Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.1994 07.09.1992 yildagi PF-471-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.1994
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT MULKI JAMGʻARMASINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7-fevraldagi PF-758-son “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida respublikaning mulkiy huquqlari va davlat manfaatlarini taʼminlash, shuningdek davlat korxonalari va tashkilotlarini boshqa xil mulkchilik shakllariga aylantirishdan tushadigan mablagʻlarni ustuvor umumdavlat vazifalarini hal etish va aholini ijtimoiy muhofaza qilishga safarbar etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzurida Davlat mulki jamgʻarmasi (“Oʻzdavjamgʻarma”) tashkil etilib, unga davlat boshqaruvi organi huquqlari berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari huzurida “Oʻzdavjamgʻarma”ning hududiy boʻlimlari tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat mulki jamgʻarmasining zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning mulkiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hissadorlik jamiyatlari, boshqa xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining sarmoyasida davlatga tegishli ulush (pay, hissalar)ga egalik qilish vazifalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti unga topshirgan davlat korxonalari va tashkilotlarini ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hissador (paychilar)ning umumiy yigʻilishlarida, jamiyatlar hamda shirkatlarning kengashlari va boshqaruvlarida mulk egasi boʻlmish davlatning vakolatlarini roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga ishonib topshirilgan Davlat mulkidan samarali foydalanishi uchun javobgarlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki inshootlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan, davlat korxonalari va tashkilotlarini ijaraga olish uchun toʻlanadigan haqdan, davlat yangi taʼsis etadigan hissadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotishdan olinadigan daromadlardan tushadigan mablagʻlarni jamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonalari va tashkilotlarini ijaraga topshirish, jamoa yoki ijarachi sotib olishi, ularni sotish, hissadorlik jamiyatiga, boshqa xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga aylantirish chogʻida ulardagi mulkning qiymatiga baho beruvchi maxsus komissiyalarning ishida qatnashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat mulki jamgʻarmasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga tegishli ulushlar (pay, hissalar) boʻyicha boshqarish huquqini davlat boshqaruvining oʻzga organlariga, konsernlar, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, uyushmalarga va boshqa xoʻjalik assotsiatsiyalariga berib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hissadorlik jamiyatlarini rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun davlatga tegishli hissalardan olinadigan foydaning qismini shartnoma asosida ana shu jamiyatlarga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hissadorlik jamiyatlarining, boshqa xoʻjalik jamiyatlari, shirkatlarning hissalari (paylari)ni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatning yoki u vakil qilgan organning qaroriga binoan davlatga tegishli hissalarni sotish, shuningdek ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid maxsus jamgʻarmalarning, xolding kompaniyalari hissalariga almashtirish ishlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni jamlash uchun maxsus hisob raqami ochib, ularni respublika va mahalliy budjetlarning daromadlarida alohida modda qilib ajratib qoʻysin hamda davlat manfaatlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish manfaatlari yoʻlida ulardan samarali foydalanishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, u haqdagi Nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 7-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-471-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 424-modda)