Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2022-yil 17-avgust kuni Jidda shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati oʻrtasida xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha mehnat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ belgilanganligi toʻgʻrisida Saudiya Arabistoni tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan soʻng uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-mart,
PQ-84-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2023-y., 07/23/84/0124-son)