Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2025 23.03.2023 yildagi 122-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2025
Hujjat 24.03.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 462-sonli ““Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nogironligi boʻlgan shaxslarning va oʻz tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilalarning elektron onlayn-auksionlar vositasida yer uchastkalarini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olgan nogironligi boʻlgan shaxsga va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaga (keyingi oʻrinlarda — imtiyozli toifadagi shaxslar) bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi va moliyalashtirish manbalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli toifadagi shaxslarning murojaatlarini tumanlarda (shaharlarda) tashkil etiladigan Komissiya tomonidan koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olgan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatini shakllantirish va yuritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibidagi nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlganda toʻliq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori boʻlgan hollarda esa xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan tegishlicha mazkur jamgʻarmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish, shuningdek, sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish jarayonlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi maʼlumotlar bazalarining axborot tizimlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilinishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplash uchun zarur mablagʻlar oʻz vaqtida ajratib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish komissiyasi tarkibining tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 122-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxs va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oila (keyingi oʻrinlarda — imtiyozli toifadagi shaxslar) — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan fuqarolar va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda — auksion) — yer uchastkasini sotib olish boʻyicha auksion tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash, qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan imtiyozli toifadagi shaxsning bunday auksionga kirish (qatnashish) imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish (keyingi oʻrinlarda — bir martalik toʻlov) — imtiyozli toifadagi shaxslarning auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun tegishlicha “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan ushbu jamgʻarmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan bir martalik toʻlovlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya — tumanda (shaharda) nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladigan hamda tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlanadigan komissiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlov:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun — “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun — “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan tegishlicha mazkur jamgʻarmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bir martalik toʻlov yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlganda toʻliq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori boʻlgan hollarda esa xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bir martalik toʻlov har bir imtiyozli toifadagi shaxsga moliyaviy yordam sifatida bir marta toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Imtiyozli toifadagi shaxslarning auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlari ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlovni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlovni amalga oshirish komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi komissiya ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya ishchi organi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bir martalik toʻlovni amalga oshirish uchun imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga muvofiq kelishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, tegishliligi boʻyicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Imtiyozli toifadagi shaxslar auksion orqali yer uchastkasi sotib olgandan boshlab uch oy ichida sotib olish bilan bogʻliq xarajatni qoplab berish yuzasidan oʻz hududidagi Komissiya ishchi organiga ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilgan muddatdan (uch oy) kechikib berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Imtiyozli toifadagi shaxslar arizaga yer uchastkasi auksion orqali sotib olinganligi tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini ilova qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya ishchi organi hisobot oyining 20-sanasiga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir martalik toʻlov yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan imtiyozli toifadagi shaxslarning roʻyxatini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir martalik toʻlov yuzasidan murojaat qilgan imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasi va ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda shakllantirilgan roʻyxatni komissiyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya hisobot oyining 25-sanasiga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) imtiyozli toifadagi shaxslarning ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligini oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli toifadagi shaxslarning oʻn ikki oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud emasligi mezoniga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) boʻlimi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsning nogironlik holati tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs borligi tuman (shahar) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) imtiyozli toifadagi shaxslar uchun bir martalik toʻlovni moliyalashtirish manbai quyidagi tartibda aniqlashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilmagan imtiyozli toifadagi shaxslarni muvofiqligi boʻyicha ulardan biriga kiritish choralarini koʻradi hamda mazkur bandning “b” kichik bandiga muvofiq moliyalashtirish manbaini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”dan biriga kiritilishi lozim boʻlgan imtiyozli toifadagi shaxslarning arizalarini koʻrib chiqish keyingi hisobot oyiga qadar kechiktirilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) oʻrganish jarayonida imtiyozli toifadagi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli tashkilotlardan zarur maʼlumotlar soʻrab olinishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlovni amalga oshirish masalasini Komissiya aʼzolarining umumiy yigʻilishida koʻrib chiqadi hamda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari hisobidan mablagʻlar ajratish maqsadida moliyalashtirish manbaini koʻrsatgan holda, imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatini tegishliligi boʻyicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻrganish natijalariga koʻra imtiyozli toifadagi shaxslarning maʼlumotlari boʻyicha ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan mezonlarga nomuvofiqlik (shu jumladan, tegishli tashkilotlardan aniqlik kiritish maqsadida olingan maʼlumotlar asosida) aniqlangan taqdirda, Komissiya tomonidan bir martalik toʻlovni ajratish rad etiladi hamda bu haqda uch ish kunida imtiyozli toifadagi shaxslarga yozma xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya doimiy faoliyat yuritadi hamda uning aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya oʻz vakolatlariga tegishli masalalarni Komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyaning yigʻilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni uning yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya raisining topshiriqlariga asosan uning aʼzolarini komissiya yigʻilishining oʻtkaziladigan joyi, vaqti va sanasi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya aʼzolariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya ish yurituvini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiyaning barcha yigʻilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya ishining tashkiliy shakli yigʻilish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yigʻilishlari uning aʼzolarining roʻyxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yigʻilishlari videokonferensaloqa shaklida ham oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlovni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlov ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiya tomonidan kiritilgan roʻyxat asosida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi hisobot oyining 30-sanasiga qadar tegishliligi boʻyicha “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlov uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tuman (shahar) hokimligi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashi yoxud xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qaroriga muvofiq besh ish kunida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining tegishli qarorlari asosida imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasida koʻrsatilgan bank plastik hisobvaragʻiga mablagʻ oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Komissiya ikki ish kunida bir martalik toʻlov oʻtkazib berilganligi haqida har bir imtiyozli toifadagi shaxsga yozma xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Imtiyozli toifadagi shaxslar ushbu Nizom talablarining bajarilishi uchun masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ushbu Nizom doirasida ajratilgan mablagʻlar maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etish komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimi, komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari

