Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2022-yil 16-sentabr kuni Samarqand shahrida imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlat maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum tasdiqlansin.
2. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatiga tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan soʻng uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi B.O. Saidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-mart,
PQ-87-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2023-y., 07/23/87/0126-son)