16.02.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1545-5
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 16.02.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1545-5
Kuchga kirish sanasi
16.02.2023
Hujjat 16.02.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

“Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 16-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1545-5]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/3-son “Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1545, 2006-yil 14-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 6-7-son, 48-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 4-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30/27-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/27-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mazkur Nizom Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlov hujjatlari asosida toʻlovlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. Filialga ega boʻlmagan bank yoki bank filialini banklararo toʻlov tizimiga ulash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qonunchilikda belgilangan tartibda bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlishi, bundan bank filiali mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Bank Depozitorlarining Milliy Axborot bazasi (keyingi oʻrinlarda — BDMAB)da xos raqam (unikal kod)ga ega boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) banklararo toʻlov tizimi bilan maʼlumot almashinuvini taʼminlash imkonini beradigan tegishli dasturiy majmuaga ega boʻlishi kerak.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 15-bandning 3-kichik bandidagi “roʻyxatdan oʻtgan” degan soʻzlar “akkreditatsiya qilingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 17-bandning 2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2) Elektron toʻlovlar faqatgina banklarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi doirasida amalga oshiriladi, bundan shartnomada koʻzda tutilgan hollar hamda Markaziy bankning kliring asosida ishlovchi toʻlov tizimlaridan olingan banklar oʻrtasidagi yakuniy hisob-kitobga oid maʼlumotlar asosida elektron toʻlovlarni amalga oshirish mustasno. Bunda, banklarning vakillik hisobvaraqlarida elektron toʻlovlarni amalga oshirish uchun yetarli mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu mablagʻlar overdraft sifatida aks ettiriladi;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“181. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda banklarning vakillik hisobvaragʻidan mablagʻlarni akseptsiz tarzda hisobdan chiqarishda Markaziy bank memorial ordyerdan foydalanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 31-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) quyidagi mazmundagi 401-402-bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“401. Markaziy bankning kliring asosida ishlovchi toʻlov tizimlaridan olingan banklar oʻrtasidagi yakuniy hisob-kitobga oid maʼlumotlar asosida elektron toʻlovlarni amalga oshirish uchun bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻida yetarli mablagʻ mavjud boʻlmagan taqdirda, mazkur vakillik hisobvaragʻida overdraftni shakllantirish orqali banklar oʻrtasidagi yakuniy hisob-kitob nihoyasiga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
402. Operatsion kun oxirida vakillik hisobvaragʻida overdraft yuzaga kelgan bankning Markaziy bank hisob-kitoblar kliring tizimi va Tezkor toʻlovlar tizimi orqali operatsiyalari keyingi ish kunidan boshlab vakillik hisobvaragʻida ijobiy qoldiq shakllangunga qadar toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning vakillik hisobvaragʻida ijobiy qoldiq shakllangan kunning oʻzida Markaziy bank hisob-kitoblar kliring tizimi va Tezkor toʻlovlar tizimida ushbu bankning elektron toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati qayta tiklanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) 46-banddagi “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi yetarli ijobiy qoldiqqa ega boʻlishi kerak” degan soʻzlar “Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻida yetarli mablagʻ mavjud boʻlishi kerak” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 10/23/1545-5/0094-son)