5.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻi

7.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimligining turar joylar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi

8.

Lavozimiga koʻra

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi

9.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi

10.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlim boshligʻi, komissiya masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Nogironligi boʻlgan shaxs va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning aʼzosi

(keyingi oʻrinlarda — imtiyozli toifadagi shaxslar)

Elektron onlayn-auksion vositasi orqali sotib olingan yer uchastkasi xarajatlarini qoplab berish yuzasidan oʻz hududida tashkil etilgan Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etish komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) ariza bilan murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra uch oy ichida

2-bosqich

Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi — Komissiya ishchi organi

Bir martalik toʻlov yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan imtiyozli toifadagi shaxslarning roʻyxatini shakllantiradi.

Har oyning 20-sanasiga qadar

Bir martalik toʻlov yuzasidan murojaat qilgan imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasini va tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda shakllantirilgan roʻyxatni Komissiyasiga taqdim etadi.

3-bosqich

Komissiya

Roʻyxat boʻyicha imtiyozli toifadagi shaxslarning mezonlarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi hamda moliyalashtirish manbaini aniqlaydi.

Har oyning 25-sanasiga qadar

Bir martalik toʻlov ajratish maqsadida moliyalashtirish manbaini koʻrsatgan holda, imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatini tegishliligi boʻyicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi.

4-bosqich

“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlov uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida navbatdagi yigʻilishlarda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi.

Har oyning 30-sanasiga qadar

 

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarining Vasiylik kengashlari hamda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarorlariga muvofiq “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik toʻlovni ularning bank plastik hisobvaragʻiga oʻtkazilishini taʼminlaydi.

5 ish kunida

6-bosqich

Komissiya

Bir martalik toʻlov oʻtkazib berilganligi haqida har bir imtiyozli toifadagi shaxsga yozma xabarnoma yuboradi.

2 ish kunida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxsning va tarkibida nogironligi boʻlgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

NAMUNAVIY ARIZA

1. ___________________
‎familiyasi‎

___________________________
‎ismi

___________________
‎otasining ismi

2. Manzil:

____________________
MFY (QFY) nomi

____________________________tuman (shahar) nomi

____________________ hudud nomi

‎3. Ariza beruvchining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
‎__________________________________________________________________

‎4. Oʻzining yoki oilasi tarkibida nogironligi boʻlgan shaxsning JSHSHIRi: __________________________________________________________________

‎5. Bank plastik karta hisobvaragʻi:
‎____________________________________, _____/__________

‎6. Elektron onlayn-auksion orqali sotib olingan yer uchastkasining narxi: ____________ mln soʻm

‎7. Bogʻlanish uchun maʼlumot:
‎tel: __________________
‎elektron pochta _______________

___________________

__________________________

imzo

ariza berilgan sana

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2023-y., 09/23/122/0166-son; 28.10.2023-y., 09/23/566/0801-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)