11.03.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1954-1
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori, 11.03.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1954-1
Kuchga kirish sanasi
30.04.2023
Hujjat hali kuchga kirgan emas
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-son “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
a) nomi va 1-bandidagi “yoshga to‘lmagan shaxslar” degan so‘zlar “yoshgacha bo‘lgan xodimlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son “O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 377-modda)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi Konvensiyani (Jeneva, 1973-yil 26-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi va “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi Konvensiyani (Jeneva, 1999-yil 17-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
a) nomidagi “yoshga to‘lmagan shaxslar” degan so‘zlar “yoshgacha bo‘lgan xodimlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 1-banddagi “jismoniy shaxslarning” degan so‘zlar “o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 2-bobning nomidagi “yoshga to‘lmagan shaxslar” degan so‘zlar “yoshgacha bo‘lgan xodimlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
d) 3-banddagi “shaxslar” degan so‘z “xodimlar” degan so‘z bilan almashtirilsin;
e) 4-banddagi “shaxslarning” degan so‘z “xodimlarning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
a) ilova belgisidagi “yoshga to‘lmagan shaxslar” degan so‘zlar “yoshgacha bo‘lgan xodimlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) ilovaning nomidagi “shaxslarning” degan so‘z “xodimlarning” degan so‘z bilan almashtirilsin.