tarzda vakolatli organga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng real vaqt rejimida
2. Ariza beruvchi
(jismoniy yoki yuridik shaxs)
2. Tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va YIDXP orqali vakolatli organga yuboradi.
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Vakolatli organ
(Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongin nazorati organlari)
1. Normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.
2. Xulosani QR-kod qoʻyilgan shaklda rasmiylashtiradi yoki rasmiylashtirishni rad etadi.
3. QR-kod qoʻyilgan xulosani yoki rad etish haqidagi xabarnomani davlat xizmatlari markaziga yoxud YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
10 ish kuni ichida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
1. Xulosani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va axborot-kommunikatsiya ti�imi orqali xabardor qiladi.
1. 10 daqiqa mobaynida
2. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, unga xulosani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etadi.
2. Ariza beruvchining murojaatiga asosan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa olish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Tashkiliy-huquqiy shakli:
4. Xulosa olinayotgan bino (inshoot) va xonalarning manzili
(viloyat, tuman, QFY, MFY, koʻcha, uy va boshqalar.):
5. Xulosani olish maqsadi (aniq koʻrsatiladi)
6. Telefon raqami:
7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda):
II. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs:
1. F.I.O.:
2. JShShIR (mavjud boʻlganda):
3. Xulosa olinayotgan bino (inshoot) va xonalarning manzili
(viloyat, tuman, QFY, MFY, koʻcha, uy va boshqalar.):
4. Xulosani olish maqsadi (aniq koʻrsatiladi)
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlganda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron hujjatning identifikatsiya raqami
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida XULOSA
Seriya
Raqam
Ushbu bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa_______________________________________________________________________ga
_________________________________________________________________ da joylashgan ___________________________________________________________________ maqsadlarda berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron hujjatning identifikatsiya raqami
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish haqida XABARNOMA
________________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida
(vakolatli organning nomi)
belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20___ yil “____” ______________________dagi
(yil, kun, oy)
_______________________-son soʻrovnomangizni koʻrib chiqib, _________________________________________________ rad etilganligini maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-apreldagi 142-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament yuridik shaxslarga Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun radiotexnik inshootlarga sanitariya pasportini berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — davlat xizmatidan foydalanish maqsadida mobil aloqa tarmoqlari radioelektron vositalaridan foydalanishni boshlash uchun radiotexnik inshootlarga sanitariya pasportini olish boʻyicha murojaat qiluvchi yuridik shaxsning rahbari yoki uning ishonchli vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organ — Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiotexnik iishoot — umumiy maydonda joylashgan bir yoki bir nechta antennada ishlaydigan bir yoxud bir nechta radio toʻlqin uzatgichlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiotexnik inshootning sanitariya pasporti — xoʻjalik va boshqa faoliyat turlari, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek, loyiha hujjatlari, qurilish loyihalari va foydalanish hujjatlari hamda elektromagnit maydoni darajasi oʻlchov natijalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi sanitariya-epidemiologiya hujjati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Radiotexnik inshootning sanitariya pasporti vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi oʻzgarishi inobatga olingan holda uch yil muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ariza beruvchi radiotexnik inshootning sanitariya pasportini olish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomaga radiotexnik inshootning atrof-muhit muhofazasi loyihasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi hamda real vaqt rejimida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. Soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
0,5 foizi — “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar vakolatli organning budjetdan tashqari Maxsus jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11,75 foizi — “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar vakolatli organning budjetdan tashqari Maxsus jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng vakolatli organ tomonidan 14 kun muddatda ariza beruvchiga tegishli radiotexnik inshootni Radiotexnik inshootlarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi joyiga chiqqan holda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda radiotexnik inshoot mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq boʻlganda, vakolatli organ ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq radiotexnik inshootning sanitariya pasportini QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan shaklda rasmiylashtiradi hamda davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vakolatli organ tomonidan radiotexnik inshoot sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga nomuvofiq deb topilsa, vakolatli organ ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnomani davlat xizmati koʻrsatilishini rad etishning aniq asoslarini qonunchilik hujjatlari bilan asoslagan holda rasmiylashtiradi va uni davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki YIDXP orqali ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi pasport olingandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboradi va bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga pasportni elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat xizmatini koʻrsatish radiotexnik inshoot Radiotexnik inshootlarning joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga zid boʻlganda rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa sabablarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun olti oy ichida takroran murojaat qilinganda, davlat xizmatini koʻrsatishni rad etishda ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ davlat xizmatini koʻrsatish jarayonida ariza beruvchi haqida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablarining ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanishga sanitariya pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
(yuridik shaxslar)
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va uni elektron tarzda vakolatli davlat organiga yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻ�g real vaqt rejimida
2. Ariza beruvchi
(yuridik shaxslar)
2. Tegishli soʻrovnomani toʻldiradi va YIDXP orqali vakolatli davlat organiga yuboradi.
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
Vakolatli organ
(Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari)
1. Radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.
2. Sanitariya pasportini QR-kod qoʻyilgan shaklda rasmiylashtiradi yoki rasmiylashtirishni rad etadi.
3. Sanitariya pasportini yoki rad etish haqidagi xabarnomani davlat xizmatlari markaziga yoxud YIDXP orqali murojaat etuvchiga yuboradi.
