O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA BANK TIZIMI BOShQARUVI TUZILMASINI VA UNING AMALIY FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida bank tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1994-yil 18-martdagi 146-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-mart 104-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
4. Respublika aksionerlik-tijorat banklari muassislariga banklarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalariga “mintaqaviy filial” maqomi berish hamda ularni quyidagi muddatlarda bosqichma-bosqich to‘la xo‘jalik hisobiga o‘tkazish tavsiya qilinsin:
“O‘zsanoatqurilishbank” tizimini — 1995-yil 1-yanvargacha;
“O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “O‘ztadbirkorbank” tizimlarini — 1995-yil 1-iyulgacha.
5. “O‘zjamg‘armabank”:
moliyaviy barqaror bo‘linmalarga boshqa tijorat banklari bilan bir qatorda faol kredit faoliyati bilan shug‘ullanishga eksperiment tariqasida ruxsat bersin;
kredit resurslari bozori konyunkturasidan kelib chiqqan holda viloyatlardagi filiallarga jalb etilgan mablag‘larni tijorat banklariga va ularning joylardagi filiallariga quyishiga ruxsat bersin;
1994-yil 1-oktabrgacha o‘ziga qarashli muassasalarda hisob va hisobotni bank tizimining birxillashtirilgan hisobi va hisobotiga o‘tkazsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
ishlab turgan va yangidan tashkil etilgan tijorat banklari o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish uchun respublika darajasida ittifoqlar va uyushmalar tashkil etish huquqiga egadirlar;
kredit resurslari, depozitlar va qiymatli qog‘ozlarning banklararo bozorini rivojlantirish maqsadida tijorat banklari aksionerlik asosida kredit resurslari va qiymatli qog‘ozlar birjalari (Bank uylari), kliring markazlari barpo etishlari mumkin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi birlashmalari va firmalarining, uning viloyatlardagi bo‘linmalarining, shuningdek, davlat eksport-import operatsiyalarini ta’minlovchi boshqa tuzilmalarning to‘lov-hisob-kitob operatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida va uning respublika viloyatlaridagi filiallarida xizmat ko‘rsatiladi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov va Markaziy bank Boshqaruvining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 3-may,
234-son