25.03.2023 yildagi 131-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.05.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar taʼsirida boʻlganligini aniqlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashda yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlarida vujudga kelishi mumkin boʻlgan bahsli va ziddiyatli holatlarning oldini olish hamda transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi holatini maxsus moslamadan foydalangan holda tezkorlik bilan tekshirishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi aniqlangan hollarda yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narkotester maxsus moslamasi yordamida aniqlangan holatlar boʻyicha transport vositalari haydovchilariga nisbatan choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil yakuniga qadar davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq bosqichma-bosqich yoʻl-patrul xizmati inspektorlarini Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi hisobidan narkotester maxsus moslamalari bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi holatini narkotester maxsus moslamasidan foydalangan holda aniqlash boʻyicha yoʻl-patrul xizmati xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 25-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 131-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-bandning yettinchi xatboshisi “mobil komplekslar, alkotester” soʻzlaridan keyin “narkotester” soʻzi bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2-bob. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligini aniqlash uchun maxsus moslamalardan foydalanish tartibi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 361 va 362-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“361. Transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimliklar taʼsiridan mast holda ekanligini va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligini aniqlash YPX xodimi tomonidan maxsus moslama (alkotester, narkotester) yordamida qoidabuzarlik yuz bergan joyning oʻzida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
362. Tekshiruv oldidan YPX xodimi transport vositasi haydovchisini maxsus moslama (alkotester, narkotester)ning ishlash tartibi bilan tanishtiradi, uning talabiga asosan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni koʻrsatadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 365-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“365. Tekshiruv YPX xodimi tomonidan maxsus moslama (alkotester, narkotester) yordamida belgilangan tartibda transport vositasi haydovchisining ogʻiz boʻshligʻidan chiqarilgan havodagi etanol bugʻlar konsentratsiyasi miqdorini yoxud biologik suyuqlik (soʻlak)da giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar borligini aniqlash orqali oʻtkaziladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 367-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“367. Transport vositasi haydovchisi maxsus moslama (alkotester, narkotester) yordamida tekshiruvdan oʻtishdan bosh tortgan yoxud unda tekshiruv natijalariga eʼtiroz mavjud boʻlgan hollarda, shuningdek, transport vositasi haydovchisining ogʻiz boʻshligʻidan chiqarilgan biologik suyuqlik (soʻlak) narkotester yordamida tekshirilganda uning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilganligi aniqlangan taqdirda, YPX xodimi transport vositasi haydovchisini alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar taʼsiridan mast holda ekanligini aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasasiga olib boradi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/131/0170-son)