14 kun davomida
4-bosqich
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP
1. Sanitariya pasportini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
1. Real vaqt rejimida
2. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda, unga sanitariya pasportini elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etadi.
2. Ariza beruvchining soʻroviga asosan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanishga sanitariya pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiotexnik inshootning sanitariya pasportini rasmiylashtirish uchun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Tashkiliy huquq shakli:
4. Radiotexnik inshootning joylashgan manzili (viloyat, tuman, QFY, MFY, koʻcha, uy):
5. Radiotexnik inshootning sanitariya pasportini olish maqsadi (aniq koʻrsatiladi)
6. Telefon raqami:
7. Elektron pochta manzili: (mavjud boʻlganda):
Radiotexnik inshootning sanitariya pasportini rasmiylashtirish uchun ilova qilinadigan hujjat:
Radiotexnik inshootning atrof-muhit muhofazasi loyihasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanishga sanitariya pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri Radiotexnik inshootning sanitariya PASPORTI
Seriya
Raqam
1. Radiotexnik inshootning nomi: __________________________________________________ 2. Manzili:____________________________________________________________________ 3. Ishga tushirilgan vaqti:________________________________________________________ 4. Uskuna (jihoz) turi: __________________________________________________________ Rekonstruksiya toʻgʻrisida maʼlumot: 5. Radiotexnik inshoot situatsion rejasining sanitariya-himoya mintaqasi va qurilish chegaralangan hududlar koʻrsatilgan holda (sxema ilova qilinadi), shundan: yaqin masofada aholi yashash punktlari (hovli, koʻp qavatli uylar hisobga olinadi) va sanitariya himoya mintaqasida joylashgan uylarning moʻljallanganligi: 6. Antenna toʻgʻrisida maʼlumot: Baza stansiyasi nomi antennalar soni: ________________ antennalari turi: ________________ kuchlanish koeffitsiyenti: ________________ antennaning erga nisbatan balandligi: ________________ antennaning tomga nisbatan balandligi: ________________ ishchi chastotasi: ________________ modulatsiya tipi: ________________ yoʻnalish diagrammasi ________________ gorizontal va vertikal yoʻnalish diagrammasi: ________________ antennalar ogʻish burchagi (mex.+ el.) ________________ 7. Har bir uzatgichning soni va chiqish quvvati: ________________ ish rejimi va nurlanish davomiyligi: ________________ 8. Radiotexnik inshootning hududida elektromagnit maydoni tarqalish darajalarining hisoboti:
Antenna ogʻish burchagi
Antennadan masofa, m
EMM darajalari, mkVt/sm2
Antennaning yuqori darajasi yoʻnalishida quvvatning oqim zichligi___________ chegaragacha
masofani tashkil etadi.
___________________
___________________
Texnik qavatlarida joylashgan xonalardagi quvvatning oqim zichligi darajasi _________ tashkil etadi. 81. Oʻrganilayotgan Radiotexnik inshootdan tarqalayotgan nurlanish qoʻshni joylashgan boshqa radiovositalarni inobatga olgan holda, elektromagnit maydoni darajalari hisoboti (televizion uzatgichlar, uyali aloqa baza stansiyalari va boshqalar). 9. Ish chastotalarida elektromagnit maydoni darajalarining oʻlchov natijalari.
Oʻlchov joyi
1
2
3
4
5
6
7
8
PPE, mkVt/sm2
91. Radiotexnik inshoot atrofida joylashgan boshqa chastotada Radiotexnik inshootlardan elektromagnit maydonini oʻlchash natijalari (E va PPE ni umumiy koʻrsatkichlarini aniqlangan holda). Qoʻllanilayotgan asbob-uskuna turi va raqami, qiyoslashdan oʻtkazilgan sanasi koʻrsatilishi shart. Oʻlchov vositalarini oʻlchash chastota diapazoni obyektdan tarqalayotgan nurlanish chastotasiga mos boʻlishi shart. Izoh: 1. Oʻlchov joylari joylashuv rejalarida koʻrsatiladi. Izoh: 2. Oʻlchovlar olib borilgan:
(Oʻlchovlar olib borilgan tashkilot nomi) Asbob-uskuna turi _______ zavod raqami _______-son _________ yil ____-son qiyoslash dalolatnomasi
10. Oʻrganish natijalari boʻyicha mutaxassisning xulosasi:______________________________ _____________________________________________________________________________ 11. Elektromagnit maydoni nurlanishlarini meʼyorlashtirish uchun takliflar: _____________________________________________________________________________ 12. Radiotexnik inshootning oʻrganish sanasi: _______________ 13. Pasport amal qilish muddati: _______________
QR-kod
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanishga sanitariya pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish haqida XABARNOMA
________________________________________________________ qonunchilik hujjatlarida
(vakolatli organning nomi)
belgilangan tartibda va muddatlarda Sizning 20___ yil “____” ______________________dagi
(yil, kun, oy)
__________________________-son soʻrovnomangizni koʻrib chiqib, _________________________________________________ rad etilganligini maʼlum qiladi.