Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 23.05.1992 yildagi PF-405-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“NAVRO‘Z” XAYRIYA JAMG‘ARMASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy madaniyatni, an’analar va urf-odatlarni rivojlantirish sohasida respublika fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar vujudga keltirish va ularning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarga rioya etish, ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib qilishga, aholi barcha tabaqalarining millatlararo totuvligini, do‘stligini, hamjihatligi va hamkorligini mustahkamlashga, davlat boshqaruvi idoralarining, xo‘jalik va jamoat tashkilotlarining xayrli faoliyatini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.O‘zbekiston Respublikasi Davlat teleradiokompaniyasining, Bolalar jamg‘armasining, Nogironlar jamiyatining, Qizil yarim oy jamiyatining, Mehr-shafqat va salomatlik jamg‘armasining, shuningdek respublikadagi boshqa bir qancha jamoat tashkilotlarining “Navro‘z” xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, “Navro‘z” xayriya jamg‘armasini ro‘yxatdan o‘tkazish va uning faoliyat ko‘rsatishi, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning jamg‘armaning xayriya tadbirlarida ishtirok etishi bilan bog‘liq imtiyozlar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va hukumat qarorlari bilan aniqlab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Davlat banki boshqa banklari 1992-yilning 14-mayida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari va “Navro‘z” telemarafonidan tushgan mablag‘larni “Navro‘z” jamg‘armasining hisobiga o‘tkazish ishlarini bir oy muddat ichida amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasining Madaniyat vazirligi, Davlat matbuot komiteti, Davlat teleradiokompaniyasi respublikada o‘tkazilayotgan xayriya tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida, televideniye va radio orqali yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida “Navro‘z” xayriya jamg‘armasining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 23-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
405-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 7-son, 273-modda)