Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.08.1997 03.09.1992 yildagi PF-469-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.08.1997
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT “MAHALLIY SANOAT” KORPORATSIYASINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 15-avgustdagi PF-1828-sonli Mahalliy sanoatni boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika mahalliy sanoatini boshqarishni tashkil qilishni yanada takomillashtirish, tarmoqda bozor munosabatlarini keng joriy etish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, xalq isteʼmoli mollari, badiiy hunarmandchiligi buyumlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishda ularning tashabbuskorligi va tadbirkorligini rivojlantirish, shu maqsadda mahalliy xomashyodan har tomonlama foydalanish, shuningdek aholining ish 6ilan band boʻlmagan qismini ishlab chiqarishga jal6 etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Mahalliy sanoat vazirligi tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat “Mahalliy sanoat” korporatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida mahalliy sanoat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi barcha mulkchilik shaklidagi sanoat, qurilish, savdo, loyiha-konstruktorlik korxonalari hamda mahalliy sanoatga qarashli boshqa korxonalar va tashkilotlarning yopiq tipdagi hissadorlik jamiyatidan iborat ixtiyoriy birlashmasidir va yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlib, amaldagi qonunlar asosida tashkil qilinadi va ish olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika xalq badiiy hunarmandchiligi sanoat-savdo birlashmasiga qarashli korxonalar va tashkilotlarning shu birlashmani Davlat “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi respublika xalq badiiy hunarmandchiligi sanoat-savdo konserniga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Mahalliy sanoat vazirligini, viloyat mahalliy sanoat boshqarmalarini tugatsinlar, tegishli hududda joylashgan mahalliy sanoat korxonalari va tashkilotlariga respublika hamda viloyat sanoat-savdo konsernlarini tashkil qilishda yordam bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, “Mahalliy sanoat” korporatsiyasining tarkibiy boʻlinmalari boʻlmish hududiy sanoat-savdo konsernlari oʻz faoliyatida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga hisob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida Davlat “Mahalliy sanoat” korporatsiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 3-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
469-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 422-modda)